Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 77 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qanday tovushlar jarangli undoshlar deyiladi? A) Faqat shovqindan hosil bo'ladigan tovushlar B) Shovqin va unlardan hosil bo'ladigan tovushlar C) Nutq organlarida to'siqqa uchramaydigan tovushlar D) Faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladigan tovushlar 2 / 50 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta 3 / 50 “o’ynatdim “so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 4 / 50 Holat fe’llari qatnashgan gapni aniqlang. A) Katta chinorni kesib tashladim . B) U o’zini uxlaganini bildirish uchun qimirlab qo’ydi . C) Manzura dugonasiga qarab jilmaydi . D) O’jar Omonjon akasiga nimadir deb to’ng’illadi . 5 / 50 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) to’liq va to’liqsiz fe’llarga B) o’timli va o’timsiz fe’llarga C) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga D) harakat va holat fe’llariga 6 / 50 Qaysi nisbatdagi fellar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi? A) orttirma B) majhul C) o’zlik D) birgalik 7 / 50 Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan? A) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish B) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan . C) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi . D) Paxtani toza terish o’z burchimizdir . 8 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman B) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi C) Uning dili siyoh bo’ldi D) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . 9 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 10 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. B) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi C) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. D) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi 11 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) majhul,o’zlik,aniq B) o’zlik,ortirma, majhul C) aniq,majhul, nisbat D) o’zlik,ortirma, birlik 12 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . B) Hamma maktabga shoshilmoqda C) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . D) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi 13 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 14 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi B) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi C) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi D) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi 15 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) orttirma B) majhul C) birgalik D) aniq 16 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash B) yayov bormoq ,hikoya qilmoq C) o’tov ,yaylov ,qatnov D) ko’chish ,o’qish ,turmush 17 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi B) Suv shovullab oqmoqda . C) Haydar tayyor edi . D) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . 18 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar B) kichraytirish erkalash qo’shimchalari C) fe’l yasovchi qo’shimchalar D) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 19 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(u)v B) –moq C) qabul qilmaydi D) –(i)sh 20 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . B) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar C) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi D) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . 21 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) ega B) to'ldiruvchi C) kesim D) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. 22 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri B) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. C) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi D) Tong saharlab darvoza taqqilladi . 23 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab B) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab C) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi 24 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar B) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan C) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar D) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar 25 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) orttirma B) birgalik C) o’zlik D) majhul 26 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. B) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . C) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . D) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. 27 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi B) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi C) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi D) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . 28 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) –ib B) -moq C) -ma D) -gan 29 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . B) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . C) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . D) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi 30 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) aniq B) birgalik C) majhul D) o’zlik 31 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan B) bilimli ,siniq ,torgina C) qizil ,pushti ,oq D) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq 32 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . B) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi C) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir D) Vahima –dushmanning yo’ldoshi 33 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) barchasi to 'gr’i B) ko 'plik C) egalik D) kelishik 34 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . B) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . C) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . D) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . 35 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . B) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . 36 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Boy shum bolani bozorga choptirdi B) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi C) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi D) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi 37 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) tozalik,mashg’ulot ,jamoat B) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv C) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad D) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish 38 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) o’rganish ,topmoq,kelib B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) o’qimoq ,kulgan ,oqqach D) otgani ,sepganda ,mustahkamlash 39 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) –moq, (i)sh shakli B) –u(v) shakli C) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi D) –(i)sh shakli 40 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) A, C B) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida C) bosh bo’lak vazifasida D) faqat ega vazifasida 41 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) o’tgan zamon B) kelasi zamon C) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi D) hozirgi zamon 42 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . B) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . C) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash D) O’qish,o’rganish—hammaning burchi 43 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda B) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . C) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi D) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . 44 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) - b(ib) B) -ydigan ,adigan ,-(a ) r C) - yotgan D) -gan 45 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq B) so’ratasan,borilgan ,terilibdi C) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan D) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan 46 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2,5,7 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2 47 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi B) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi C) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi D) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi 48 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –gach ,-gani ,-qach B) –(i)b, -a ,-y ,-gan C) –ar ,-mas ,-yotgan D) –gan ,-moq ,-moqchi 49 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) majhul B) o’zlik C) aniq D) orttirma 50 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi B) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi C) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir D) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz