Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 779 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 11 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) A.Ikromov B) Fitrat C) U.Nosir D) Cho‘lpon 2 / 25 Ergashgan qo 'shma gapda ko 'makchili qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi? A) Ko'makchili qurilmalar qo'llanmaydi B) Bosh va tobe gap C) Tobe gap D) Bosh gap 3 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Saddi Iskandariy” B) “Hayrat ul-abror” C) “Layli va Majnun” D) “Farhod va Shirin” 4 / 25 Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xotimasidan olingan ushbu parchada kimlarni ta’riflamoqda? A) Nizomiy va Dehlaviy B) Jomiy va Lutfiy C) Sa’diy va Farididdin Attor D) Husayn Boyqaro va temuriylar 5 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) shartlarini qo‘yayotganda B) olti oyga muhlat so‘rayotganda C) tush ko‘rganda D) kurash paytida 6 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. B) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. C) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. D) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. 7 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l B) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ C) tog‘/olcha, beda/poya D) sotib/oldi, borib/keldi 8 / 25 To‘rt narsani berdi menga oqillarcha o‘ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida qaysi turkumlarga oid so‘zlar yasalgan? A) ot, sifat, fe’l B) ot, ravish, fe’l C) ot, sifat D) sifat, fe’l 9 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …abash B) …arita C) …alq D) …ayol 10 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. B) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. C) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. D) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. 11 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) ya’ni B) xullas C) chunki D) garchi 12 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq B) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq C) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq D) yigirmata zohid ibodatidan ortiq 13 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. B) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. C) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. D) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. 14 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g B) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g C) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g D) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g 15 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) poyafzal, tomosha, tomoman B) hayriyat, burilmoq, mas’ud C) hasharot, yutinmoq, fojia D) tatqiqot, mabodo, tavsiya 16 / 25 Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi badiiy san’atni yuzaga keltirmoqda. A) tajnis B) iyhom C) istiora D) talmeh 17 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) egasiz gap B) darak gap C) sodda gap D) qo‘shma gap 18 / 25 Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo‘lgandan so‘ng qanday nomlangan? A) “Hasht behisht” B) “Silsilat uz-zahab” C) “Haft avrang” D) “Haft paykar” 19 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) faoliyat-jarayon oti B) shaxs oti C) o‘rin-joy oti D) narsa oti 20 / 25 Sifatning ma’nosiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. B) Bu bog‘lar ichida oq, havorang marmardan qurilgan chiroyli binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. C) Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi. D) Baqqol amaki yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. 21 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. B) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. D) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. 22 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d B) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b C) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b D) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b 23 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. B) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. C) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. D) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. 24 / 25 Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. C) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. D) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. 25 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) iroda, qat’iyat B) g‘urur, shuur C) malomat, gina D) saxiylik, tantilik 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6