Tarbiya attestatsiya №9

0%
3

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №9

2022-yil  7-8 aprelda viloyatlarda tushgan savollar 2-qism

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. 1977-yilga Quyosh tizimida kashf etilgan va Garvard markazida 2439-raqam bilan ro‘yxatga olingan kichik sayyoralardan biri kimning nomi bilan ataladi?

2 / 40

2. Agar siz juda uzoq vaqt eslab qolishingiz kerak bo‘lsa nechta bosqichda takrorlashingiz samarali bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

3 / 40

3. Tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud kelishmovchiliklarning mojaroga aylanishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, mojaroning tarqalishini cheklashga qaratilgan diplomatik harakatga nima deyiladi?

4 / 40

4. . U — quvvat, ich-ichingizda yuzaga kelgan kuch. U toʻgʻri yoʻnaltirilsa, yangi yutuqlar, tashabbuslar bunyod boʻladi. Agar undan notoʻgʻri foydalanilsa, buzgʻunchilik sodir boʻladi. U oshkor qilinmagan taqdirda qalbga tiriklayin koʻmilgan harakatga oʻxshaydi u bir kuni boʻy koʻrsatadi. Yaxshisi, bu harakatdan oqilona foydalanish kerak. Ushbu matnda insondagi qaysi tuygʻu haqida taʼrif berilgan?

5 / 40

5. . Islom dini ilm-fan, madaniyat va san’at ravnaqiga hech qachon to‘sqinlik qilmagan, hatto muayyan cheklovlar o‘rnatilganida ham yangi-yangi g‘oyalar va uslublar, san’atning o‘zgacha yo‘nalishlari rivojiga yo‘l ochib bergan. Alloh taolo bandalariga ko‘rish uchun ko‘z berdi, hid bilish uchun burun ato qildi, qo‘l berdi, oyoq berdi. Ko‘z ham, quloq ham dunyodagi ne’matlardan foydalanadi, quloqning rohati esa go‘zal ohanglarni, yaxshi suhbatlarni eshitishdadir, quloqning ne’mati yaxshi nag‘malar, yaxshi ashulalardir, shunday ekan, nima uchun biz musiqani harom deb hisoblaymiz?

6 / 40

6. A.Avloniy fikricha,har vaqt insonni xor qiluvchi illat qaysi?

7 / 40

7. Priss papirus qaysi yilda va qachon qayerdan kim topgan

8 / 40

8. . Mehmonnavozlik qadriyati: 1)taklif qilingan joyga boradi, lekin o‘zi hech kimni uyga taklif etmaydi; 2)mehmonga taklif etsalar boradi, o‘zi ham javoban mehmonga taklif etadi; 3)mehmonga ham bormaydi, o‘zi ham taklif etmaydi; 4)mehmonga bormaydilar, ammo o‘zlari taklif qilib, ziyofat beradilar. Yuqoridagi tasniflash kimga tegishli?

9 / 40

9. Ta'lim tarbiyaga qarshi turadigan kuchlar orasida eng xavfli bo’lgan illat nima?

10 / 40

10. Fikrni to’ldiring. Agar o’qisang-u, o’ylamasang chalkashib qolasan, o’ylasang-u o’qimasang ...... (Konfutsiy)

11 / 40

11. Insonni ma'naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon nima?

12 / 40

12. Qaysi alloma insonni jamiki jonzotlar gultoji deb atagan?

13 / 40

13. O’zining .... bilganda odam, O’zgalar .... so’zlamasdi ham. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.

14 / 40

14. Mashaqqat va sinovlarga qaramasdan muvaffaqiyatga erishish uchun oldinga borishga nima deyiladi?

15 / 40

15. Hozirgi kunda xristian missionerlarining diqqat e'tibori ....nomli hududga tushgan.

16 / 40

16. Sundar Pichai qaysi dasturlarda menejment bo’yicha mas'ul lavozimlarda ishlagan? 1). "Google Chrome" 2). "Chrome OS" 3). "Google Drive" 4). "Gmail" 5). "Google Maps"

17 / 40

17. Yaxshi odatlarni shakllantirishga qancha vaqt ketadi?

18 / 40

18. Etiket qoidalarini aniqlang. 1. Ayol va erkak kishi salomlashayotganda, birinchi ayol kishi qo’l uzatmasa, erkak qo’l uzatmaydi. 2. Ko’chada ayol kishi erkak kishining o’ng tomonida yuradi. 3. Transport vositasidan oldin erkak kishi tushadi. Chiqayotganda esa avval ayol kishi chiqadi. 4. Eskalatorga chiqqanda chap tomonda turing. O’ng tomon bo’sh qolsin. 5. Boshqa din vakillarining e'tiqodiga hurmat bilan munosabatda bo’ling.

19 / 40

19. "Pora faqat nohaqligu zolimlarga yordam berguvchidir". Pora haqida fikr bildirgan alloma kim?

20 / 40

20. Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham nimani óziga ep kórmaydi? (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

21 / 40

21. "Odam savdosiga qarshi kurash to’g’risida"gi Qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan?

22 / 40

22. 2019-yil qaysi san'at turi UNESCO nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga kiritildi?

23 / 40

23. Sen taqdiri azalni emas, avvalo o’zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urunma. Eng avvalo istaklaringni boshqara bil. Fikr muallifi kim?

24 / 40

24. Keys stady ma'nosi nima?

25 / 40

25. 4-sinf bitiruvchisiga qo’yiladigan malaka talablarini aniqlang.

26 / 40

26. Harvard olimlari aniqlashicha, odamning baxtiyorligiga nimalar salbiy tasir ko'rsatishini aniqlang.

27 / 40

27. An'ana - bu ....

28 / 40

28. "Mahallada duv-duv gap" filmi rejissori kim?

29 / 40

29. Diniy e'tiqodlarni sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda turilgan hollardagina yo’l qo’yiladi, deb qaysi Qonunda belgilangan?

30 / 40

30. Tomas Edisonga oid ma'lumotlarni aniqlang. 1). Uni "kashfiyotlar dahosi" deyishgan, Saboqni onasidan olgan. 2). Cho’g’lanma chiroq, fonografni yaratgan. 3). O’n yoshida uyining yerto’lasida labarotoriya ochgan. 4). Telefon va konetografni ixtiro qilgan. 5). G’ildirakni o’ylab topgan. 6). Mototsikl yasash orzusiga erishgan. 7). Bosma uskunani kashf etgan. 8). Tarjimonlik bilan shug’ullangan.

31 / 40

31. ... - shaxsning ijtimoiy sifati, bu o’z harakatlarining yoki harakatsizligining oqibatlarini tan olish, o’z harakatlariga javob berish qobiliyati.

32 / 40

32. Insonlarning xatti-harakatini ezgulik va yovuzlik, yaxshi yoki yomon oqibatga olib kelishi nuqtayi nazaridan tartibga solishga nima deyiladi?

33 / 40

33. Nima malomatni daf etish omili hisoblanadi?

34 / 40

34. Namoyish (demonstratsiya) metodini belgilang.

35 / 40

35. Naf yetkurmakka shior aylading, O'zinga ul nafni yor aylading. Naf’ing agar xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf’ o‘zungga ko’prak durur. Misralar muallifi kim?

36 / 40

36. Naqshbandiya tariqatida tarbiya usuli qaysi javobda to’g’ri berilgan?

37 / 40

37. Bu o‘z shaxsiy ish vaqtini boshqarish mahoratidir, bu faqatgina zarur ishlar ro‘yxatini tuzish emas, balki vaqt va yuklamani to‘g‘ri taqsimlash hamdir.

38 / 40

38. Alohni eslatadi, qiyomatda oxiratni eslatadigan kim?

39 / 40

39. O’qituvchining ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayoni nima?

40 / 40

40. Inson o'zining yaxshi odobi bilan baxt-saodatga erishishi mumkin, deb kim aytgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0