Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 482 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. B) to‘ldiruvchi, kesim C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 2 / 25 So’zlarning odatdagi tartibining o’zgartirilishi…. A) Emotsionallik B) Uslubiy bo’yoqdorlik C) Inversiya D) Subyektiv ma’no 3 / 25 Quyidagi qaysi fikr Atoyi g‘azali haqida? A) Uning bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog‘i og‘riydi, “yuzing buncha bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa” deb nozlanadi. B) Uning bir g‘azalida shoirning yuzi ishq o‘ti sababli oltinni yashiradigan darajada sarg‘ayib ketadi. C) Uning bir g‘azalida shoirni shaydo qiladigan ham, xor-u rasvo qiladigan ham ko‘ngil deya ta’riflanadi. D) Uning bir g‘azalida shoir suhbatlashishni xohlaydigan insonlari u bilan suhbat qurishni xohlamasliklaridan shikoyat qiladi. 4 / 25 Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari un paychalarining ishtirokiga ko‘ra o‘zaro bir xil tasnif qilinadigan sifatlar qatori berilgan? A) o‘rmon, dala, maydon B) go‘zal, zebo, baland C) yolg‘iz, vafosiz, yashil D) vafo, havo, suv 5 / 25 “Haq berilmas, olinur” fikri kimga tegishli? A) Fitrat B) A. Qodiriy C) G‘. G‘ulom D) Behbudiy 6 / 25 “Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma”, - dedi u. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma qapning ko‘chirma gap qismidagi barcha fe’llar uchun umumiy bo‘lgan grammatik ma’nolarni aniqlang. A) mayli, zamon va shaxs-son B) mayl va zamon C) mayl va shaxs-son D) zamon va shaxs-son 7 / 25 “G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi”. Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parcha kim haqida? A) qalandarlar B) ikki kundosh C) Momogul maston D) Qizil dev 8 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-h, 2-i, 3-e, 4-a, 5-d B) 1-h, 2-a, 3-f, 4-g, 5-d C) 1-h, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b D) 1-h, 2-a, 3-f, 4-i, 5-b 9 / 25 Qaysi gapda chaqmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Abdushukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirardi. B) Iboralarning ma’nosini chaqib olishga harakat qilish kerak. C) Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok bo‘ladi. D) Mana chaqmoq chaqdi nogahon, zimiston tun choki so‘kilar. 10 / 25 Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Ham ot kesim, ham fe’l kesim ishtirok etgan. B) Ergashgan qo‘shma gap hisoblanadi. C) Qaratqich aniqlovchi to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan. D) Eganing uyushib kelishi kuzatiladi. 11 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda vergul tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Bir kishining bir necha o‘g‘illari bo‘lib, ular tez-tez o‘zaro nizo qilib turishar edi. Mening fikrimcha, o‘z o‘rnida aytilgan so‘z ko‘p muammolarning yechimi bo‘la oladi. B) Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. C) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham imoratlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. D) Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. 12 / 25 Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo‘naymiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul 13 / 25 Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman . Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan. B) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok etgan. C) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi. D) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan. 14 / 25 Qaysi gapda tirening qo‘yilish sababi boshqalaridan farq qiladi? A) Hosilning otasi – suv, onasi – mehnat. B) Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. C) Vaqting ketdi – baxting ketdi. D) Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi – boshga. 15 / 25 Polvonlar abjirlikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu qo‘shma gapda sodda gap qismlari qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘langan? A) nisbiy so‘zlar B) ergashtiruvchi bog‘lovchi C) ohang D) ayiruv bog‘lovchisi 16 / 25 Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) avf etmoq, tadbiq etmoq, gursillamoq B) taalluqli, tamoyil, qoyida C) suqilmoq, tushunmoq, uchurmoq D) tarjimayi hol, shavqat, tazyiq o‘tkazmoq 17 / 25 “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan? A) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” B) Bobur “Boburnoma” C) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” D) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” 18 / 25 Qaysi gapda fe’lning hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida ishlatilgan? A) Balki, Habib Abdulla bo‘lib, Sahrolarda ochajaksan kon. B) Yaxshi qol, ey dilbarim, dilda kadar ketmoqdaman. C) Kun juda qizdiryapti. D) Yakshanba kuni dam olishga ketyapmiz. 19 / 25 … - tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan atamani aniqlang. A) so‘z takrori B) istiora C) ishtiqoq D) alliteratsiya 20 / 25 Matnning qaysi qismida hech qanday xatolik uchramaydi? Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) III qismida B) IV qismida C) I qismida D) II qismida 21 / 25 bodparak, barak, shapati ushbu so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi? A) shevaga xos so‘zlar B) tarixiy so‘zlar C) arxaik so‘zlar D) atamalar 22 / 25 Qaysi gapda ikki xil nisbatdagi fe’l ishtirok etgan? A) Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. B) Tilning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish zarur. C) So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. D) So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. 23 / 25 Matndagi xatoliklar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning IV qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. B) Matnning II qismida qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. C) Matnning III qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. D) Matnning I qismida imloviy xatolik mavjud. 24 / 25 Xalq dostonlari haqida berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. B) Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. C) Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qahramonlik, romantik, tarixiy dostonlar kabi turlari bor. D) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar xalq dostoni deyiladi. 25 / 25 Qaysi gapda qiyoslash munosabatli bog‘langan qo‘shma gap mavjud? A) Suv keldi – nur keldi. B) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. C) Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. D) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz