On tili va adabiyot attestatsiya №12

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang.

2 / 40

2. G‘addor do‘st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ostiga chizilgan so`zning paronim juftining sinonimi qaysi gapda qo`llangan?

3 / 40

3. Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan?

Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab.

4 / 40

4. Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang.

5 / 40

5. Qaysi qatorda kompozitsion usuldagi ot+ot shaklida yasalgan so’z berilgan?

6 / 40

6. Uka, qo’zichoqni ushla. Mazkur gapdagi kesim vazifasidagi so’zning ma’nodoshiga shakldosh bo’la oladigan so’z qaysi javobda qatnashgan?

7 / 40

7. Qaysi gapdagi eganing asosi fe`l bilan shakldosh bo`la oladi?

8 / 40

8. Berilgan qaysi gapda undov, modal, taqlid so`zlarning barcha turiga mansub birliklar qo`llangan?

9 / 40

9. Suluv qizlar burab qo‘yar sochini,
Mard yigit g‘animdan olar o‘chini.
Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan,
Menga aytgin yig‘laganing vajini! “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida ushbu parcha kimning tilidan kimga qarata aytilgan?

10 / 40

10. Yig’loqi bolani kaltaklab o’zgartrib bo’lar ekanmi? Berilgan gapda so’z yasovchilar qaysi turkumdagi so’zlarga qo’shilgan?

11 / 40

11. Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan?

12 / 40

12. Olmoshning faqat bir ma’noviy guruhiga mansub so‘ zlar qatnashgan javobni aniqlang.

13 / 40

13. Mashg‘uloti, kasbi-kori bilan bog‘liq qing‘ir ishlarga qo‘l urgan 46 ta shaxs illatlari qaysi asarda fosh etilgan?

14 / 40

14. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalarni ko‘rsating. 1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be-

15 / 40

15. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi morfemalar qatnashgan?

16 / 40

16. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishning qaysi turi asosida vujudga kelgan? Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon

17 / 40

17. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Ushbu mashhur bayt Alisher Navoiyning qaysi dostonida keltirilgan?

18 / 40

18. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nisbatan ko‘proq?

19 / 40

19. Qaysi hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati -johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettiriladi?

20 / 40

20. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan? Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar.

21 / 40

21. Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a, Bog ‘imda bu oqshom jonon о ‘ynasin. Gulday chiroyidan bo‘lay sadag'a, Ochilib-sochilib chunon o'ynasin. (Mirtemir) She’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar qatnashganligini aniqlang.

22 / 40

22. Qaysi ravish yasovchi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega ? 1) -lab; 2) -larcha; 3) -lay; 4) -siz; 5) -chasiga; 6) -ligicha.

23 / 40

23. "... maktabdan chiqarib olib, qizimga Ko'kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin". Xalq dostonlaridagi qaysi ota o‘z farzandi haqida shunday qayg‘urgan?

24 / 40

24. Inson tabiatning eng ongli farzandi, uning boyliklarini asrovchi eng oliy xilqat sanaladi, shu bilan birga, inson bu boyliklarni ayovsiz sarflovchi, tabiatni tanazzulga olib boruvchi xilqat ekanligini ham unutmaylik. Berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar sonini toping.

25 / 40

25. Inson o`z hayotidagi g`alabali onlardan shodlanadi, turli omadsizliklar va qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi. Berilgan gapdagi nechta yasama so`zning asosi sifat so`z turkumiga mansub?

26 / 40

26. Qaysi javobda keltirilgan gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

27 / 40

27. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan? 1)qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori); 2)bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog'lar (harakat); 3)terim (tananing tashqi qoplamasi) – terim (faoliyat-jarayon oti); 4)ko'zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat); 5)qaynatma (sho'rv- qaynatma (harakat inkori)

28 / 40

28. Uy eshigini ochsam, o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i sovuqdan qizarib kirib keldi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yo‘zilgan?

29 / 40

29. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping.

30 / 40

30. “Alpomish” dostonida poyga jarayonida kimlarning “Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog‘ cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi”, deya ta`riflangan.

31 / 40

31. Qaysi muborak zot: “Yetti yoshda Arslonboboga qildim salom, Haq Mustafo omonatin qildim in’om”, deya e’tirof etgan?

32 / 40

32. Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday fonetik hodisalar yuz berishi mumkin?

33 / 40

33. Quyidagi gapda qanday otlar ishtirok etgan? O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi. 1) shaxs nomi; 2) shaxs oti; 3) o‘rin-joy nomi; 4) o‘rin-joy oti; 5)narsa oti; 6) faoliyat-jarayon oti;

34 / 40

34. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi jarangsiz lab undosh tovush yoziladi? 1) ta...fiq; 2) ta...tish; 3) ta...sifnoma; 4) bata... sil; 5) ta...siya

35 / 40

35. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi?

36 / 40

36. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi otturkumiga mansub?

37 / 40

37. Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.

38 / 40

38. Qaysi gapda ham ot, ham sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan?

39 / 40

39. Qaysi qatorda asosi omonim, yasama, o‘timli fe’l berilgan?

40 / 40

40. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jami narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0