Biologiya attestatsiya №11

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №11

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Langust qaysi sinfga kiradi

2 / 40

2. Uchta belgisi boʻyicha farq qiladigan lekin ikkita belgisi boʻyicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi

3 / 40

3. Urug’kurtakli daraxtni toping?

4 / 40

4. Chuchuk suv gidrasidan farq qilib ildizog’iz ……?

5 / 40

5. Pomidor o’simligida poyaning baland, mevaning sharsimon bo’lishini boshqaruvchi genlar bir xromosomada va poyaning past bo’yli, meaning noksimon bo’lishini boshqaruvchi genlar esa boshqa xromosomada bo’ladi. Baland bo’yli, sharsimon mevali pomidor past bo’yli, noksimon mevali pomidor bilan chatishtirildi. Birinchi bo’g’in duragaylari baland bo’yli, sharsimon mevali bo’ldi. Olingan duragaylar past bo’yli, noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, duragaylarning 80 foizi boshlang’ich shakllariga o’xshash bo’ladi. Krossingover foizini aniqlang.

6 / 40

6. Suqsun, gaaga, gavial qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub 1) urg’ochisi geterogametali 2) orqa oyoqlariga parda tortilgan 3) yuragi 4 kamerali 4) issiqqonli organizmlar 5) sovuqqonli organizmlar

7 / 40

7. Aorta (I) va o’pka venasi (II) xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang 1- chap qorinchadan boshlanadi 2- o’pka kapillarlarining yig’ilishidan boshlanadi 3-yurakning o’ng qorinchasidan boshlanadi 4- karbonat angidridga to’yingan qon oqadi 5- kislorodga to’yingan qon oqadi 6-arteriyalari o’pka to’qimasini kislorod taminlaydi

8 / 40

8. Quyida berilgan qaysi o'simlik organlari shakli о'zgargan yerusti novda (a) va shakli o'zgargan barg (b) hisoblanadi? 1) tokning gajaklari; 2) atirgulning tikani; 3) do'lananing tikani; 4) kaktusning tikani; 5) zirkning tikani; 6) qulupnayning gajaklari; 7) bodring gajaklari; 8) no‘xat gajagi; 9) akatsiyaning tikani

9 / 40

9. Sutemizuvchilar sinfining barcha vakillariga mos keladigan belgilarni aniqlang. 1) diafragma; 2) ona qornida rivojlanish; 3)to‘rt kamerali yurak; 4) bolasini sut bilan boqishi; 5) o‘pka bilan nafas olishi; 6) qoziq tishning bo‘lishi; 7) jun qoplamining bo‘lishi

10 / 40

10. Quyi rasmda 13-tartib raqamda qaysi organ joylshganini aniqlang?

11 / 40

11. Oziq zanjiridagi 1,2,3,4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang

12 / 40

12. Odamda kretinizm kasalligining kelib chiqish sababini ko‘rsating.

13 / 40

13. Odam yuragining muskullarda paydo bo'ladigan o‘zgarishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati qanday ataladi?

14 / 40

14. Toshbaqaning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan xususiyatni belgilang.

15 / 40

15. Quyida berilganlardan chuchuk suv shillig'i haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1)qorinoyoqlilar sinfi, bo'g'imoyoqlilar tipiga. mansub; 2)yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 3)yuragi bo'lmacha va qorinchadan iborat, tananing orqa tomonida joylashgan; 4) yurak bo'lmachasiga arterial qon quyiladi; 5) ayirish organining bir uchi berk; 6) jigari hazm shirasi ishlab chiqaradi.

16 / 40

16. Sog‘lom odam tinch nafas chiqargandan so‘ng chuqur nafas chiqarganida yana 1500 ml havo chiqarish holati ... deb ataladi.

17 / 40

17. Odam chap qo’li venasidan oshqozonni davolash uchun yuborilgan dorining yo'nalishi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang. 1) kovak vena; 2) chap bo’lmacha; 3) o‘pka arteriyasi; 4) o‘ng bo’lmacha; 5) aorta va katta qon aylanish sistemasining arteriyalari; 6) o‘ng qorincha; 7) chap qorincha; 8) o'pka venasi

18 / 40

18. Quyidagilardan yo'sintoifa, ochiq urug‘lilar va yopiq urug`lilar bo‘limlari uchun umumiy belgilarni aniqlang. 1) murtak xaltaning mavjudligi; 2) jinsiy ko‘payishning ustunlik qilishi; 3) xlorofillning bo`lishi; 4) qo‘sh urug‘lanish; 5) tuxum hujayraning urug'kurtakdagi arxegoniyda yetilishi; 6) sellyulozadan iborat hujayra qobig‘i.

19 / 40

19. Odam organizmidagi nafas chiqarish jarayonida qisqaradigan (I) va qo’lni tirsakdan yozuvchi (II) muskullarni belgilang.

20 / 40

20. Quydagi rasmdan miya sopining qismlarini belgilang.

21 / 40

21. Churrak (a), ilvirs (b), bo‘g‘ma ilon (mansub sinflarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) faqat miyachasida burmalar mavjud; 2) miyachasida burmalar yo‘q; 3) bosh miya yarimsharlarida burmalar mavjud; 4) tuxumida sariqlik ko‘p; 5) tuxumini bosib yotadi; 6) embrion bachadonda rivojlanadi.

22 / 40

22. Santa-Gertruda va Zagorsk zotlari uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni belgilang. 1)ichagi anal teshigiga ochiladi: 2) tashqi quloq quloq suprasi va eshituv yo’liga ega; 3) tana o‘zgarishlar harorati doimiy; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub: 5) embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi; 6) yuragi to‘rt kamerali.

23 / 40

23. Odamning Odamning bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘iga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) tashqi kulrang qavati nerv hujayralaridan iborat; 2) o‘ng va chap yarimsharlarda hid bilish, eshitish, ko‘rish, chamalash va tuyg‘u markazlari joylashgan; 3) chakka qismida eshitishning oliy markazi joylashgan; 4) ensa qismida ko‘rishning oliy markazi joylashgan; 5) chap yarimsharda geometrik obrazlari aniqlash markazi joylashgan.

24 / 40

24. Shakli o‘zgargan ildiz ( a ) poya ( b ) barg ( c ) larga ega o‘simliklarni juftlab ko‘rsating. 1) topinambur; 2) karam; 3) piyoz; 4) lavlagi; 5) bodring; 6) burchoq; 7) do‘lana; 8) turp.

25 / 40

25. Gormonlar, ular ishlab chiqariladigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari jadvaldagi qaysi raqamlar qatorida muvofiq tarzda to‘g‘ri berilgan?

26 / 40

26. Achitqi zamburug‘lari nima bilan oziqlanadi (a) va oziqlanish jarayonida qanday birikmalar hosil bo‘ladi (b)?

27 / 40

27. Dala qirqbo‘g‘imining jinsiy bo‘g‘ini uchun mos keladigan javobni aniqlang.

28 / 40

28. Jadvaldagi 1, 2, 3, 4 tartib raqamlarining gorizontal qatorlarida prokariot, lishaynik va zamburug‘ vakillari haqida ma’lumotlar berilgan. Qaysi gorizontal qatordagi ma’lumotlar berilgan organizmlar uchun mutloq to‘g‘ri?

29 / 40

29. Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘iz; 2) laylak; 3) chigirtka; 4) o‘rgimchak; 5) kaltakesak; 6) o‘simlik.

30 / 40

30. Kamxastak va qarag‘ayga xos bo‘lgan umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) fitosenoz vakili; 2) murtak xalta; 3) urug‘; 4) fitofag; 5) urug‘kurtak; 6) tuguncha.

31 / 40

31. Odam ovqat hazm qilish sistemasida ishtirok etadigan tizimlarning faoliyati to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)simpatik nerv sistemasi; b) parasimpatik nerv sistemasi; qalqonsimon bez; gipofiz; 1)oshqozon bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2)buyrakda reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 3)ichak bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) ichak muskullari qisqarishini susaytiradi; 5) ichak muskullari qisqarishini kuchaytiradi.

32 / 40

32. Odam buvragining kalavasimon kanalchalarida qanday jarayonlar sodir bo’ladi?

33 / 40

33. Rasmda odam skeleti tasvirlangan. O'zaro harakatchan (a), yarim harakatchan (b), harakatsiz choksiz (va harakatsiz chok orqali ( birikadigan suyaklar to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

34 / 40

34. Sersut qoramol zotlarini aniqlang.

35 / 40

35. Ko’zning kamalak pardasidagi melanin pigmenti yetishmasligi (a) va to’r pardasidagi kolbachasimon hujayralarning funksiyasi buzilishi (b) natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni ko’rsating.

36 / 40

36. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. Odam yuragi chap qorinchasiga ...1)qon bo'lmachadan o'tadi; 2)qon yarim oysimon klapan orqali o'tadi; 3)arterial qon o'tadi; 4)venoz qon o'tadi; 5)qon vena tomiridan o'tadi; 6)uch tavaqali klapan orqali o'tadi; 7)ikki tavaqali klapan orqali o'tadi

37 / 40

37. Zoosenoz tarkibiga kiruvchi ko‘l baqasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1)eshituv organlari ichki va o‘rta quloqdan iborat; 2)ayirish organi ikkita tasmasimon buyrakdan iborat; 3)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 4)yurak qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5) qovoqsiz ko‘zlari yaqin masofadan yaxshi ko‘radi; 6) qovurg‘alarining bir uchi ko‘krak umurtqalariga, ikkinchi uchi to’sh suyagiga birikadi.

38 / 40

38. Zuhrasochning sporalari (a), funariyaning gametalari (b) qayerda yetiladi?

39 / 40

39. Bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati (1), gen mutatsiyasi (2) tiriklikning qaysi tuzilish darajasida sodir bo‘ladi?

40 / 40

40. O’simliklarnmg qaysi sistematik birlikka mansubligi to’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1)kanop: 2) saur: 3) porfira: 4) tobulg’i.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0