Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 102 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) onhazrat, takyagoh B) yo'qsil, avom C) vazir, mufti D) sarf, nahv 2 / 50 Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping. A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 3 / 50 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,4,5,7.9 B) 2,3,8,9 C) 3,7,8 D) 3,4,7,8 4 / 50 Holat fe'llariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping. A) A,B B) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe'llar C) shaxslarning bir ko'rinishdan boshqa ko 'rinishga о 'tishini ifodalovchi fe 'llar. D) narsalarning bir ko'rinishdan boshqa ko'rinishga o'tishini ifodalovchi fe'llar 5 / 50 Asos +lug’aviy shakl yasovchi +so’z yasovchi shaklida bo’lmagan so’zni toping A) qizg’anchiq B) o’chirg’ich C) sovutkich D) maqtanchoq 6 / 50 Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan ? A) keltirilgan B) chaqirtirildi C) yozdirgizdim D) kiyintirishdi 7 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Mix qoqildi B) Hovli orqali uyga kiriladi C) Ot qoqildi D) Odil ishdan bo’shatildi 8 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi B) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi C) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi D) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi 9 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . B) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda C) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . D) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi 10 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi B) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar C) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . D) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . 11 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) faqat ega vazifasida B) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida C) bosh bo’lak vazifasida D) A, C 12 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,2,5,7 C) 1,2 D) 1,2,5 13 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi B) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi C) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi D) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi 14 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . B) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi C) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . D) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . 15 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) -ydigan ,adigan ,-(a ) r B) - b(ib) C) - yotgan D) -gan 16 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) o’zlik B) majhul C) birgalik D) orttirma 17 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) kelasi zamon B) hozirgi zamon C) o’tgan zamon D) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi 18 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar B) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar C) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar D) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan 19 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 20 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Boy shum bolani bozorga choptirdi B) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi C) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi D) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi 21 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) –moq, (i)sh shakli B) –u(v) shakli C) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi D) –(i)sh shakli 22 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi B) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni C) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi D) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir 23 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) to'ldiruvchi B) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. C) kesim D) ega 24 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . B) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi C) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi D) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi 25 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. B) Tong saharlab darvoza taqqilladi . C) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri D) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi 26 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv B) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad C) tozalik,mashg’ulot ,jamoat D) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish 27 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . B) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . C) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . D) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . 28 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan B) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq C) so’ratasan,borilgan ,terilibdi D) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan 29 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Vahima –dushmanning yo’ldoshi B) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . C) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir D) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi 30 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) orttirma B) birgalik C) majhul D) aniq 31 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash B) o’rganish ,topmoq,kelib C) o’qimoq ,kulgan ,oqqach D) otgani ,sepganda ,mustahkamlash 32 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . B) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . C) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. D) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. 33 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . B) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . 34 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –gach ,-gani ,-qach B) –ar ,-mas ,-yotgan C) –(i)b, -a ,-y ,-gan D) –gan ,-moq ,-moqchi 35 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(i)sh B) –(u)v C) qabul qilmaydi D) –moq 36 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar B) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) kichraytirish erkalash qo’shimchalari D) fe’l yasovchi qo’shimchalar 37 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) o’zlik B) orttirma C) aniq D) majhul 38 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 39 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash B) o’tov ,yaylov ,qatnov C) ko’chish ,o’qish ,turmush D) yayov bormoq ,hikoya qilmoq 40 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) majhul,o’zlik,aniq B) o’zlik,ortirma, birlik C) o’zlik,ortirma, majhul D) aniq,majhul, nisbat 41 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . B) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi C) Hamma maktabga shoshilmoqda D) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . 42 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi B) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . C) Uning dili siyoh bo’ldi D) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman 43 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . B) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . C) O’qish,o’rganish—hammaning burchi D) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash 44 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) kelishik B) ko 'plik C) barchasi to 'gr’i D) egalik 45 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq B) qizil ,pushti ,oq C) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan D) bilimli ,siniq ,torgina 46 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Haydar tayyor edi . B) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . C) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi D) Suv shovullab oqmoqda . 47 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) –ib B) -ma C) -moq D) -gan 48 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab B) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi C) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab D) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab 49 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) aniq B) majhul C) o’zlik D) birgalik 50 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. B) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi C) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. D) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz