Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №14 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №14 InfoMaster Mart 31, 2022 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun B) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun C) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun D) Og’zaki nutqni o’stirish uchun 2 / 53 Tarkibida ikkita qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) pullashdi B) barcha so’zda uchta qo’shimcha mavjud C) odatlandi D) ishlashdi 3 / 53 Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? A) o’timsiz fe’llar B) o’timli fe’llar C) holat fe’llari D) harakat fe’llari 4 / 53 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Asta –sekin tong yorisha boshladi B) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi C) Mehnat baxt keltiradi D) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda 5 / 53 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar B) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan C) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar D) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar 6 / 53 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni anlqlang. A) -(i) b, -gach, -kacli, -di, -gan. B) -di, -gan, -(i)sh, -moq. C) -gach, -gani, -(i)b, -a, -y. D) -gan, -yotgan, -ar, -mas. 7 / 53 aqlid so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) illa, -ira B) -(a)y, -i, C) -la, -a D) -sa, -(a)r 8 / 53 O’tgan zamon fe’li qatnashgan gapni toping. A) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G’anini uyga yuboribdilar. B) Sen ko’rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so’nib borayapti . C) Daryoning suvi ko’paysa, baliqning chiqishi oson bo’ladi . D) Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman . 9 / 53 Xabar maylidagi fellarni ko’rsating . A) Olunguncha ,chiqdi ,o’qisin B) Yozmoqchi, kelyapdi, olmoqda C) Topilgan ,kelsa ,olingach. D) Ketgan, uxlayapdi, bajarmoqda . 10 / 53 Buyum narsa oti yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan qatorni toping. A) kiyim, kurak, qirg’ich, B) kovlagich, ko'rsatgich, mushuk. C) supurgi, qatiq, kiprik. D) tuzdon, karkidon, ochiq. 11 / 53 Faqat turdosh otlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) Ulug’ ,Suluv ,Dilbar ,Go’zal B) Juma ,Bahri ,Rayhon ,Nilufar C) Ortiq ,Quvonch , Xursand ,Vali D) Ergash ,Lobar , Gulchehra ,To’xtamurod 12 / 53 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, orttirma. B) sodda, qiyosiy, orttirma. C) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. D) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. 13 / 53 Qaysi gapda son qatnashgan? A) Momom yettinchi lampani tokchaga qo'yib, оЧчп sola boshladi. B) Biz ro‘yxatni birma-bir ko‘zdan kechirdik C) Salomatlik- tuman boylik. D) Bir u gapiradi, bir bu. 14 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik C) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan D) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . 15 / 53 Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi B) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik . C) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim D) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi . 16 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Bu xola yillab kutdi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 17 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi B) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi C) A,B D) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi 18 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar B) old qo‘shimchalar C) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar D) so‘z yasovchi qo‘shimchalar 19 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) miqdor. B) jamlovchi. C) tartib. D) chama. 20 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 4 B) 2,4 C) 1,2,3,4 D) 2 21 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) chama son B) sanoq son C) dona son D) taqsim son 22 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) chama son,taqsaim son B) miqdor son ,tartib son C) Hamma javoblar to'g'ri D) jamlovchi son ,dona son 23 / 53 Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. Ikkalangiz devoriy gazetaga maqola yozing. A) kasr B) jamlovchi C) tartib D) chama 24 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi B) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. C) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. D) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. 25 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan B) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan C) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan D) barcha egalik qo’shimchalari bilan 26 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. B) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. C) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. D) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. 27 / 53 Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi B) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi . C) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida. D) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. 28 / 53 O’zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlarning 50 dan ortiq turi, 1000 ga yaqin navi bor. Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) sanoq. B) jamlovchi. C) chama. D) kasr. 29 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. B) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. C) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. D) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. 30 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) tartib. C) miqdor. D) chama . 31 / 53 Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi . B) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman . C) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik . D) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi . 32 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) beshtadan, o’nta-o’ntadan. B) yuztacha, minglab. C) birinchi, yigirmanchi D) uchchov, beshovlon. 33 / 53 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) bosh B) yuqoridagilarning barchasi C) tup D) nafar 34 / 53 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. C) Menga ikki dona non bering. D) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . 35 / 53 U yoshi yetmishlarga borib qolgan dilkash chol edi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) miqdor. C) chama. D) tartib. 36 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi B) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor C) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi D) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi 37 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) Birga –birga sayr etaylik B) Ikkovining maqsadi bitta edi C) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi D) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi 38 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. B) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. C) Navoiy XV asrda yashagan. D) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. 39 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Bu xola yillab kutdi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 40 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) beshov, olti, oltitacha. B) o’nta , ikkita , uchta C) ikki-uch, uchtacha, uchta. D) besh, beshinchi, bitta. 41 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gapni toping. A) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman . B) U to’rni olib,baliq oviga yakka jo’nadi . C) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi . D) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim. 42 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -ov, -ala. B) -(i)nchi, -larcha. C) -ovlon, -lar. D) -lab, -lar. 43 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -ovlashib,-ov,-ala B) -ta,-tadan C) -larcha,-cha,-nchi D) –tacha,-lab,-larcha 44 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi B) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda C) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda D) jonli narsalarni donalab sanashda 45 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Yetti o'lchab bir kes B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 46 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) A, B, С B) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali C) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan D) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida 47 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, to’rt, yetti. B) ikki, uch, olti. C) ikki, besh, olti, yetti. D) ikki ,olti, yetti. 48 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) ko’plik ma’nosini B) tartib va miqdorni C) grammatik jamlikni D) taxmin ,chama ma’nosini 49 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) bosh, nafar B) barchasi to 'g 'ri. C) tup, litr D) litr. gramm 50 / 53 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) chama son B) dona son C) taqsim son D) jamlovchi son 51 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 1 shaxs birlik B) 2,3 shaxs birlik C) 1 shaxs ko’plik D) 2 shaxs ko’plik 52 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Ikkovlon yaxshi dam oldik B) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. C) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. D) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar 53 / 53 Jamlovchi son ishtirok etgan gap beritgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qishloqda turar edik D) Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz