Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 594 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Faqat ko`makchi fe`l tarkibida qo`llanuvchi shakllarni aniqlang. A) nisbat, bo`lishsizlik, shaxs-son B) fe`lning vazifa shakllari, nisbat C) bo`lishsizlik, shaxs-son D) shaxs-son, zamon 2 / 25 “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi!” Ushbu jumlalar kimning qaysi asarda uchraydi? A) P.Qodirov “Yulduzli tunlar” B) A.Qodiriy “Uloqda” C) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi” D) O.Yoqubov “Muzqaymoq” 3 / 25 Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) U bu gapdan xabarsiz edi B) Suvsiz hayot bo`lmaydi C) Siz bebaho insonsiz D) Odobni odobsizdan o`rgan 4 / 25 Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A) Qo`shma fe’l qatnashmagan B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 5 / 25 “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklarni aniqlang. 1.”Sehrli nog`ora” 2.”Milanda yoqqan shlyapa yomg`iri” 3.”Ayyor Buratino” 4.”Sahrodagi uy” 5.”Shahzoda Plombir” 6 .”Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” A) 1,2,3,4 B) 1, 2,3,5,6. C) 1,2,3,4,6 D) 1,3,4,5 6 / 25 Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) orttirma va majhul nisbat B) majhul nisbat C) birgalik va majhul nisbat D) birgalik va o`zlik nisbat 7 / 25 Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –lab, -cha, -ona, -don B) –larcha, -ona, -li, -cha C) –cha, -ona, -lab, -an D) –an, -ona, -lar, -lab 8 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi B) Sen meni gapdan chalg`itma C) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi D) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi 9 / 25 ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) chayka B) ayiq C) morj D) tyulen 10 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Iroqdan Hijozga B) Shomdan Iroqqa C) Iroqdan Shomga D) Hijozdan Iroqqa 11 / 25 Qaysi qatordagi gapda tovush o`zgarishi faqat son so`z turkumiga oid bo`lgan gap berilgan? A) Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar B) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman C) Durroj sherning so`zini ma`qul ko`rdi va ikkovi shu o`rmonda yashay boshladi D) Saodat opaning ikkala o`g`li shaharda yashaydi 12 / 25 Pushkinning ”Yevgeniy Onegin”, Lermontovning ”Maskarad” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) U.Nosir B) Oybek C) Mirtemir D) A.Muxtor 13 / 25 Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) O.Yoqubov B) A.Avloniy C) T.Murod D) A.Oripov 14 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Mubolag`a B) Sifatlash C) Tazod D) O`xshatish 15 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar B) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar D) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar 16 / 25 Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) “Firdavs ul-iqbol ” B) “Quyoshli qalam” C) ”Saodat ul-iqbol D) “Oltin qirg`oq” 17 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) I.Yusupov B) P.Qodirov C) T.Murod D) X.To`xtaboyev 18 / 25 “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) T Murod B) M.M.Do’st C) X.Sultonov D) E.A’zam 19 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) hol B) ega C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 20 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar B) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar C) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida D) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. 21 / 25 Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Dodhohim” B) ”Revizor” C) ”Oltin buzoqcha” D) ”Chiqdi” 22 / 25 Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping. A) ot, o’t, pul B) gul, bog', ola C) bor, asar, stol D) soz, qil, zang 23 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Ajiniyoz” B) “Umirbek laqqi” C) “Aktrisaning iqboli” D) “Qirq qiz” 24 / 25 Ko`ksingda savoling bo`lmasa, dunyoga nega kelding, inson? Ushbu gapda fe`lning munosabat shakli necha o`rinda qo`llangan? A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 25 / 25 Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Shаhаr B) Sоn C) Yutuq D) Sоchiq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2