Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №4 InfoMaster Mart 29, 2022 170 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №4 FE’L NISBATLARI ANIQ NISBAT O’ZLIK NISBATI MAJHUL NISBAT ORTTIRMA NISBAT ORTTIRMA NISBAT QO’SHIMCHALARNING ISHLATILISHI BIRGALIK NISBAT FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) rivoyat matn C) tasviriy matn D) muhokama matn 2 / 50 Asabiylashtirmoq so'zi tarkibidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping, A) 2ta B) 4ta C) 1ta D) 3ta 3 / 50 Harakat fe'llariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping. A) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar B) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar C) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakalni bildiruvchi fe 'llar D) A,B. 4 / 50 Qaysi so’zda so’z yasovchi qo’shimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin qo’shilgan? A) atroflicha B) eskicha C) o’zicha D) ko’nikma 5 / 50 Harakat fe'llarini aniqlang 1 qizardi 2 yashardi 3 chopdi 4 sug'ordi 5 qichqirdi 6 qimirladi 7 yugurdi A) 2,4,5 B) 1,3,4 C) 1,2 D) 3,4,5,6,7 6 / 50 Bajaruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli ... A) o’zlik nisbat B) orttirma nisbat C) majhul nisbat D) aniq nisbat 7 / 50 Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping A) Rustam shahmat to’garagiga yozildi B) Javoblarning barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo’llangan C) Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi D) Yerlarga don sepildi 8 / 50 Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi. B) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi. C) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. D) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. 9 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchalari berilgan qatorni toping. A) -ir, -ar, -iz B) -t, -ch, -im C) -sh(-ish), -l(-il) D) -sh(-ish), -n(-in) 10 / 50 Orttirma nisbat fe’llari berilgan qatorni aniqlang. A) aytmoq, tomchilamoq B) bitirmoq, ko’rsatmoq C) tasvirlamoq, ko’rilmoq D) anglamoq, asramoq 11 / 50 Qaysi nisbat shaklida bajaruvchilarning ko’p ekanligi anglashiladi ? A) aniq B) majhul C) o’zlik D) birgalik 12 / 50 Qaysi qatorda sof fe'lga misol keltirilgan? A) qaqragan cho' liar B) she'r yodlash C) uyga qayt D) yukni ortib 13 / 50 Sof fe'l shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 aniqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 4 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 1,2,3,4,5 14 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qo’llangan gapni toping A) Ofarin topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar B) Qurilishga zarur materiallar olib kelindi C) Bu savollarga bolalar turlicha javob berishdi D) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar 15 / 50 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) orttirma nisbat B) majhullik nisbat C) birgalik nisbat D) o’zlik nisbat 16 / 50 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi B) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi C) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi D) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi 17 / 50 Qaysi so‘zda orttirma nisbat qo‘shimchasi mavjud, lekin undabu nisbatga xos ma’no ifodalanmagan? A) ko‘rsatmoq B) o‘g‘irlatmoq C) surishtirmoq D) oqizmoq 18 / 50 -r yoki –y bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttiurma nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi ? A) –tir ,-dir B) –t ,-dir C) –t ,-tir ,-dir D) –dir 19 / 50 Felning orttirma nisbatini hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri bir bo’g’inli so’zlarga qo’shiladi ? A) –ar B) A,B,C C) –ir D) –iz 20 / 50 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi B) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi C) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik D) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi 21 / 50 Qaysi javobdagi fe’llardan o’zlik nisbati hosil bo’lmaydi ? A) termoq,taranmoq,quvonmoq B) minmoq ,kulmoq,yayramoq C) cho’milmoq ,surkalmoq ,o’ramoq D) kesmoq,kiymoq ,ko’rmoq 22 / 50 Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab. Yuqoridagi gapda fe'lning qanday vazifadosh shakllari ishtirok etgan? 1) sof fe'l; 2) harakat nomi; 3) sifatdosh; 4) ravishdosh. A) 1, 2, 3, 4 B) faqat 4 C) 1, 3, 4 D) 3, 4 23 / 50 Orttirma nisbat qaysi qatordagi gapda ishlatilgan ? A) Kampir hamma bilan so’rashib chiqdi. B) O’tgan yili mana shu dang’illama hovlini suv tekinga sottirib yubordi C) Sobir do’stini qutqarib qoldi D) O’tirganlar muammoni ko’rib chiqishdi 24 / 50 Xalqning sha’niga, ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqi yo’q. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri mavjud? A) sof fe’l, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh B) sof fe’l, harakat nomi C) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh D) sifatdosh, harakat nomi 25 / 50 O’zlik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan ? A) Majlis soat uchga belhilandi B) Mehmonlarga ovqat tayyorlandi C) Qishga saqlanadigan uzumlar shipga osildi D) Salimjon erkalanib dadasining elkasiga osildi 26 / 50 Birgalik nisbatidagi fe'llar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 1. U tog'asi bilan quyuq so'rashdi. 2. Mehmonlar kelib qolishdi. 3. Kelishgan yigit ekanmi? 4. Akam kvartiraga joylashdi. 5. Ishni tezda tugatdilar. A) 2, 4, 5 B) faqat 2 C) 1,3, 4 D) 2, 5 27 / 50 Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shakli yasalmaydi ? A) bor,uxla,qichqir ,yayra B) ket,tur,yop,kiy,maqta C) chop,yugur,tikla,kiy D) kel,yot ,och ,so’ra ,tashla 28 / 50 O’zlik nisbati shaklidagi fe’l qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) U soatiga qaradi ,besh yarim B) Feruza katta yo’lning toshlariga qoqilib ,idora binosiga yetib keldi C) Bir burchakda yoshlar gazeta va kitob o’qishadi D) …. texnika gektariga qarab bo’lib berildi 29 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi B) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi C) Bir pasda janjal boshlandi D) Uzoqdan suv ko’rindi 30 / 50 Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan? A) Paxtani toza terish o’z burchimizdir . B) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi . C) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan . D) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish 31 / 50 Birgalik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang. A) Do’stlarim men bilan xayrlashishdi, institutda bo’ladigan kechaga borolmasligimga achinishdi B) Ona mehri ilohiy, uni Yaratgan ato etgan C) Sog’lom odam tabiatning eng bebaho asaridir. D) Hayot uchun, tiriklik uchun yer, suv, havo, quyosh, nuri qanchalik kerak bo’lsa, insoniy mehr ham shunchalik zarurdir. 32 / 50 Birgalik nisbat shklidagi fe’llar qatorini belgilang A) tabriklamoq ,yozmoq,kelmoq B) gullatmoq ,bitirmoq ,yedirmoq C) terishmoq ,ekishmoq,kulishmoq D) kiyilmoq,taralmoq ,yuvilmoq 33 / 50 Quyidagi fe’llarning qaysisidan o’zlik nisbati yasalmaydi ? A) kavshamoq B) qiynamoq C) so’kmoq D) yayramoq 34 / 50 Fe’lning vazifa shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) O’z mustaqil ma’nolarini yo’qotib, yordamchi vazifada keladi . B) Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiradi . C) Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan bo’ladi . D) Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiradi. 35 / 50 O’zlik nisbatdan hosil bo’lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping A) yuvinishdi ,kiyinishdi B) yuvintir ,kiyintir C) o’zgartirildi ,ishlatildi D) keltir ,yozdir 36 / 50 Orttirma nisbat xosil qiluvchi - gaz, - kaz, - kaz qo’shimchalari o’tmoq fe’liga qay tarzda qo’shilishi mumkin? A) o’tgaz, o’tkaz, o’tqaz tarzida B) faqat o’tqaz tarzida C) o’tkaz, o’tqaz tarzida D) faqat o’tkaz tarzida 37 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Mehnat baxt keltiradi B) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi C) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda D) Asta –sekin tong yorisha boshladi 38 / 50 Qaysi javobda faqat orttirma nisbatdagi fe’llar berilgan? A) ko’rsatmoq,qaytarmoq,o’tkazmoq B) yozdirmoq,so’rattirmoq,ekishmoq C) pishirmoq,sug’ormoq,qiynalmoq D) oqizmoq, yuvinmoq,otilmoq 39 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang A) Avaz hazil qilab qutilishga urindi B) A’lo o’qishlar burchim ,sarf etilgan bor kuchim C) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta D) Salomlashmoq –odobning belgisi 40 / 50 Fe'Ining sifatdosh shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 abiqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 4 D) 1,2 41 / 50 Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi? A) ravishdosh B) harakat nomi C) sifatdosh D) shart mayli 42 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’llardan iborat qatorni toping A) ko’rindi,uxlatildi ,sotdi B) oqiz ,keltir ,ishlat C) ko’rsat,ishlandi,olindi D) taraldi,yuvildi,yozildi 43 / 50 .Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi B) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi . C) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda . D) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi . 44 / 50 Or – bu o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari mavjud? A) sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l B) sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, sof fe’l C) sifatdosh, harakat nomi, sof fe’l D) sifatdosh, harakat nomi 45 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Mix qoqildi B) Hovli orqali uyga kiriladi C) Ot qoqildi D) Odil ishdan bo’shatildi 46 / 50 yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat qay tarzda hosil qilinadi ? A) so’z asosi unli tovush bilan tugaganligi uchun –l qo’shimchasi qo’shish orqali B) so’z asosiga –il qo’shimchasi qo’shish orqali C) yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat yasalmaydi D) so’z asosi va majhul nisbat qo’shimchasi orasida –y tovushini orttirish orqali 47 / 50 Qaysi qatordagi fe’l birgalik nisbatdagi fe’lga mansub ekanligini aniqlang A) o’rtoqlashmoq B) hazillashmoq C) go’zallashmoq D) ishlashmoq 48 / 50 Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –t B) –tir,-dir,-giz ,-qiz ,-t C) -t,-g’iz D) –t,-dir 49 / 50 Qaysi nisbat shaklidan fe’llarning barcha nisbatlarni hosil qilishi mumkin ? A) orttirma B) majhul C) aniq D) o’zlik 50 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi qatorda qo’llangan? A) Ko’p o’tmay dalalarda ertangi karam nihollari yashnadi B) Ularga javob berilsin C) Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi D) Saida bir yigitga ashula ayttirdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz