Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 369 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda bunyod etilgan? A) Namangan B) Toshkent C) Bekobod D) Samarqand 2 / 25 Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) astenosfera B) landshaft C) vulqon D) relyef 3 / 25 65 mln. yil avval Gondvanadan qaysi materiklar ajralib chiqqan? 1. Afrika; 2. Shimoliy Amerika; 3. Avstraliya; 4. Antarktida; 5. Yevrosiyo; 6. Janubiy Amerika A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 3, 4, 6 4 / 25 Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) kontinental havo B) havo harakati C) dengiz havosi D) havo massalari 5 / 25 Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Qozog‘iston va Qirg‘iziston B) Tojikiston va Qozog‘iston C) Tojikiston va Qirg‘iziston D) Turkmaniston va Afg‘oniston 6 / 25 To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Chalacho‘l B) Adir C) Dasht D) Cho‘l 7 / 25 Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) fluger B) barometr C) anemometr D) termometr 8 / 25 Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) suvning harorati bilan B) tarkibidagi moddalari bilan C) chuqurligi va maydoni bilan D) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan 9 / 25 Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Jigarrang okean loyqasi B) Akkumulyativ yotqiziqlar C) Terrigen yotqiziqlar D) Qizil tusli okean gili 10 / 25 Quyidagi shaharlardan qaysilari qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda barpo etilgan? 1) Yangiyer; 2) Navoiy; 3) Angren; 4) Guliston; 5) Uchquduq; 6) Shirin. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6 11 / 25 Atlantika, Tinch, Hind, Shimoliy Muz okeaniga tegishli bo‘lgan dengizlar (mos ravishda) qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) Yava, Fidji, Kara, Hamdo‘stlik B) Liguriy, Koro, Dyurvill, Sharqiy Sibir C) Krit, Ueddell, Timor, Deyvis D) Irlandiya, Skotia, Flores, Oq 12 / 25 Quyidagi rasmda 3 raqami bilan vulqonning qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) ulqon kanali B) vulqon o‘chog‘i C) krater D) lava 13 / 25 Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Chirchiq B) Piskom C) Sirdaryo D) Zarafshon 14 / 25 Rasmda ko‘rsatilgan shamol turini aniqlang. A) Musson B) Fyon C) Briz D) Passat 15 / 25 Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 50% B) 30% C) 70% D) 80% 16 / 25 Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 6 B) 2 C) 5 D) 3 17 / 25 X asrning oxirida Shimoliy Amerika materigining shimoli-sharqiy qismini va Grenlandiya orolini kim o‘rgandi? A) Erik Rauda B) G. Gudzon C) Jon Kabot D) A. Makkenzi 18 / 25 Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan? A) Qashqadaryo va Buxoro B) Buxoro va Navoiy C) Navoiy va Qashqadaryo D) Surxondaryo va Qashqadaryo 19 / 25 Nosir Xisravning sayohat yo‘li xarit-sxemasida O‘rta dengiz qanday nom bilan ko‘rsatilgan? A) Qulzum dengizi B) Abiskun dengizi C) Rum dengizi D) Fors ko‘li 20 / 25 Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod B) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq C) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent D) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq 21 / 25 Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Sardoba, Yerjar, Sangzor B) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod C) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak D) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut 22 / 25 Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Toshkent B) Quyi Amudaryo C) Mirzacho‘l D) Farg‘ona 23 / 25 Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Volga B) Niger C) Missisipi D) Karuna 24 / 25 Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) teng maydonli B) azimutli C) silindrsimon D) konussimon 25 / 25 Qoradaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? A) Aravansoy va Oqbura B) Yassi va Ko‘gart C) Oqsuv va Tanxoz D) Tor va Qora G‘ulja 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6