Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 125 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan қatorni aniқlang? A) t,s,sh,ch B) k,q,x,h C) l,z,d,j D) b,p,m 2 / 50 Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand, Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. (A. Jomiy) Ushbu baytda nechta qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 5 ta B) 6ta C) 4ta D) 7ta 3 / 50 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) ko'pchilik B) etikdo'z C) ishlarmiz D) terimchilik 4 / 50 Qaysi javobda tarkibi asos + so’z yasovchi + so’z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi shaklidagi so’z berilgan? A) oromgohlarimiz B) unumdorlikni C) insoniyatniki D) ) bog’dorchilik 5 / 50 Holat fe’llari berilgan qatorni toping. A) kiyinmoq B) yugurmoq C) yozmoq D) qizarmoq 6 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang A) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta B) Avaz hazil qilab qutilishga urindi C) A’lo o’qishlar burchim ,sarf etilgan bor kuchim D) Salomlashmoq –odobning belgisi 7 / 50 –ir orttirma nisbat qo’shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) vazifasiga ko’ra shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi B) fe’l yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qiladi C) undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi D) undosh bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi 8 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta 9 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar B) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan C) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar D) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar 10 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2,5 B) 1,2 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,5,7 11 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . B) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . C) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi D) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . 12 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi B) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir C) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni D) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi 13 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv B) tozalik,mashg’ulot ,jamoat C) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad D) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish 14 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . B) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . 15 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash B) o’tov ,yaylov ,qatnov C) yayov bormoq ,hikoya qilmoq D) ko’chish ,o’qish ,turmush 16 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . B) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman C) Uning dili siyoh bo’ldi D) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi 17 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir B) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi C) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . D) Vahima –dushmanning yo’ldoshi 18 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . B) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . C) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . D) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . 19 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) orttirma B) o’zlik C) aniq D) majhul 20 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi B) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi C) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi D) Boy shum bolani bozorga choptirdi 21 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) otgani ,sepganda ,mustahkamlash B) o’qimoq ,kulgan ,oqqach C) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash D) o’rganish ,topmoq,kelib 22 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida B) A, C C) bosh bo’lak vazifasida D) faqat ega vazifasida 23 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Hamma maktabga shoshilmoqda B) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . C) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . D) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi 24 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . B) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. C) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. D) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . 25 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . B) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi C) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda D) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . 26 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) orttirma B) birgalik C) aniq D) majhul 27 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) kichraytirish erkalash qo’shimchalari B) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar C) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) fe’l yasovchi qo’shimchalar 28 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) to'ldiruvchi B) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. C) kesim D) ega 29 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(u)v B) –(i)sh C) qabul qilmaydi D) –moq 30 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) -moq B) –ib C) -gan D) -ma 31 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) bilimli ,siniq ,torgina B) qizil ,pushti ,oq C) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq D) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan 32 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi B) –(i)sh shakli C) –moq, (i)sh shakli D) –u(v) shakli 33 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar B) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . C) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . D) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi 34 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Suv shovullab oqmoqda . B) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi C) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . D) Haydar tayyor edi . 35 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . B) O’qish,o’rganish—hammaning burchi C) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash D) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . 36 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) o’zlik B) aniq C) birgalik D) majhul 37 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi B) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi C) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. D) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. 38 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi B) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi C) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi D) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi 39 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) ko 'plik B) egalik C) barchasi to 'gr’i D) kelishik 40 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –gan ,-moq ,-moqchi B) –ar ,-mas ,-yotgan C) –(i)b, -a ,-y ,-gan D) –gach ,-gani ,-qach 41 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi B) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi C) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi D) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi 42 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi B) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi C) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . D) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi 43 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) orttirma B) o’zlik C) majhul D) birgalik 44 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) - b(ib) B) -ydigan ,adigan ,-(a ) r C) - yotgan D) -gan 45 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan B) so’ratasan,borilgan ,terilibdi C) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq D) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan 46 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi B) kelasi zamon C) o’tgan zamon D) hozirgi zamon 47 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. B) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri C) Tong saharlab darvoza taqqilladi . D) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi 48 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) o’zlik,ortirma, majhul B) majhul,o’zlik,aniq C) aniq,majhul, nisbat D) o’zlik,ortirma, birlik 49 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab B) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi C) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab D) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab 50 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz