Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №4 InfoMaster Mart 29, 2022 188 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №4 FE’L NISBATLARI ANIQ NISBAT O’ZLIK NISBATI MAJHUL NISBAT ORTTIRMA NISBAT ORTTIRMA NISBAT QO’SHIMCHALARNING ISHLATILISHI BIRGALIK NISBAT FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) m,ng,n,r,l B) b,f,k,t,s C) yo,yu,ya ,a D) a.u,o',i,e,o 2 / 50 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) yupanch B) o'tinch C) sevinch D) sog’inch 3 / 50 Faqat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan so’zlarni toping. A) giyohlarni, ajratildi, topildi B) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish C) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha. D) aybsitmoq, ulg’aytirgan, bormadi. 4 / 50 “Boburnoma” personajlar tavsifi, ularning shakl- shamoyilini ta’riflashdan boshlanadi. Berilgan gapdagi sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang. A) 8 ta B) 6 ta C) 7 t a D) 5 ta 5 / 50 Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni toping. A) –k, -ag’on, -ona B) –roq, -imtir, -ta C) –miz, -im, -man D) –xo’r, -lik, -soz 6 / 50 Fe’lning vazifa shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan bo’ladi . B) Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiradi . C) Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiradi. D) O’z mustaqil ma’nolarini yo’qotib, yordamchi vazifada keladi . 7 / 50 Sof fe'l shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 aniqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,2,3,4,5 D) 4 8 / 50 Bajaruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli ... A) o’zlik nisbat B) orttirma nisbat C) aniq nisbat D) majhul nisbat 9 / 50 Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi? A) sifatdosh B) ravishdosh C) shart mayli D) harakat nomi 10 / 50 Qaysi nisbat fe’l nisbat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi? A) aniq B) orttirma C) majhul D) birgalik 11 / 50 Orttirma nisbat qaysi qatordagi gapda ishlatilgan ? A) O’tgan yili mana shu dang’illama hovlini suv tekinga sottirib yubordi B) Sobir do’stini qutqarib qoldi C) O’tirganlar muammoni ko’rib chiqishdi D) Kampir hamma bilan so’rashib chiqdi. 12 / 50 Fe'lning lug'aviy shakllariga qaysi bandda misol berilgan? A) yozdi, yozmoqda, yozmoqchi B) o'qish, o'qimoq, o'qimoqda C) kel, kelgan, kelsa D) kelmoq, kelib, kelar 13 / 50 Xalqning sha’niga, ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqi yo’q. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri mavjud? A) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh B) sof fe’l, harakat nomi C) sof fe’l, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh D) sifatdosh, harakat nomi 14 / 50 –ir orttirma nisbat qo’shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi B) fe’l yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qiladi C) vazifasiga ko’ra shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi D) undosh bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi 15 / 50 Birgalik nisbat shaklidagi fe’lni aniqlang A) do’stlashmoq B) bellashmoq C) kuylashmoq D) birlashmoq 16 / 50 Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –tir,-dir,-giz ,-qiz ,-t B) –t C) –t,-dir D) -t,-g’iz 17 / 50 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi B) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi C) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi D) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi 18 / 50 Birgalik nisbati berilgan gapni toping A) Oy endigina to’lishgan edi B) Ko’p uxlash zararli C) Urushning og’ir kunlarida xalqimiz bir burda nonini yetimlarga bo’lishib bergan edi D) Hasharchilar bugun dalada uxlashdi 19 / 50 Qaysi javobdagi fe’llardan o’zlik nisbati hosil bo’lmaydi ? A) termoq,taranmoq,quvonmoq B) minmoq ,kulmoq,yayramoq C) kesmoq,kiymoq ,ko’rmoq D) cho’milmoq ,surkalmoq ,o’ramoq 20 / 50 Birgalik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang. A) Sog’lom odam tabiatning eng bebaho asaridir. B) Ona mehri ilohiy, uni Yaratgan ato etgan C) Do’stlarim men bilan xayrlashishdi, institutda bo’ladigan kechaga borolmasligimga achinishdi D) Hayot uchun, tiriklik uchun yer, suv, havo, quyosh, nuri qanchalik kerak bo’lsa, insoniy mehr ham shunchalik zarurdir. 21 / 50 Fe'llarning lug'aviy shakllari hisoblanadigan so'zlarni toping. A) o'sayotgan, yozish, o'qib B) esa, bo'ldi C) ol, yur, qol D) edi, ekan, emish 22 / 50 Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab. Yuqoridagi gapda fe'lning qanday vazifadosh shakllari ishtirok etgan? 1) sof fe'l; 2) harakat nomi; 3) sifatdosh; 4) ravishdosh. A) faqat 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 1, 3, 4 23 / 50 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik B) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi C) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi D) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi 24 / 50 Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan ? A) yozdirgizdim B) kiyintirishdi C) chaqirtirildi D) keltirilgan 25 / 50 Qaysi qatorda sof fe'lga misol keltirilgan? A) yukni ortib B) she'r yodlash C) uyga qayt D) qaqragan cho' liar 26 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Mix qoqildi B) Ot qoqildi C) Hovli orqali uyga kiriladi D) Odil ishdan bo’shatildi 27 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Bir pasda janjal boshlandi B) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi C) Uzoqdan suv ko’rindi D) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi 28 / 50 Orttirma nisbat xosil qiluvchi - gaz, - kaz, - kaz qo’shimchalari o’tmoq fe’liga qay tarzda qo’shilishi mumkin? A) o’tkaz, o’tqaz tarzida B) faqat o’tkaz tarzida C) o’tgaz, o’tkaz, o’tqaz tarzida D) faqat o’tqaz tarzida 29 / 50 O’zlik nisbatdan hosil bo’lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping A) o’zgartirildi ,ishlatildi B) yuvintir ,kiyintir C) yuvinishdi ,kiyinishdi D) keltir ,yozdir 30 / 50 Fe'Ining sifatdosh shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 abiqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 4 D) 1,2 31 / 50 O’zlik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan ? A) Mehmonlarga ovqat tayyorlandi B) Salimjon erkalanib dadasining elkasiga osildi C) Qishga saqlanadigan uzumlar shipga osildi D) Majlis soat uchga belhilandi 32 / 50 Felning orttirma nisbatini hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri bir bo’g’inli so’zlarga qo’shiladi ? A) A,B,C B) –ar C) –iz D) –ir 33 / 50 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) birgalik nisbat B) orttirma nisbat C) majhullik nisbat D) o’zlik nisbat 34 / 50 Birgalik nisbatidagi fe'llar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 1. U tog'asi bilan quyuq so'rashdi. 2. Mehmonlar kelib qolishdi. 3. Kelishgan yigit ekanmi? 4. Akam kvartiraga joylashdi. 5. Ishni tezda tugatdilar. A) 2, 4, 5 B) 2, 5 C) 1,3, 4 D) faqat 2 35 / 50 Qaysi nisbat shaklida bajaruvchilarning ko’p ekanligi anglashiladi ? A) o’zlik B) majhul C) birgalik D) aniq 36 / 50 Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping A) Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi B) Rustam shahmat to’garagiga yozildi C) Javoblarning barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo’llangan D) Yerlarga don sepildi 37 / 50 Qaysi qatordagi fe’l birgalik nisbatdagi fe’lga mansub ekanligini aniqlang A) ishlashmoq B) go’zallashmoq C) o’rtoqlashmoq D) hazillashmoq 38 / 50 Orttirma nisbat ma'nosi kuchaygan so'zni aniqlang. A) bildirib qo'ygin B) o'qittirmoq C) surishtirishdi D) gapirtirma 39 / 50 Qaysi nisbatdagi fe’llar ish harakatning boshqa shaxs yoki vosita bilan bajarilganini bildiradi ? A) majhul B) o’zlik C) orttirma D) birgalik 40 / 50 Aniq nisbatdagi fe’l qaysi qatordagi gapda qatnashgan ? A) Binoning keng va og’ir eshigi ochildi B) Elchinbek yuvindi ,qurindi ,so’ng bir nimani unutganday uzoq o’ylandi .. C) Abdulla ko’rpacha ustiga cho’zildi D) Fanda inqilobni biz qildik avval 41 / 50 -t qo’shimchasi vositasida qanday fe’llardan orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) Unli tovush bilan tugaagan so’zlardan B) –y undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlardan C) –y,-r undoshlari bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlardan D) –r undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so‘zlardan 42 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qo’llangan gapni toping A) Qurilishga zarur materiallar olib kelindi B) Ofarin topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar C) Bu savollarga bolalar turlicha javob berishdi D) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar 43 / 50 Quyidagi fe’llarning qaysisidan o’zlik nisbati yasalmaydi ? A) qiynamoq B) so’kmoq C) kavshamoq D) yayramoq 44 / 50 Fe’l nisbatlari …. A) Ish harakat va uning bajaruvchisi o’rtasidagi munosabatning ifodalanishidir B) Fe’llarning kelishik qo’shimchalarini olib o’zgarishidir C) Fe’llarning zamon qo’shimchalarini olib o’zgarishidir D) Fe’llarning shaxs son qo’shimchalarini olib o’zgarishidir 45 / 50 Birgalik nisbatdagi fe'lni aniqlang A) Rahim va Sarvarlar devorni bo'yashdi B) Devor bo'yaldi C) Rahim devorni bo'yadi D) Sarnandar Rahimga devorai bo'yatdi 46 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’llardan iborat qatorni toping A) taraldi,yuvildi,yozildi B) ko’rsat,ishlandi,olindi C) oqiz ,keltir ,ishlat D) ko’rindi,uxlatildi ,sotdi 47 / 50 -r yoki –y bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttiurma nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi ? A) –dir B) –t ,-dir C) –t ,-tir ,-dir D) –tir ,-dir 48 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Mehnat baxt keltiradi B) Asta –sekin tong yorisha boshladi C) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda D) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi 49 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchasi –dir haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) orttirma nisbat qo’shimchasi –dir kesimlik qo’shimchasi bilan omonim hisoblanadi B) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga-tir tarzida qo’shiladi C) jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli va ko’p bo’g’inli fe’llara doim- dir tarzida qo’shiladi D) –dir orttirma nisbat qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi 50 / 50 Qaysi nisbat shaklidan fe’llarning barcha nisbatlarni hosil qilishi mumkin ? A) majhul B) aniq C) o’zlik D) orttirma 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz