Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 706 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Ajiniyoz” B) “Aktrisaning iqboli” C) “Umirbek laqqi” D) “Qirq qiz” 2 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Sifatlash B) Mubolag`a C) Tazod D) O`xshatish 3 / 25 Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi B) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas C) Achchiqni achchiq kesar D) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil 4 / 25 ”Tanobchilar” satirasida Sultonxo`ja ”otamlarga birodar erur” deb kimni aytadi? A) Maxdumi a`zam B) Xizr C) Erhubbi D) Chimlig` aziz 5 / 25 Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) A.Avloniy B) A.Oripov C) O.Yoqubov D) T.Murod 6 / 25 Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Yulduzlar mangu yonadi” 7 / 25 “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi!” Ushbu jumlalar kimning qaysi asarda uchraydi? A) O.Yoqubov “Muzqaymoq” B) A.Qodiriy “Uloqda” C) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi” D) P.Qodirov “Yulduzli tunlar” 8 / 25 Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) Qo`shma fe’l qatnashmagan 9 / 25 X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi B) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi C) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi D) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari 10 / 25 Qaysi qatordagi gapda tovush o`zgarishi faqat son so`z turkumiga oid bo`lgan gap berilgan? A) Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar B) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman C) Saodat opaning ikkala o`g`li shaharda yashaydi D) Durroj sherning so`zini ma`qul ko`rdi va ikkovi shu o`rmonda yashay boshladi 11 / 25 Pushkinning ”Yevgeniy Onegin”, Lermontovning ”Maskarad” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) U.Nosir B) A.Muxtor C) Mirtemir D) Oybek 12 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) hol B) ega C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 13 / 25 Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Sоn B) Shаhаr C) Sоchiq D) Yutuq 14 / 25 Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –larcha, -ona, -li, -cha B) –an, -ona, -lar, -lab C) –lab, -cha, -ona, -don D) –cha, -ona, -lab, -an 15 / 25 Ko`ksingda savoling bo`lmasa, dunyoga nega kelding, inson? Ushbu gapda fe`lning munosabat shakli necha o`rinda qo`llangan? A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 16 / 25 Tarkibida birgina qo`shimcha bo`lgan so`zni toping. A) atamoq B) boradigan C) ko`rsatkich D) taroqqa 17 / 25 ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) chayka B) ayiq C) morj D) tyulen 18 / 25 Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) ”Saodat ul-iqbol B) “Oltin qirg`oq” C) “Firdavs ul-iqbol ” D) “Quyoshli qalam” 19 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi B) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi C) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi D) Sen meni gapdan chalg`itma 20 / 25 Shart mayli shakli kerak so`zni olib kelganda qanday ma’no bildiradi? A) istak B) taxmin-gumon C) o`xshatish D) piching 21 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Hijozdan Iroqqa B) Shomdan Iroqqa C) Iroqdan Hijozga D) Iroqdan Shomga 22 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar B) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar D) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar 23 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) T.Murod B) I.Yusupov C) X.To`xtaboyev D) P.Qodirov 24 / 25 “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklarni aniqlang. 1.”Sehrli nog`ora” 2.”Milanda yoqqan shlyapa yomg`iri” 3.”Ayyor Buratino” 4.”Sahrodagi uy” 5.”Shahzoda Plombir” 6 .”Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,3,4 D) 1, 2,3,5,6. 25 / 25 “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) T Murod B) E.A’zam C) X.Sultonov D) M.M.Do’st 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2