Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 695 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) keldida, bolayu B) sog‘gach, bargga C) milyard, artileriya D) 10-sinf, XXI-asr 2 / 25 Mumtozadabiyotdagi tuyuq janrining asosini qanday so’zlar tashkil etadi? A) Paronimso’zlar B) Uyadoshso’zlar C) Shakldoshso’zlar D) Ma’nodoshso’zlar 3 / 25 Qaysi so‘zlar ravish turkumiga mansub? A) minglarcha, mardlarcha B) beaql, mehmonxona C) do‘stona, to‘yona D) ertalab, olg‘a 4 / 25 bodparak, barak, shapati ushbu so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi? A) atamalar B) tarixiy so‘zlar C) arxaik so‘zlar D) shevaga xos so‘zlar 5 / 25 Qaysi gapda fe’lning hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida ishlatilgan? A) Yaxshi qol, ey dilbarim, dilda kadar ketmoqdaman. B) Yakshanba kuni dam olishga ketyapmiz. C) Kun juda qizdiryapti. D) Balki, Habib Abdulla bo‘lib, Sahrolarda ochajaksan kon. 6 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, b, e, f; 2-b, f, g B) 1-b, d, f; 2-a, b, f, g C) 1-b, d, e, f; 2-a, d, f, g D) 1-a, b, d, f; 2-a, b, f, g 7 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda vergul tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. B) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham imoratlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. C) Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. D) Bir kishining bir necha o‘g‘illari bo‘lib, ular tez-tez o‘zaro nizo qilib turishar edi. Mening fikrimcha, o‘z o‘rnida aytilgan so‘z ko‘p muammolarning yechimi bo‘la oladi. 8 / 25 “G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi”. Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parcha kim haqida? A) ikki kundosh B) Momogul maston C) qalandarlar D) Qizil dev 9 / 25 Matndagi xatoliklar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning IV qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. B) Matnning II qismida qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. C) Matnning I qismida imloviy xatolik mavjud. D) Matnning III qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. 10 / 25 … - tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan atamani aniqlang. A) ishtiqoq B) istiora C) so‘z takrori D) alliteratsiya 11 / 25 Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) suqilmoq, tushunmoq, uchurmoq B) tarjimayi hol, shavqat, tazyiq o‘tkazmoq C) taalluqli, tamoyil, qoyida D) avf etmoq, tadbiq etmoq, gursillamoq 12 / 25 “Haq berilmas, olinur” fikri kimga tegishli? A) A. Qodiriy B) G‘. G‘ulom C) Behbudiy D) Fitrat 13 / 25 Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari un paychalarining ishtirokiga ko‘ra o‘zaro bir xil tasnif qilinadigan sifatlar qatori berilgan? A) yolg‘iz, vafosiz, yashil B) o‘rmon, dala, maydon C) vafo, havo, suv D) go‘zal, zebo, baland 14 / 25 “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan? A) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” B) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” C) Bobur “Boburnoma” D) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” 15 / 25 Polvonlar abjirlikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu qo‘shma gapda sodda gap qismlari qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘langan? A) ergashtiruvchi bog‘lovchi B) ayiruv bog‘lovchisi C) ohang D) nisbiy so‘zlar 16 / 25 Xalq dostonlari haqida berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar xalq dostoni deyiladi. B) Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. C) Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. D) Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qahramonlik, romantik, tarixiy dostonlar kabi turlari bor. 17 / 25 Qaysi gapda qiyoslash munosabatli bog‘langan qo‘shma gap mavjud? A) Suv keldi – nur keldi. B) Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. C) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. D) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. 18 / 25 Qaysi gapda chaqmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok bo‘ladi. B) Abdushukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirardi. C) Iboralarning ma’nosini chaqib olishga harakat qilish kerak. D) Mana chaqmoq chaqdi nogahon, zimiston tun choki so‘kilar. 19 / 25 Qaysi gapda tirening qo‘yilish sababi boshqalaridan farq qiladi? A) Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. B) Vaqting ketdi – baxting ketdi. C) Hosilning otasi – suv, onasi – mehnat. D) Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi – boshga. 20 / 25 Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo‘naymiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) nuqtali vergul B) ikki nuqta C) vergul D) tire 21 / 25 Matn qismlaridan kelib chiqib, ularda ilgari surilgan fikrlar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning III qismida Navoiy haqida ustozlarining e’tirofi keltirilgan. B) Matnning II qismida Navoiyning dunyoga mashhurligi haqida fikr bildirilgan. C) Matnning I qismida Navoiyning hayotiga oid ma’lumot berilgan. D) Matnning IV qismida Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi haqida fikr bildirilgan. 22 / 25 Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman . Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan. B) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan. C) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi. D) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok etgan. 23 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-h, 2-a, 3-f, 4-i, 5-b B) 1-h, 2-a, 3-f, 4-g, 5-d C) 1-h, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b D) 1-h, 2-i, 3-e, 4-a, 5-d 24 / 25 Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. (Atoyi) Ushbu baytning vaznini aniqlang. A) hazaji musammani maqsur B) hazaji musaddasi mahzuf C) ramali musaddasi maqsur D) ramali musammani mahzuf 25 / 25 Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutulg‘on bo‘lsam, Har kimki, meni so‘rsa, salomimni degil. (Bobur) Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) l harfi B) m harfi C) n harfi D) i harfi 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6