On tili va adabiyot attestatsiya №9

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №9

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan?

2 / 40

Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon

3 / 40

G‘addor do‘st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ostiga chizilgan so`zning paronim juftining sinonimi qaysi gapda qo`llangan?

4 / 40

Qaysi so`zning asosi quyi keng unlilar va jarangli undoshlardan tashkil topgan?

5 / 40

Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta?

6 / 40

Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi qaysi masalda “yaxshilik qil suvg’a sol baliq bilur, baliq bilmasa xoliq bilur” deyilgan?

7 / 40

Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing, Quyoshday nur sochsin chashming-qarog’ing, Magar chinor bo’lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing. Ushbu satrlarda nechta tovush o’zgarish mavjud?

8 / 40

Uka, qo’zichoqni ushla. Mazkur gapdagi kesim vazifasidagi so’zning ma’nodoshiga shakldosh bo’la oladigan so’z qaysi javobda qatnashgan?

9 / 40

Millatning o`zligini tayin etadigan eng so`nggi va bebaho xazina - milliy g`urur ekani voqeaband yo`sinda aks ettirilgan “Eng so`nggi xazina” she`ri qaysi shoir qalamiga mansub?

10 / 40

Qaysi javobda yuklamaning ikki ma`no turi qatnashgan?

11 / 40

“Do`st ila dushman so`zining farqiga bor,
Fahm etar har kimki, o`lsa hushyor”.

Bayt quyida berilgan qaysi hikoyaga ilova qilingan?

12 / 40

Dunyoning ustunu - pul, pul topishqin, Meros – davlat demak, davlat pul demak”. Boylik haqida so`zlangan bu fikrlar qaysi asarda uchraydi?

13 / 40

Kechagi har bir gapingiz biz ishonib kelgan aqidalarga mos bo`ladi. Ushbu gapda tarkibidagi undoshlari hosil bo`lish o`rniga ko`ra umumiylik kasb etuvchi so`zlar nechta?

14 / 40

Berilgan parchada nechta yasama so`z qatnashgan? “Jang maydoni yigitlarga husn bag‘ishlaydi. Yigit uchun mardlik, qahramonlikdan o‘zga ulug‘roq, oliyroq bir fazilat bormi?” – dedi Navoiy.

15 / 40

Qaysi qatorda berilgan maqol fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?

16 / 40

“Raymando” balladasi muallifining birinchi romanini aniqlang?

17 / 40

Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matn tarkibidagi fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta?

18 / 40

“Shinni dog`i tekkan quroq dasturxon”, “ bo`shalgan sopol tovoq”, “bandi kuygan yog`och qoshiq”.  Salbiylikni ifodalashga xizmat qilgan bu sifatlar qaysi asarda ko`zda tashlanadi?

19 / 40

To`rtlikdagi urg`u olmaydigan qo`shimchalar miqdori? Xormisan yo gulmisan, Tojdormisan yo qulmisan, Chug‘zmisan, bulbulmisan, Nolon o‘zing, xushxon o‘zing…

20 / 40

Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan?

21 / 40

Shaytonning qamchisiday bu bepusht kimga kerak… (“Oq kema”) Ajratib ko`rsatilgan so`zda urg`u nechanchi bo`g`inda bo`ladi?

22 / 40

Jadvalda berilgan qaysi she`riy san`at(lar)ning ma`nosi notog`ri berilgan?

23 / 40

Qaysi gap tarkibidagi so`zlar faqat uch turkumga mansub?

24 / 40

Talabalar sevinganidan terisiga sig‘may ketdi. Ushbu gapda ishtirok etgan bo'laklarni aniqlang.

25 / 40

Hosil bo`lish o`rniga ko`ra boshqalaridan farq qiluvchi ovozdorlar guruhiga kiruvchi undosh tovush alifboda nechanchi o`rinda joylashgan?

26 / 40

Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Berilgan matnga mos bo`lmagan maqolni toping?

27 / 40

Berilgan so`zlarning qaysilarining paronim jufti mavjud? 1) jodu; 2) ariq; 3) ba’d; 4) adl; 5) artish; 6) tambur; 7) tib; 8) tarif;

28 / 40

Qaysi javobda ma’noli qismlari asos+lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha+so‘z yasovchi qo‘shimcha+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?

29 / 40

“Zarbulmasal”da Qul Muhammad Bahodirdan bo`lagini bilmaydigan obraz?

30 / 40

Qaysi qatordagi misollarda aldoqchi unli tovushlar berilgan?

31 / 40

Qaysi javobdagi gapda barcha so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?

32 / 40

Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab.

33 / 40

Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matnda qatnashgan so`z yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan?

34 / 40

Berilgan qaysi gapda undov, modal, taqlid so`zlarning barcha turiga mansub birliklar qo`llangan?

35 / 40

Qaysi qatorda harakat nomi shakli qo`llangan?

36 / 40

Qaysi javobda berilgan sifatlar belgini ta`kidlab, kuchaytirib ifodalagan?

37 / 40

Qaysi dostonning bosh qahramoni ikki gavhar donadan paydo bo`lgan?

38 / 40

Qaysi ijodkor Pushkin, Bayron kabi ulug` shoirlarni o`ziga muallim deb bilgan?

39 / 40

A. Avloniy she`rida aytilishicha, “milliy xayol” qayerda yoki kim (nima)da?

40 / 40

Zulfiya qalamiga mansub “ Haykal” she`rida nima non, suv, she`r va durga o`xshatilgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0