Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1004 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator deb e’lon qilingan? A) 11 yil B) 10 yil C) 8 yil D) 12 yil 2 / 25 Qayerda qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham o‘lim jazosi belgilagan (a), qayerda sudlov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilar edi? (b) A) a-Afina, b-Qo‘qon xonligi B) a-Afina, b-Xiva xonligi C) a-Afina, b-Buxoro amirligi D) a-Sparta, b-Xiva xonligi 3 / 25 Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. B) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash aytilgan. C) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. D) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan. 4 / 25 Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududlarini, bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlarini anglatuvchi atamani toping. A) irredentizm B) ekspansiya C) anneksiya D) demobilizatsiya 5 / 25 1831-1832-yillarda yozilgan asarni aniqlang? A) “Dili g‘aroyib” B) “Ajoyib ut-tabaqot” C) “Risola dar muaddili qamar” D) “Tarixi Rashidiy” 6 / 25 O‘rta Yunonistoning qismida tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil.avv. 2-ming yillikda Attikaning qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. A) janubi-g‘arbiy, sharqiy B) janubi-sharqiy, shimoliy C) janubi-sharqiy, g‘arbiy D) shimoli-sharqiy, g‘arbiy 7 / 25 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko‘ra imperator qanday huquqlarni o‘ziga saqlab qoldi? 1) parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; 2) vazirlarni lavozimiga tayinlash va chetlatish; 3) qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish; 4) qo‘shinlarning oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish; 5) soliqlar joriy etish; 6) urush e’lon qilish va sulh tuzish; 7) viloyat hokimlarini tayinlash A) 3, 5, 6, 7 B) 2, 4, 6, 7 C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6 8 / 25 Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Muzaffar B) Amir Haydar C) Abdulahad D) Doniyolbiy 9 / 25 Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping. A) Plateya jangi, Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari boshlandi. B) salavkiylar davlatiga asos solindi, Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng C) Xan imperiyasi quladi, Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi D) Zama jangi bo‘lib o‘tdi, Buyuk ipak yo‘li vujudga keldi 10 / 25 Toshkent shahrida Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan muhtasham haykalga qanday nom berilgan? A) “Matonat madhiyasi” B) “Hazrati inson” C) “Motamsaro ona” D) “Qahramon ona” 11 / 25 XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida sudlov, notarial ishlari, ta’lim muassasalarini kimlar boshqargan edi? A) Raislar B) Qozilar C) Ruhoniylar D) Muftiylar 12 / 25 Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang. A) mamlakatning asosiy viloyatlarini o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berilishi B) soliqlarning haddan ziyod oshirilishi C) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi D) qalmoqlar va jung‘orlar bilan kelishuvchilik siyosati 13 / 25 O‘rta asrlarda inkvizitsiya faoliyati, ayniqsa, qaysi o‘lkada keng tus olgan? A) Fransiya B) Polsha C) Italiya D) Ispaniya 14 / 25 Erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. A) «Sali haqiqati» B) «Dahshatli sud kitobi» C) «Buyuk ozodlik xartiyasi» D) «Rus haqiqati» 15 / 25 Quyidagi qaysi davlat mil.avv. II asrda barham topgan? A) Qang‘ B) Dovon C) Yunon-Baqtriya D) Kushon 16 / 25 Quyidagilardan qaysi biri Rimdagi Xalq majlisi vakolatlariga kirmaydi? A) Sulh tuzish B) Barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlash C) Armiyaga, inshootlarga mablag‘ ajratish D) Yangi qonunlarni tasdiqlash 17 / 25 Qachon BMT rahnamoligida Orol bo‘yi mintaqasi uchun maxsus jamg‘arma tuzildi? A) 2018-yil B) 2001-yil C) 2000-yil D) 2021-yil 18 / 25 “Temur tuzuklari”ga muvofiq, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa yoki mamlakatni olsa unga nimalar hadya etilgan? A) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi B) biron sarhadning noibligi C) Tug‘, nog‘ora va bahodirlik martabasi D) barcha javob to‘g‘ri 19 / 25 d’E qal’asi joylashgan hudud uchun kimlar kurashgan edi? A) Filipp IV va Ioann B) Vilgelm I va Ioann Sahiy C) Filipp IV va Bonifatsiy VII D) Filipp II va Ioann 20 / 25 “Temur tuzuklari”da qilich chopishda o‘zini ko‘rsatgan bahodirlarni, birinchi marotaba bo‘lsa qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Amir B) O‘nboshi C) Yuzboshi D) Mingboshi 21 / 25 XIII-XIV asrlarda Fransiyaning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan hudud qaysi edi? A) Parij B) Normandiya C) Flandriya D) Tuluza 22 / 25 “G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. A) Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon B) Mulla Ali qori Qunduziy C) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy D) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy 23 / 25 Qaysi davlatda parlament Kortes deb atalgan? A) Gruziyada B) Italiyada C) Ispaniyada D) Irlandiyada 24 / 25 “Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat bo‘lib aynan ikkinchi qismida nimalar bayon etilgan? A) Jahongirning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand nasihatlaridan iborat B) Amir Temurning yetti yoshi (1342-yil) dan to vafotiga (1405-yil, 18-fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati C) Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi D) Feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish 25 / 25 Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang. A) Imom al-Buxoriy B) Abu Mansur al-Moturidiy C) Burhoniddin al-Marg‘inoniy D) Mahmud az-Zamaxshariy 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6