Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 135 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A) agrotexnika, anjir, anor B) telegraf, tipografiya, teploxod C) mayiz, mashina, mosh D) kattaqo'rg'on, kishmish, kuz 2 / 50 Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 4 B) 2 C) З D) 5 3 / 50 Asabiylashtirmoq so'zi tarkibidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping, A) 3ta B) 2ta C) 1ta D) 4ta 4 / 50 Qaysi javobda tarkibi asos + so’z yasovchi + so’z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi shaklidagi so’z berilgan? A) unumdorlikni B) ) bog’dorchilik C) insoniyatniki D) oromgohlarimiz 5 / 50 O'timsiz fe'llarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) 1,4,6 B) 1,6 C) 2,3,5 D) 2,4 6 / 50 O’zlik nisbati shaklidagi fe’l qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Feruza katta yo’lning toshlariga qoqilib ,idora binosiga yetib keldi B) …. texnika gektariga qarab bo’lib berildi C) U soatiga qaradi ,besh yarim D) Bir burchakda yoshlar gazeta va kitob o’qishadi 7 / 50 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi B) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi C) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi D) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi 8 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Hamma maktabga shoshilmoqda B) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . C) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi D) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . 9 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) -moq B) -ma C) -gan D) –ib 10 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) aniq B) majhul C) orttirma D) birgalik 11 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) kelishik B) egalik C) barchasi to 'gr’i D) ko 'plik 12 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) O’qish,o’rganish—hammaning burchi B) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . C) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . D) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash 13 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad B) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish C) tozalik,mashg’ulot ,jamoat D) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv 14 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,5,7 D) 1,2,5 15 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab B) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab C) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi 16 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi B) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi C) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni D) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir 17 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) otgani ,sepganda ,mustahkamlash B) o’rganish ,topmoq,kelib C) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash D) o’qimoq ,kulgan ,oqqach 18 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . B) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . C) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . D) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . 19 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . B) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . 20 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) - b(ib) B) -gan C) - yotgan D) -ydigan ,adigan ,-(a ) r 21 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash B) ko’chish ,o’qish ,turmush C) o’tov ,yaylov ,qatnov D) yayov bormoq ,hikoya qilmoq 22 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Tong saharlab darvoza taqqilladi . B) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri C) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. D) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi 23 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) –moq, (i)sh shakli B) –(i)sh shakli C) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi D) –u(v) shakli 24 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –ar ,-mas ,-yotgan B) –(i)b, -a ,-y ,-gan C) –gach ,-gani ,-qach D) –gan ,-moq ,-moqchi 25 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . B) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi C) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar D) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . 26 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi B) Vahima –dushmanning yo’ldoshi C) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . D) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir 27 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) aniq,majhul, nisbat B) majhul,o’zlik,aniq C) o’zlik,ortirma, majhul D) o’zlik,ortirma, birlik 28 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(i)sh B) –(u)v C) –moq D) qabul qilmaydi 29 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi B) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi C) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi D) Boy shum bolani bozorga choptirdi 30 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq B) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan C) qizil ,pushti ,oq D) bilimli ,siniq ,torgina 31 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar B) kichraytirish erkalash qo’shimchalari C) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) fe’l yasovchi qo’shimchalar 32 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi B) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi C) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi D) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi 33 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . B) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . C) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi D) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . 34 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 35 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi B) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . C) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . D) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda 36 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) aniq B) birgalik C) o’zlik D) majhul 37 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 38 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Suv shovullab oqmoqda . B) Haydar tayyor edi . C) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi D) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . 39 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi B) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi C) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi D) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi 40 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) aniq B) o’zlik C) orttirma D) majhul 41 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi D) kelasi zamon 42 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi B) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi C) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi D) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . 43 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . B) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. C) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . D) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. 44 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. B) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi C) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi D) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. 45 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) A, C B) bosh bo’lak vazifasida C) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida D) faqat ega vazifasida 46 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Uning dili siyoh bo’ldi B) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman C) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi D) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . 47 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) so’ratasan,borilgan ,terilibdi B) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq C) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan D) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan 48 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) ega B) kesim C) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. D) to'ldiruvchi 49 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar B) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar C) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan D) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar 50 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) birgalik B) o’zlik C) majhul D) orttirma 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz