Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 919 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Viktoriya, B-Yamayka B) A-Baffin Yeri, B-Kuba C) A-Grenlandiya, B-Gaiti D) A-Banks, B-Kuba 2 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) +11°C B) -11°C C) -9°C D) +9°C 3 / 25 Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi? A) qoplon, qor barsi, ayiq, jayron B) qor barsi, tog‘ bug‘usi, jayron, qo‘ng‘ir ayiq C) hisor yo‘lbarsi, tog‘ jayroni, xongul, bo‘ri D) turkiston silovsini, qor qoploni, tog‘ echkisi, kiyik 4 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) yuzalama eroziya B) suffoziya C) deflyatsiya D) irrigatsiya eroziyasi 5 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Xitoy B) Turkmaniston C) Rossiya D) Braziliya 6 / 25 Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Indoneziya B) Malayziya C) Yaponiya D) Singapur 7 / 25 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) To‘raqo‘rg‘on va Uychi B) Pop va Chust C) Namangan va Kosonsoy D) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy 8 / 25 Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida Hind okeani qanday nom bilan atalgan? A) Efiopiya okeani va Sharqiy dengiz B) Fors ko‘li va Qulzum dengizi C) G‘arbiy okean va Hindiston dengizi D) Eritreya dengizi va Hindiston dengizi 9 / 25 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Deltalarning o‘rta qismlarini B) Qirlar, adirlar va platolarni C) Yuqori allyuvial terrasalarni D) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini 10 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Qarnobcho'l B) Qizilqum cho‘li C) Qurama tizmasi D) Bobotog‘ tizmasi 11 / 25 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy B) Parkentsoy, Oqtoshsoy C) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy D) Qoronqulsoy, Glavasoy 12 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi? A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 13 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 6000 m va 4500 m B) 4500 m va 3000 m C) 6500 m va 8500 m D) 6000 m va 9000 m 14 / 25 22-dekabrda Quyosh qaysi nuqtada zenitda bo‘ladi? A) qutblarda B) shimoliy tropikda C) janubiy tropikda D) ekvatorda 15 / 25 Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Volga, Lena, Don, Ob B) Reyn, Rona, Adije, Drava C) Rona, Yenisey, Oder, Olt D) Yenisey, Lena, Ob, Volga 16 / 25 Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan? A) Mirzacho‘l B) Janubiy C) Farg‘ona D) Zarafshon 17 / 25 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Meksika B) Gonduras C) Nikaragua D) Gvatemala 18 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2978 m B) 27,88 km C) 2,788 km D) 2978,9 km 19 / 25 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi B) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi C) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi D) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi 20 / 25 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 6,48° va 7919,82 km B) 64,8° va 7919,82 km C) 64,8° va 7199,28 km D) 68,4° va 9719,28 km 21 / 25 Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi? A) 2 m B) 5 m C) 3 m D) 1 m 22 / 25 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Germaniya B) Turkiya C) Bolgariya D) Italiya 23 / 25 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Chotqol tizmasi B) Bo‘kantov tizmasi C) Zarafshon tizmasi D) Turkiston tizmasi 24 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Pistalitog‘ B) Chaqchar C) Klif-Sherobod D) Bobotog‘ 25 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Qirg‘iziston B) Xitoy C) Afg‘oniston D) Eron 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6