Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3571 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 36 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " B) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". D) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " 2 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Chiroylidir go‘yo yosh kelin D) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q 3 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tantiq – saxiy B) chiroyli – suluv C) husn - go‘zal D) ozodlik – mustaqillik 4 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 5 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) iymon va ilm B) odob va iymon C) tavoze va hayo D) adolat va ilm 6 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 1ta B) 4ta C) 2ta D) 3ta 7 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) shart, payt B) qiyos, shart C) sabab, payt D) maqsad, sabab 8 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi B) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi C) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb D) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik 9 / 25 Bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir D) Chiroylidir go‘yo yosh kelin 10 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) ega ergash gap B) aniqlovchi ergash gap C) to‘ldiruvchi ergash gap D) kesim ergash gap 11 / 25 Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? A) tovush B) sado C) un D) sas 12 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 8 B) 7 C) 5 D) 6 13 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. C) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. D) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. 14 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yaqub B) Yusuf C) Muso D) Iso 15 / 25 Bulbul gulzorni izlar, boyo‘g’li esa hamisha vayronani ko‘zlardi. Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi turkumlarga mansub? A) ot, sifat B) sifat, fe’l C) ot, sifat, fe’l D) ot, fe’l 16 / 25 Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) keldida, bolayu B) milyard, artileriya C) sog‘gach, bargga D) 10-sinf, XXI-asr 17 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda B) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. C) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. D) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. 18 / 25 Oybekning xotirlashicha, uning birinchi she’ri qaysi gazetada nashr ettirilgan edi? A) Tong shu’lasi B) Tong yulduzi C) Sharq yulduzi D) Tong nafasi 19 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. B) to‘ldiruvchi, kesim C) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 20 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 16 dan ortiq B) 20 dan ortiq C) 30dan ortiq D) 30ga yaqin 21 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 7 ta 22 / 25 Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Misralardagi badiiy san’atni aniqlang? A) ishtiqoq, tadrij B) mubolag’a, tazod C) ishtiqoq, tazod D) tazod, tashbeh 23 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 2ta B) 3ta C) 7ta D) 4ta 24 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) shayx B) murid C) eshon D) murshid 25 / 25 «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi qaday bo‘yoqni yuzaga chiqaradi? A) salbiy bo‘yoq B) uslubiy bo‘yoq C) funksional bo‘yoq D) emotsional-ekspressiv bo‘yoq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6