Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 659 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yusuf B) Yaqub C) Iso D) Muso 2 / 25 O’zbek tilida so’zlovchilar yer yuzida necha kishini tashkil etadi? A) 35 milliondan ortiq B) 36 milliondan ortiq C) 25 milliondan ortiq D) 40 milliondan ortiq 3 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-h, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b B) 1-h, 2-i, 3-e, 4-a, 5-d C) 1-h, 2-a, 3-f, 4-i, 5-b D) 1-h, 2-a, 3-f, 4-g, 5-d 4 / 25 Qaysi so‘zlar ravish turkumiga mansub? A) minglarcha, mardlarcha B) ertalab, olg‘a C) do‘stona, to‘yona D) beaql, mehmonxona 5 / 25 “Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma”, - dedi u. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma qapning ko‘chirma gap qismidagi barcha fe’llar uchun umumiy bo‘lgan grammatik ma’nolarni aniqlang. A) zamon va shaxs-son B) mayli, zamon va shaxs-son C) mayl va shaxs-son D) mayl va zamon 6 / 25 “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan? A) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” B) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” C) Bobur “Boburnoma” D) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” 7 / 25 Qaysi gapda chaqmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Abdushukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirardi. B) Iboralarning ma’nosini chaqib olishga harakat qilish kerak. C) Mana chaqmoq chaqdi nogahon, zimiston tun choki so‘kilar. D) Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok bo‘ladi. 8 / 25 “Haq berilmas, olinur” fikri kimga tegishli? A) Fitrat B) A. Qodiriy C) G‘. G‘ulom D) Behbudiy 9 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, b, e, f; 2-b, f, g B) 1-a, b, d, f; 2-a, b, f, g C) 1-b, d, e, f; 2-a, d, f, g D) 1-b, d, f; 2-a, b, f, g 10 / 25 Polvonlar abjirlikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu qo‘shma gapda sodda gap qismlari qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘langan? A) ergashtiruvchi bog‘lovchi B) ohang C) nisbiy so‘zlar D) ayiruv bog‘lovchisi 11 / 25 Tarkibidagi barcha otlar shaxs otlari hisoblanadigan gapni toping. A) Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. B) Shayxontohurdagi guzarda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. C) Hulkar goh Avazga, goh Salimga qarab hayron turar edi. D) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek. 12 / 25 Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutulg‘on bo‘lsam, Har kimki, meni so‘rsa, salomimni degil. (Bobur) Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) m harfi B) l harfi C) i harfi D) n harfi 13 / 25 Qaysi gapda tirening qo‘yilish sababi boshqalaridan farq qiladi? A) Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi – boshga. B) Hosilning otasi – suv, onasi – mehnat. C) Vaqting ketdi – baxting ketdi. D) Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. 14 / 25 Xalq dostonlari haqida berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar xalq dostoni deyiladi. B) Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qahramonlik, romantik, tarixiy dostonlar kabi turlari bor. C) Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. D) Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. 15 / 25 Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Ergashgan qo‘shma gap hisoblanadi. B) Ham ot kesim, ham fe’l kesim ishtirok etgan. C) Qaratqich aniqlovchi to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan. D) Eganing uyushib kelishi kuzatiladi. 16 / 25 Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari un paychalarining ishtirokiga ko‘ra o‘zaro bir xil tasnif qilinadigan sifatlar qatori berilgan? A) vafo, havo, suv B) o‘rmon, dala, maydon C) go‘zal, zebo, baland D) yolg‘iz, vafosiz, yashil 17 / 25 Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo‘naymiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) ikki nuqta B) tire C) nuqtali vergul D) vergul 18 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini toping. Sen do‘st emassan dedi Iskandar aka do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi A) “ , — , — , ” . B) “ ”, — : “ ”. C) “ , — , ”. D) “ , , , ”. 19 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda vergul tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. B) Bir kishining bir necha o‘g‘illari bo‘lib, ular tez-tez o‘zaro nizo qilib turishar edi. Mening fikrimcha, o‘z o‘rnida aytilgan so‘z ko‘p muammolarning yechimi bo‘la oladi. C) Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. D) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham imoratlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. 20 / 25 Matn qismlaridan kelib chiqib, ularda ilgari surilgan fikrlar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning II qismida Navoiyning dunyoga mashhurligi haqida fikr bildirilgan. B) Matnning I qismida Navoiyning hayotiga oid ma’lumot berilgan. C) Matnning III qismida Navoiy haqida ustozlarining e’tirofi keltirilgan. D) Matnning IV qismida Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi haqida fikr bildirilgan. 21 / 25 Qaysi gapda ikki xil nisbatdagi fe’l ishtirok etgan? A) So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. B) Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. C) Tilning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish zarur. D) So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. 22 / 25 bodparak, barak, shapati ushbu so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi? A) shevaga xos so‘zlar B) atamalar C) tarixiy so‘zlar D) arxaik so‘zlar 23 / 25 Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman . Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan. B) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan. C) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi. D) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok etgan. 24 / 25 Matndagi xatoliklar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning III qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. B) Matnning IV qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. C) Matnning II qismida qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. D) Matnning I qismida imloviy xatolik mavjud. 25 / 25 Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tarjimayi hol, shavqat, tazyiq o‘tkazmoq B) suqilmoq, tushunmoq, uchurmoq C) avf etmoq, tadbiq etmoq, gursillamoq D) taalluqli, tamoyil, qoyida 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6