Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 582 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) muhokama matn B) rivoyat matn C) hikoya matn D) tasviriy matn 2 / 54 Dehqonchilikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3 3 / 54 Qaysi gapda holat fe’li ishtirok etgan? A) Ojizgina vizillagan toviish eshitildi. B) Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. C) Bir bo‘lakyog‘och parchasini pichoq bilan yo‘ndi. D) Mehnat baxt keltiradi. 4 / 54 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi B) Mehnat baxt keltiradi C) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda D) Asta –sekin tong yorisha boshladi 5 / 54 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . B) O’qish,o’rganish—hammaning burchi C) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash D) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . 6 / 54 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Ichkaridan muzika ovozi eshitilib turardi. B) Teparoqda sarvqomat bir terak qarsillab sinib tushdi. C) Alisher mehmonxonaga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. D) Tirnoqqa zor bo’lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi. 7 / 54 U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ... A) davomiylik B) tez va oson C) to’la yakunlanish D) bajarishga imkoniyat 8 / 54 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) A va B. B) shart C) xabar mayli D) buyruq-istak 9 / 54 Qaysi gapdagi fe'l shaklan birinchi shaxsni, mazmiman ikkinchi shaxsni ifodalagan? A) Bu borada kamina azr so'raydi, B) Ishi o'ngidan kelarmikan, deb o'ylanib qoladi kishi. C) Qani, bolalar, yozamiz. D) Shunaqa narsa bilan hazi! qiladimi odam? 10 / 54 Shu sevinch, ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, dadillik baxsh etgandek bo’ldi. Ushbu gapda mavhum otlar sonini aniq1ang. A) 3 B) 4 C) 6 D) 5 11 / 54 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) kuchaytirish va takid. B) jamlik va to’da C) hil, nav, mo’llik. D) grammatik ko’plik. 12 / 54 Sifatning orttirma darajasi qanday yo’llar bilan hosil bo’ladi? A) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal, biroz, xiyla so’zlarini keltirish orqali. B) A, B C) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g’oyat, juda kabi so’zlar keltirish orqali D) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanish orqali 13 / 54 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) hid bildiruvchi B) shakl ko’rinish bildiruvchi C) holat bildiruvchi D) rang-tus bildiruvchi 14 / 54 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) chama . B) miqdor. C) tartib. D) jamlovchi. 15 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. B) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. C) Uchovi qabulxonaga kirishdi. D) Har birimiz bittadan kitob oldik. 16 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) A, B , C B) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. C) Ikki yorti-bir butun. D) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. 17 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi. B) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to’rttasi bor. C) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. D) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. 18 / 54 Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi? A) sifatlarga B) ravishlarga C) otlarga D) olmoshlarga 19 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi ? A) son ,sanoq sonlar B) gumon olmoshi bilan C) otlar bilan D) sifatlar ,asosan yasama sifatlar 20 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) masofa B) butunning bo’lagi C) og’irlik o’lchovi D) predmetni yakkalab hisoblash 21 / 54 Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) chama son B) sonoq son C) kasr son D) taqsim son 22 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 1,2,6 B) 2,5,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,5,6 23 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) tartib sonlar B) kasr sonlar C) jamlovchi sonlar D) miqdor sonlar 24 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) birov. B) g’alati. C) teng. D) boshqa. 25 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) tartib son B) kasr son C) hisob so’zlari D) taqsim son 26 / 54 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) beshtadan , uchovlon ,yuztacha B) uchdan biri , yarimta , nimchorak C) gektar , tanob , qop D) minglab ,minglarcha,o’nlab 27 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) tartibni. B) aniq miqdorni. C) noaniqlik ma'nosini. D) narsaning turini. 28 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) teng. B) birov. C) g’alati. D) boshqa. 29 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 3,4,5 D) 2,3,4 30 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Yoniga yarimta nonni tiqib, yo’lga otlandi. B) Shu yerda o’n besh minut turamiz. C) Beshovlon birdan xoxolab yubordik. D) U uchalasiga rosa sinchiklab tikildi. 31 / 54 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay B) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. C) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. D) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi 32 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. B) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. C) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. D) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. 33 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. B) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. C) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. D) Uchovimizning maqsadimiz bir. 34 / 54 O’lchov so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang A) O’lchov so’zlarning ayrimlari alohida olinganda predmet nomini,matn ichida esa o’lchov birligi ma’nosini bildiradi B) O’lchov birliklarining ayrimlari o’lchanayotgan sanalayotgan predmetlarning qandayligiga xoslangan bo’ladi C) O’lchov so’zlar sanalayotganpredmetdan keyin keladi D) Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o’rtasida qo’llanadigan o’lchov birliklariga o’lchov so’z deyiladi 35 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) Shahargacha hali uch chaqirim bor B) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor C) To’rt yashik xurmo terishdi . D) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi 36 / 54 Butunning bo’lagini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping A) nafar, bosh , nusxa B) siqim , to’da , botmon C) chaqmoq , luqma , shingil D) dasta ,shoda , bog’ 37 / 54 Qachon tartib sonlardan keyin chiziqcha qo’yiladi? A) A, C B) arab raqami bilan yozilganda C) rim raqamlari bilan ifodalanganda D) so’zlar bilan ifodalanganda 38 / 54 Qaysi qatorda taqsim son hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan. A) -tacha. B) -ov C) -tadan. D) -ovlon. 39 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) -lab. B) -larcha. C) –lar D) -(i)nchi. 40 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) sanoq son B) chama son C) kasr son D) jamlovchi son 41 / 54 Taqsim son qanday hosil bo’ladi. A) Hisob so’zlardan keyin -dan qo’shimchasini keltirish orqali. B) .A, С C) Ikki sonni juftlash orqali. D) dona sonni takrorlash orqali. 42 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) sanoq son B) dona son C) chama son D) jamlovchi son 43 / 54 1 Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi? 1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 2,3 D) 1,4 44 / 54 Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud? A) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi. B) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q. C) Cho’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. D) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. 45 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz B) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi C) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi D) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi 46 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan B) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik C) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin D) Shaharda bitta doktorxona bor 47 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) beshovini B) yarmisini C) o’ntasiga D) yuztachasini 48 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) uchovlari, beshalangiz B) uchovi, to’rtovi C) ikkovimiz, to’rtalasi D) beshovim, ikkalam 49 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. B) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. C) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. D) Uchovimizning maqsadimiz bir. 50 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. B) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. C) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi D) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. 51 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) tinish belgisi qo’yilmaydi B) nuqtali vergul C) tire, vergul D) ikki nuqta 52 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 4,5 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 3 53 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. B) faqat oxirgi songa qo’shiladi C) birinchi songa qo’shiladi D) hamma songa qo’shiladi 54 / 54 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch B) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq C) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq D) burda, para, karch, chimdim, dasta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz