Tarbiya attestatsiya №4

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №4

2022-yil repetitsiya testlari.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Oʻzbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonuni eʼlon qilindi?

2 / 40

"Ilmga chanqoq bolaning kompaniya rahbariga aylanishi" qahramoni kim?

3 / 40

Amerikalik psixolog Jor Miller ''Millerning hamyoni'' deb nomlangan nazariya ishlab chiqdi va u keyinchalik u qanday atala boshlandi?

4 / 40

Inson faqat dastlabki qancha vaqt davomida diqqatini jamlab tura oladi?

5 / 40

Insoniyat tarixida bosma nashrlardagi eng birinchi yolg’on axborot nechanchi yilda e’lon qilingan?

6 / 40

Quyidagi fikr mualliflarini aniqlang. 1)Yaxshi do’st oynadir, unda kishining butun yaxshi va yomon tomonlari aks etadi. 2)Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi. …Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir. 3)Agar do’sting bilan teng ko’rsang baham, Shodlik teng ko’payar, teng bo’linar g’am. a)Abu Ali ibn Sino b)Kamol Xo’jandiy c)Erkin Vohidov

7 / 40

Odamlar quyidagi hollarda sinaladilar: Yigit – vada berganda, dehqon – xirmon ustida, savdogar – oʻlchov va hisobda, kambagʻal – sabr – qanoatda, davlatmand- saxovatda, davlati qoʻlidan ketgan odam nimada sinaladi?

8 / 40

 Har yili qaysi sana “Xalqaro doʻstlik kuni” sifatida keng nishonlanadi?

9 / 40

 Bugungi kunda mijozlarga masofadan turib xizmat koʻrsatuvchi, oʻz – oʻzini ish bilan taʼminlagan shaxs qanday nom bilan ataladi?

10 / 40

Darslikdagi Zahiriddin Muhammad Bobur, Chingiz Aytmatov, Leo Landau, Aleksandr Griboyedov va Sergey Mergelyanlarni umumiy bogʻlab turgan mavzu nomi toʻgʻri berilgan qatorni toping.

11 / 40

Markaziy Osiyoda IX–XII va XV asrlarda roʻy bergan ilm-fan, falsafa, adabiyot sohasidagi rivojlanish Yevropa Renessansiga katta taʼsir koʻrsatdi. Keltirilgan jumlani toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlang.

12 / 40

Muzokara olib borishdagi eng muhim sifat nima?

13 / 40

Navoiyning fikricha, inson maqomi qanday qoʻlga kiritiladi?

14 / 40

Mashhur faylasuf Sitseronning fikriga koʻra inson nimaga itoat qilishni oʻrganmogʻi lozim?

15 / 40

Oʻzbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining nechanchi bobida oilaning huquqiy asoslari belgilangan?

16 / 40

Sinergetik yondashuv pedagogga tarbiya jarayonini nochiziqli harakat sifatida tushunish, tarbiya tizimlari ochiqligini, ahamiyat kasb etuvchi tasodiflarni tan olish shartini qòyadi.

17 / 40

Insonning aytayotgan har bir soʻzi, xatti-harakatlari va ishlari uchun javob berishga qodirligi va tayyorligi deganda qaysi xislat nazarda tutiladi?

18 / 40

U XXI asrda axborot texnologiyalari sanoatining asoschilaridan biri, zamonaviy kompyuter va qoʻl telefonlarini rivojlantirgan tadbirkor edi. U 1974-yili video oʻyin va kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyada ish boshlagan. Tajribasini oshirib, 21 yoshida “Apple” korporatsiyasiga asos solgan. Ushbu shaxslardan qaysi biriga yuqoridagi fikrlar mos keladi?

19 / 40

 Saxovatpesha milliarder Alisher Usmonov tomonidan 2008 – yilda tuzgan xayr – saxovat tashkiloti qanday nomlanadi?

20 / 40

. Tarbiya fani konsepsiyasining ilmiy metodik asoslarini belgilang? 1. Oʻquvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; 2. ochiqlik va shaffoflik; 3. Konsepsiyaning samaradorligini monitoring qilish; 4. oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish komptentligini shakllantirish; 5. davlat taʼlim standartlari talablari asosida oʻquvchilar tomonidan odob-axloq, bilim, koʻnikma va malaka hamda kompetensiyalarning toʻliq oʻzlashtirilishiga erishish;

21 / 40

Quyidagi atamalarga mos kelgan ta’riflarni birlashtirib, to’g’ri javobni birlashtiring.

22 / 40

Missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga eʼtiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga oʻtkazishga qaratilgan shakli nima deb ataladi?

23 / 40

Insonlar bilan yaqinlasha olish, samarali oʻzaro munosabat oʻrnatish. Ushbu jumlalar insondagi qaysi qobiliyatga tegishli?

24 / 40

Mahallaning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining nechanchi moddasida belgilab qoʻyilgan?

25 / 40

Dress-kodning vazifasi nimadan iborat?

26 / 40

Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning fikricha nima Vatan sevgisi bilan uygʻun boʻlgandagina yuksak natijalar beradi?

27 / 40

Insonni Xudo yaratganini aytib, odamning butun hayoti va jismoniy tuzilishi geografik omillarga bogʻliq ekanini koʻrsatib oʻtgan allomani aniqlang?

28 / 40

. Berilgan javoblarda “Bagʻrikenglik” soʻzining maʼnosini toʻliq tushuntirib beradigan fikrlar qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan? 1. Bu soʻzning maʼnodoshi “tolerantlik” deyiladi; 2. Tinchlik va totuvlik sari muhim qadam; 3. Har qanday holatda ham chidash; 4. Oʻzgalar eʼtiqodiga sigʻinishga majbur boʻlish; 5. Oʻzgalarning fikr-gʻoyalari, eʼtiqodi, his-tuygʻulari, turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan sabr-toqatli boʻlish; 6. Ularni qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilish fazilatidir.

29 / 40

“Ixtirochilikning 10 foizi tasavvur boʻlsa, 90 foizi mashaqqatli mehnatdir”. Mashaqqatlarni yengib oʻtishga undovchi ushbu hikmatli soʻz muallifi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

30 / 40

Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi umumiy oʻrta taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya jarayoni oʻz ichiga ikki bosqichni qamrab olgan boʻlib, ular qaysilar?

31 / 40

“Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar”. Ushbu soʻzlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida belgilab qoʻyilgan?

32 / 40

 “SMART” texnologiyasi toʻgʻri joylashtirilgan qatorni toping.

33 / 40

 Yelim xaltalar batamom parchalanib yoʻq boʻlishi uchun necha yil kerak boʻladi?

34 / 40

Muarrix Xondamir Alisher Navoiy Xurosonda nechta rabot va nechta hovuz, nechta kòprik, bir qancha masjid-madrasa, tòĝon, ariq, hammom va boshqa maishiy binolar qurdirganini qayd etgan?

35 / 40

Ixtiyoriy, beminnat, begʻaraz, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs maʼnosini beradigan atama qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?

36 / 40

“Kintsugi” sanʼatining vazifasi nimadan iborat?

37 / 40

Mohiyat-eʼtibor bilan xayrixohlikni koʻrsatuvchi va hurmatni bildiruvchi odat qanday ataladi?

38 / 40

Abu Ali ibn Sino vafotidan oldin shogirdlariga: “Sizlarni  5 ta buyuk tabiblarga qoldirib ketyapman” degan. Bular qanday tabiblar?

39 / 40

Boshqarish sanʼati maʼnosini anglatuvchi yunoncha soʻzni toping.

40 / 40

Tarbiya fanini joriy qilishda qaysi xorijiy davlat tajribalari òrganiladi va tahlil qilinadi? 1. Yaponiya, Koreya, Buyuk Britaniya. 2. Fransiya va Rossiya. 3. Xitoy. 4. Germaniya. 5. Singapur.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0