Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 662 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada B) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq C) Bulbul navosi,so’z sehri D) Bog’da sayr,kitob uchun gilof 2 / 25 Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga qanday vosita yordamida bog'lanadi? A) To’g’ri javob yo’q B) -ki yuklamasi yordamida C) Bunday gaplarning qismlari ko'rsatish olmoshlari yordamida bog'lanadi. D) Aniqlov boglovchisi yordamida 3 / 25 Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo‘lgandan so‘ng qanday nomlangan? A) “Hasht behisht” B) “Haft avrang” C) “Haft paykar” D) “Silsilat uz-zahab” 4 / 25 To‘rt narsani berdi menga oqillarcha o‘ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida qaysi turkumlarga oid so‘zlar yasalgan? A) ot, ravish, fe’l B) ot, sifat C) ot, sifat, fe’l D) sifat, fe’l 5 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. B) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. C) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. D) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 6 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Saddi Iskandariy” B) “Layli va Majnun” C) “Farhod va Shirin” D) “Hayrat ul-abror” 7 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) hayriyat, burilmoq, mas’ud B) poyafzal, tomosha, tomoman C) tatqiqot, mabodo, tavsiya D) hasharot, yutinmoq, fojia 8 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. B) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. C) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. D) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. 9 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) tog‘/olcha, beda/poya B) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ C) sotib/oldi, borib/keldi D) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l 10 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) darak gap B) sodda gap C) qo‘shma gap D) egasiz gap 11 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. B) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. C) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. D) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. 12 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Jahl kelsa, aql ketadi. B) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. C) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. D) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 13 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) olti oyga muhlat so‘rayotganda B) tush ko‘rganda C) kurash paytida D) shartlarini qo‘yayotganda 14 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b B) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d C) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b D) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b 15 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. B) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. C) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. D) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. 16 / 25 Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xotimasidan olingan ushbu parchada kimlarni ta’riflamoqda? A) Jomiy va Lutfiy B) Nizomiy va Dehlaviy C) Husayn Boyqaro va temuriylar D) Sa’diy va Farididdin Attor 17 / 25 Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi badiiy san’atni yuzaga keltirmoqda. A) talmeh B) iyhom C) istiora D) tajnis 18 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) faoliyat-jarayon oti B) shaxs oti C) narsa oti D) o‘rin-joy oti 19 / 25 Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si qanday nom bilan mashhur bo‘lgan? A) “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) B) “Haft paykar” (“Yetti go'zal”) C) “Panj ganj” (“Besh xazina”) D) “Xamsa” (“Beshlik”) 20 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq B) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq C) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq D) yigirmata zohid ibodatidan ortiq 21 / 25 Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. B) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. C) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. 22 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. B) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. C) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. D) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. 23 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) chunki B) garchi C) ya’ni D) xullas 24 / 25 Ona qishloq, Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, yam-yashil bog‘- rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o‘ylaymiz. Ushbu gap…? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap; 5)qo‘shma gap. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4 25 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) saxiylik, tantilik B) iroda, qat’iyat C) g‘urur, shuur D) malomat, gina 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz