Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №6 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №6 InfoMaster Mart 30, 2022 99 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №6 HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI SIFATDOSHNING BO’LISHLI VA BO’LISHSIZ SHAKLLARI RAVISHDOSH RAVISHDOSHLARNING MA’NO TURLARI RAVISHDOSH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TALAFFUZI VA IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) a.u,o',i,e,o B) m,ng,n,r,l C) b,f,k,t,s D) yo,yu,ya ,a 2 / 50 Boshlangich ta’lim bilimlar poydevori hisoblanadi. Berilgan gapda jami nechta qo‘shimcha qo’llangan? A) 9 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 11 ta 3 / 50 Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tuliladi? A) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs B) fa 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa C) fe 'llardan anglashilgan holatni hajaruvchi narsa D) В va C. 4 / 50 Or – bu o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari mavjud? A) sifatdosh, harakat nomi B) sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, sof fe’l C) sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l D) sifatdosh, harakat nomi, sof fe’l 5 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. B) to'ldiruvchi C) kesim D) ega 6 / 50 Ravishdosh so’z birikmalari berilgan qatorni belgilang. A) chaqqon sakramoq, tez yugurmoq. B) to’lqillanib gapirmoq, hayratlanib qaramoq. C) ko’m-ko’k dalalar , sho’x musiqa. D) mayin shabada, sokin tun. 7 / 50 Hozirgi zampn sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) —ydigan ,adigan ,-(a ) r B) gan C) -(a) yotgan D) —b(ib) 8 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsiz ma’noli harakat nomlari qatnashgan ? A) Tilni qunt bilan o’rganish nutqni boyitib borish demakdir B) Tanlovda Omon Turdi kuyini juda ta’sirli chaldi C) Bilmaslik ayb emas ,lekin bilishni istamaslik ayb . D) Bolalarning o’quv qurollarini avaylab asrashni ota –onalariga moddiy yordamdir . 9 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) edi ,emish ,emas,ekan B) –ma ,-(i)sh ,-(i)b C) –magan ,_maydigan ,ekan D) yo’q ,emas,-ma ,-mas 10 / 50 Quyidagi qo’shimchalar qaysi biri sifatdoshning bo’lishsizlik shaklini hosil qiladi. A) –mas B) –maslik C) –mayin D) –may ,-masdan 11 / 50 Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? A) Gapni bilib - bilmay gapirmaslik kerak. B) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi. C) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi. D) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo’lga tushdim. 12 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni anlqlang. A) -gan, -yotgan, -ar, -mas. B) -gach, -gani, -(i)b, -a, -y. C) -di, -gan, -(i)sh, -moq. D) -(i) b, -gach, -kacli, -di, -gan. 13 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. B) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. C) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. D) Ko’rganni eshitgan yengadi. 14 / 50 Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1)-(i) b 2- a(-y); 2) –gancha; 3) –gani; A) 2,3 B) 1,4 C) 1,2 D) 3,4 15 / 50 Qaysi qo’shimchalar yordamida maqsad ma'nosini bildiruvchi ravishdosh hosil bo’ladi ? A) -gani, -kani, -qani. B) -a , (-y). C) -gan, -kan, -qan.. D) -b, -ib. 16 / 50 Fe’lning ravishdosh shakli haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) -gani (-kani, -qani, -gali) qo’shimchali ravishdosh harakatning maqsadini bildiradi B) barcha javoblar to’g’ri C) -b (-ib), -a (y) shakllari harakatning paytini ham anglatadi D) -gancha (-kancha, -qancha) qo’shimchali ravishdosh harakatning holatini anglatadi 17 / 50 Fe'lning ravishdosh shakli mavjud bo’lgan gapni toping. A) Qadimiy Turon zaminida yashagan avlodlarimiz bir buloqdan suv ichganlar . B) Bizdan ozod va obod vatan qolsin. C) Dushman navkari bizga qarshi qilich ko’tardi. D) Baliq chiqdi ilinib ,tumshuqlari tilinib . 18 / 50 Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) yuqoridagilarning barchasi 19 / 50 Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo’shimcha yetakchi fe'l bilan ko’makchi fe'lni bog’lashga xizmat qilgan ? A) Usta Alim qo’shnisining yerini sotib oldi. B) Sarvar devordan oshib tushdi . C) Dadasi yangi uy pchun kerakli jihozlarni olb keldi. D) Sayohatchilar qorong’u tushguncha yetib oldilar. 20 / 50 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan B) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi C) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi D) ko’rmagan, eshitmagan 21 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi? A) –gach, -guncha, -gancha B) –qach, -quncha, -qani C) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi D) –kach, -kuncha, -kani 22 / 50 Kelasi zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi A) —ydigan „adigan ,-(a ) r B) -(a) yotgan C) gan D) —b(ib) 23 / 50 Ravishdoshninng -b ,ib ,-a ,-y shakllari asosan qanday ma'noni bildiradi 1 sabab 2 payt 3 holat 4 vosita 5 chegara A) 1,2 B) 1,2,3,4,5 C) 3 D) 4,5 24 / 50 Qaysi qatorda bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan ? A) aytib ketma B) aytmay ket C) aytma ketma D) aytmay ketma 25 / 50 Fe’ldan anglashilgan ish harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini bildiruvchi grammatik xususiyat qanday nomlanadi ? A) zamon B) bo’lishli ,bo’lishsizlik C) nisbat D) mayl 26 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U ataylab boshini bog’lab oldi. B) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi C) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. D) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. 27 / 50 Bo’lishsiz fe’l qo’llangan gap qatorini belgilang A) Giloslar qiyg’os gullagan B) Mayin shabada esmoqda C) Birovga xolis xizmat qilib o’rganmaganman. D) Uzoqdan yoqimli kuy eshitilardi 28 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi o’shimchalari qo’shiladi? A) –kach, -kuncha, -kani B) –qach, -quncha, -qani C) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi D) –gach, -guncha, -gancha 29 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . B) Asta sekin tong ota boshladi. C) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. D) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. 30 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Tirnoqqa zor bo’lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi. B) Teparoqda sarvqomat bir terak qarsillab sinib tushdi. C) Ichkaridan muzika ovozi eshitilib turardi. D) Alisher mehmonxonaga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. 31 / 50 Sifatdoshning qaysi shakliga bo'lishsizlik qo'shimchasi qo'shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi? A) -gan B) -(a)digan C) - (a)r D) -(a)yotgan 32 / 50 Fe'lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maqsus shakl qaysi qatorda berilgan? A) sifatdosh shayli. B) ravishdosh shakli. C) harakat nomi shaili. D) bunday shakl mavjud emas.. 33 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni aniqlang. A) -gani, -moq , -sa, -y, -kuncha. B) -gach, -gani, -guncha, -y, -b. C) -guncha, -y, - ib, -gan, -gani. D) -y, -gali, -yapti, -clia, -a. 34 / 50 Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor? A) holat B) sabab C) maqsad D) payt 35 / 50 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) topgani, bo’linib, yura-yura B) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. C) shoshgancha, kiygani, yurgach. D) oqquncha, topgani, ezilib 36 / 50 Tiz cho’kib turguncha tik turib, o’lmoq yaxshiroq. Gapdagi ravishdosh anglatgan ma'noni aniqlang. A) maqsad. B) qiyos. C) payt. D) harakat belgisi. 37 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi qatorda ? A) bormoqchi emas ,ko’rgan emas ,yirtmayman B) qiziqmoq ,kiyinmoq,bajarmoq C) uvullamoq ,to’xtamoq,eslamoq D) egallamoq ,aytmoq ,yozmoq 38 / 50 Tuslanmaydigan .ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan. A) olib, yozib. B) o’qigani , yozgani C) o’qiy , yoza. D) barcha ravishdoshlar tuslanadi. 39 / 50 Berigan gapda ravishdosh qanday ma'noni anglatyapti. Lom-lim demay chirqillab yig’layoftgan bolalarni kursiga o’tqazib qo’ydi. A) payt. B) maqsad. C) holat D) sabab. 40 / 50 Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo’lishsizlik shakli bilan omonim bo’lolmaydi ? A) qo’llanma (kitob) B) suzma (qatiq) C) sochma (o’q) D) qaynatma (sho’rva) 41 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’klamda ko’katlar gurkirab o’sadi. B) Navoiy kuy eshitilayotgan tomonga ildam yurdi. C) Ovozi shovqinda zo’rg’a eshitildi.. D) Vaqtni o’g’irlamoq- baxt o’g’irlamoq. 42 / 50 Ravishdosh haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir .2.Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi . 3.Ravishdosh gapda hol bo’lib keladi . 4.jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –gach, -guncha, -gani qo’shimchalari qo’shilib, -kach, -kuncha, -kani tarzida yoziladi . A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 4 43 / 50 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi B) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi C) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak D) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi 44 / 50 Ravishdoshning sabab ma'nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping. A) qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach kuchaytirdi B) musiqa tingach, ko'rgani bormoq C) qoroni tushguncha, yugurib kelmoq D) yig'lay-yig'lay uxlamoq, tikilgancha o'ylanibqolmoq. 45 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan ? A) Kampir qishlog’iga qaytib ketdi B) B,C C) Hali tong otganicha yo’q D) Boraman –a ,boraman ,borib bo’pman 46 / 50 Qaysi gapda bo’lishsiz fe’ldan tasdiq ifodalangan? A) Hech kimga munofiqlik qila ko’rma B) Ish hech kimni o’ldirmaydi C) Bu gap aytilmay qolmaydi . D) Bu yerda uni ko’rgan emasman 47 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan ravishdoshlar takrorlanib ishlatiladi. A) -b, -ib, -a, -gani. B) faqat -b, -ib. C) faqat -a, -y. D) -b, -ib, -a, -y 48 / 50 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping A) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?! B) Men xalqni aldamoqchi emasman ! C) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi D) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi . 49 / 50 Qaysi qatorda maqsad ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi B) suvga tikilganpha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq C) ko'rgani bormoq ,gaplashgani to'planganmiz D) musiqa tingach, qorong'u tushguncha 50 / 50 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang A) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi B) Bugungi ishni ertaga qo’yma C) U na o’qiydi ,na yozadi D) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz