Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 298 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 4 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Surinam, Peru B) Venesuela, Kolumbiya C) Boliviya, Paragvay D) Argentina, Gayana 2 / 25 Kongo daryosi havzasining bir qismi va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida yil davomida qanday havo massalari hukmronlik qiladi? A) kontinental B) ekvatorial C) tropik D) mo‘tadil 3 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –8,54°C, 127,5 mm Hg B) –9,5°C, 158,5 mm Hg C) –10,5°C, 176,5 mm Hg D) –11,37°C, 167,5 mm Hg 4 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Nyasa B) Tanganika C) Katta Ayiq D) Baykal 5 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +15°C B) +13°C C) +19°C D) +12°C 6 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) yonbag‘ir ekspozitsiyasi B) sektorlik C) balandlik mintaqalanishi D) geografik o‘rin 7 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga B) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga C) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga D) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga 8 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ozon qatlamini yemiradigan “freon” gazlarining tarkibiga kirmaydi? A) ftor B) xlor C) uglerod D) vodorod 9 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismida qanday tabiat zonalari shakllangan? 1. sernam ekvatorial o‘rmonlar; 2. preriyalar; 3. subekvatorial o‘rmonlar; 4. savannalar; 5. ignabargli o‘rmonlar; 6. dasht; 7.chalacho‘l va cho‘l; 8. o‘rmon-dasht; 9. aralash o‘rmonlar. A) 2, 4, 5, 7, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 6, 9 D) 1, 3, 4, 6, 7, 9 10 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 1706 m B) 2031 m C) 2318 m D) 1840 m 11 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi B) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi C) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi D) qalqish hodisasi 12 / 25 Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya B) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa C) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi D) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar 13 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) yura B) toshko‘mir C) devon D) silur 14 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) suv osti tog‘ tizmasi B) port shaharlar C) dengiz sayozligi D) okean botiqlari 15 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) vulqonlarning otilishi B) relyefning notekisligi C) doimiy shamollarning esishi D) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi 16 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2188,2 m B) 2182,8 m C) 2281,8 m D) 2818,2 m 17 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Yangiyo‘l va Marg‘ilon B) Buxoro va Samarqand C) Farg‘ona va Navoiy D) Andijon va Nukus 18 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 19 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) tog‘lar va pasttekisliklarda B) tog‘lar va platolarda C) daryo havzalarida va botiqlarda D) cho‘kmalar va pasttekisliklarda 20 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) subekvatorial o‘rmonlar zonasida B) tundra va o‘rmon tundra zonasida C) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida D) o‘rmon-dasht va dasht zonasida 21 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 20-50 va 200-300 B) 50-60 va 100-200 C) 35-40 va 70-80 D) 60-70 va 100-150 22 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Jizzax B) Urganch C) Chirchiq D) Olmaliq 23 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) abiiy ko‘payish B) reurbanizatsiya C) depopulyatsiya D) mexanik ko‘payish 24 / 25 Xo‘jakent GESi qaysi daryoda qurilgan? A) Amudaryo B) Qashqadaryo C) Chirchiq D) Sirdaryo 25 / 25 Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri uchun qanday iqlim xos? A) subekvatorial B) mo‘tadil C) tropik D) subtropik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6