Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 136 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping A) bog’,gul ,daraxt B) jahon ,ilm ,shijoat C) anor ,kuz ,hosil D) eshik ,fasl ,shimol 2 / 50 Qaysi qatorda yasama so’z berilgan? A) dasturxonimizda B) yaxshiroq C) maqtanmoq D) iliqroq 3 / 50 Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping. A) 4 B) 3 C) 2 D) 5 4 / 50 Shakl yasovchi qo’shimchalarning turlari to’g’ri berilgan javobni toping. A) morfologik shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar B) A, C C) fonetik shakl yasovchilar va leksik shakl yasovchilar D) lug’aviy shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar 5 / 50 Qaysi gapda holat fe’li ishtirok etgan? A) Mehnat baxt keltiradi. B) Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. C) Bir bo‘lakyog‘och parchasini pichoq bilan yo‘ndi. D) Ojizgina vizillagan toviish eshitildi. 6 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. B) Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi. C) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi. D) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. 7 / 50 Fe'llarning lug'aviy shakllari hisoblanadigan so'zlarni toping. A) esa, bo'ldi B) o'sayotgan, yozish, o'qib C) ol, yur, qol D) edi, ekan, emish 8 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) bosh bo’lak vazifasida B) faqat ega vazifasida C) A, C D) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida 9 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 10 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) o’zlik,ortirma, birlik B) majhul,o’zlik,aniq C) o’zlik,ortirma, majhul D) aniq,majhul, nisbat 11 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) kesim B) ega C) to'ldiruvchi D) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. 12 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi B) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi C) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi D) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . 13 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . B) O’qish,o’rganish—hammaning burchi C) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash D) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . 14 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi B) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . C) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . D) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . 15 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) fe’l yasovchi qo’shimchalar C) kichraytirish erkalash qo’shimchalari D) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar 16 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) o’zlik B) aniq C) majhul D) orttirma 17 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) orttirma B) majhul C) aniq D) birgalik 18 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) qizil ,pushti ,oq B) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan C) bilimli ,siniq ,torgina D) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq 19 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi B) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi C) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi D) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi 20 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv B) tozalik,mashg’ulot ,jamoat C) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad D) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish 21 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) o’rganish ,topmoq,kelib B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) o’qimoq ,kulgan ,oqqach D) otgani ,sepganda ,mustahkamlash 22 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . B) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . C) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . D) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . 23 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. B) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi C) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. D) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi 24 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . B) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda C) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . D) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi 25 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 26 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) hozirgi zamon B) kelasi zamon C) o’tgan zamon D) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi 27 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . B) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi C) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . D) Hamma maktabga shoshilmoqda 28 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar B) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi C) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . D) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . 29 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman B) Uning dili siyoh bo’ldi C) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . D) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi 30 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Tong saharlab darvoza taqqilladi . B) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri C) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. D) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi 31 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) aniq B) o’zlik C) birgalik D) majhul 32 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar B) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar C) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar D) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan 33 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir B) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi C) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni D) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi 34 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. B) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. C) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . D) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . 35 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) ko 'plik B) barchasi to 'gr’i C) egalik D) kelishik 36 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . B) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . 37 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) birgalik B) majhul C) o’zlik D) orttirma 38 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi B) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir C) Vahima –dushmanning yo’ldoshi D) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . 39 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) ko’chish ,o’qish ,turmush B) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash C) yayov bormoq ,hikoya qilmoq D) o’tov ,yaylov ,qatnov 40 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) -ydigan ,adigan ,-(a ) r B) -gan C) - b(ib) D) - yotgan 41 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) qabul qilmaydi B) –(u)v C) –moq D) –(i)sh 42 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi B) –moq, (i)sh shakli C) –u(v) shakli D) –(i)sh shakli 43 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) –ib B) -moq C) -ma D) -gan 44 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –ar ,-mas ,-yotgan B) –(i)b, -a ,-y ,-gan C) –gach ,-gani ,-qach D) –gan ,-moq ,-moqchi 45 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi B) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi C) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi D) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi 46 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi B) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . C) Suv shovullab oqmoqda . D) Haydar tayyor edi . 47 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi B) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab C) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab D) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab 48 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq B) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan C) so’ratasan,borilgan ,terilibdi D) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan 49 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi B) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi C) Boy shum bolani bozorga choptirdi D) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi 50 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,5 D) 1,2,5,7 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz