Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 332 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Urganch B) Olmaliq C) Jizzax D) Chirchiq 2 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga B) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga C) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga D) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga 3 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ozon qatlamini yemiradigan “freon” gazlarining tarkibiga kirmaydi? A) xlor B) vodorod C) uglerod D) ftor 4 / 25 Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri uchun qanday iqlim xos? A) subtropik B) mo‘tadil C) subekvatorial D) tropik 5 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) subekvatorial o‘rmonlar zonasida B) o‘rmon-dasht va dasht zonasida C) tundra va o‘rmon tundra zonasida D) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida 6 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 2031 m B) 2318 m C) 1706 m D) 1840 m 7 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +13°C B) +12°C C) +15°C D) +19°C 8 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Katta Ayiq B) Baykal C) Nyasa D) Tanganika 9 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) yura B) toshko‘mir C) silur D) devon 10 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –11,37°C, 167,5 mm Hg B) –8,54°C, 127,5 mm Hg C) –9,5°C, 158,5 mm Hg D) –10,5°C, 176,5 mm Hg 11 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) tog‘lar va pasttekisliklarda B) daryo havzalarida va botiqlarda C) tog‘lar va platolarda D) cho‘kmalar va pasttekisliklarda 12 / 25 Kongo daryosi havzasining bir qismi va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida yil davomida qanday havo massalari hukmronlik qiladi? A) tropik B) kontinental C) mo‘tadil D) ekvatorial 13 / 25 Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi B) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa C) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya D) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar 14 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi B) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi C) qalqish hodisasi D) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi 15 / 25 Deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlar landshaftning qaysi birligiga mos keladi? A) urochishe B) fatsiya C) joy D) provinsiya 16 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) suv osti tog‘ tizmasi B) port shaharlar C) dengiz sayozligi D) okean botiqlari 17 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) doimiy shamollarning esishi B) relyefning notekisligi C) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi D) vulqonlarning otilishi 18 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Boliviya, Paragvay B) Surinam, Peru C) Venesuela, Kolumbiya D) Argentina, Gayana 19 / 25 Shamolning tezligi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) Barometr B) Fluger C) Termometr D) Anemometr 20 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2818,2 m B) 2281,8 m C) 2188,2 m D) 2182,8 m 21 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 22 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) reurbanizatsiya B) abiiy ko‘payish C) mexanik ko‘payish D) depopulyatsiya 23 / 25 Xo‘jakent GESi qaysi daryoda qurilgan? A) Sirdaryo B) Amudaryo C) Chirchiq D) Qashqadaryo 24 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) yura B) prem C) silur D) kembriy 25 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) geografik o‘rin B) yonbag‘ir ekspozitsiyasi C) balandlik mintaqalanishi D) sektorlik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6