Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 781 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 2 / 25 “To’nyuquq” bitiktoshini kim topgan? A) N.Osim, G.Aydarov B) H.O’rxun T.Tekin C) Yelizaveta Klemens, Dmitriy Klemens D) V.Tomson, V. Radlov 3 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-h, 2-a, 3-f, 4-g, 5-d B) 1-h, 2-i, 3-e, 4-a, 5-d C) 1-h, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b D) 1-h, 2-a, 3-f, 4-i, 5-b 4 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-b, d, e, f; 2-a, d, f, g B) 1-b, d, f; 2-a, b, f, g C) 1-a, b, e, f; 2-b, f, g D) 1-a, b, d, f; 2-a, b, f, g 5 / 25 … - tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan atamani aniqlang. A) istiora B) alliteratsiya C) ishtiqoq D) so‘z takrori 6 / 25 Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutulg‘on bo‘lsam, Har kimki, meni so‘rsa, salomimni degil. (Bobur) Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) n harfi B) l harfi C) i harfi D) m harfi 7 / 25 Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. (Atoyi) Ushbu baytning vaznini aniqlang. A) hazaji musammani maqsur B) hazaji musaddasi mahzuf C) ramali musammani mahzuf D) ramali musaddasi maqsur 8 / 25 bodparak, barak, shapati ushbu so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi? A) atamalar B) arxaik so‘zlar C) shevaga xos so‘zlar D) tarixiy so‘zlar 9 / 25 Tarkibidagi barcha otlar shaxs otlari hisoblanadigan gapni toping. A) Shayxontohurdagi guzarda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. B) Hulkar goh Avazga, goh Salimga qarab hayron turar edi. C) Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. D) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek. 10 / 25 Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman . Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan. B) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok etgan. C) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi. D) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan. 11 / 25 Matn qismlaridan kelib chiqib, ularda ilgari surilgan fikrlar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning IV qismida Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi haqida fikr bildirilgan. B) Matnning III qismida Navoiy haqida ustozlarining e’tirofi keltirilgan. C) Matnning II qismida Navoiyning dunyoga mashhurligi haqida fikr bildirilgan. D) Matnning I qismida Navoiyning hayotiga oid ma’lumot berilgan. 12 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda vergul tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. B) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham imoratlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. C) Bir kishining bir necha o‘g‘illari bo‘lib, ular tez-tez o‘zaro nizo qilib turishar edi. Mening fikrimcha, o‘z o‘rnida aytilgan so‘z ko‘p muammolarning yechimi bo‘la oladi. D) Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. 13 / 25 Qaysi gapda tirening qo‘yilish sababi boshqalaridan farq qiladi? A) Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi – boshga. B) Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. C) Vaqting ketdi – baxting ketdi. D) Hosilning otasi – suv, onasi – mehnat. 14 / 25 Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) avf etmoq, tadbiq etmoq, gursillamoq B) taalluqli, tamoyil, qoyida C) tarjimayi hol, shavqat, tazyiq o‘tkazmoq D) suqilmoq, tushunmoq, uchurmoq 15 / 25 Xalq dostonlari haqida berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. B) Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qahramonlik, romantik, tarixiy dostonlar kabi turlari bor. C) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar xalq dostoni deyiladi. D) Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. 16 / 25 “G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi”. Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parcha kim haqida? A) qalandarlar B) ikki kundosh C) Qizil dev D) Momogul maston 17 / 25 “Haq berilmas, olinur” fikri kimga tegishli? A) A. Qodiriy B) G‘. G‘ulom C) Fitrat D) Behbudiy 18 / 25 Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo‘naymiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) nuqtali vergul B) tire C) ikki nuqta D) vergul 19 / 25 Qaysi gapda qiyoslash munosabatli bog‘langan qo‘shma gap mavjud? A) Suv keldi – nur keldi. B) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. C) Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. D) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. 20 / 25 Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Qaratqich aniqlovchi to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan. B) Eganing uyushib kelishi kuzatiladi. C) Ham ot kesim, ham fe’l kesim ishtirok etgan. D) Ergashgan qo‘shma gap hisoblanadi. 21 / 25 “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan? A) Bobur “Boburnoma” B) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” C) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” D) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” 22 / 25 Qaysi gapda ikki xil nisbatdagi fe’l ishtirok etgan? A) Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. B) Tilning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish zarur. C) So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. D) So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. 23 / 25 Matnning qaysi qismida hech qanday xatolik uchramaydi? Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) IV qismida B) II qismida C) I qismida D) III qismida 24 / 25 Qaysi gapda fe’lning hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida ishlatilgan? A) Balki, Habib Abdulla bo‘lib, Sahrolarda ochajaksan kon. B) Kun juda qizdiryapti. C) Yakshanba kuni dam olishga ketyapmiz. D) Yaxshi qol, ey dilbarim, dilda kadar ketmoqdaman. 25 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini toping. Sen do‘st emassan dedi Iskandar aka do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi A) “ , — , — , ” . B) “ , , , ”. C) “ , — , ”. D) “ ”, — : “ ”. 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6