Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 825 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 5 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) Sog’inch B) Alloh C) oy D) quyosh 2 / 25 “Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) Qaysarlik qilgan B) Bilib bilmaganga olgan C) Mag’rurlangan D) Ko’rmay qolgan 3 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) iroda, qat’iyat B) malomat, gina C) g‘urur, shuur D) saxiylik, tantilik 4 / 25 Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xotimasidan olingan ushbu parchada kimlarni ta’riflamoqda? A) Nizomiy va Dehlaviy B) Husayn Boyqaro va temuriylar C) Jomiy va Lutfiy D) Sa’diy va Farididdin Attor 5 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli. iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Ham ot kesim, ham fe’l kesim mavjud. B) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. C) Ham uyushiq bo‘lak, ham ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan. D) Egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. 6 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. B) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. C) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. D) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. 7 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) hasharot, yutinmoq, fojia B) hayriyat, burilmoq, mas’ud C) poyafzal, tomosha, tomoman D) tatqiqot, mabodo, tavsiya 8 / 25 Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh, G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. Ushbu ruboiydagi radifni aniqlang. A) g‘urbatda, mehnatda, albatta B) yod, shod C) kishi D) kishini, ko‘ngulni 9 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g B) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g C) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g D) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g 10 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. B) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. C) Jahl kelsa, aql ketadi. D) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. 11 / 25 Sifatning ma’nosiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Baqqol amaki yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. B) Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi. C) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. D) Bu bog‘lar ichida oq, havorang marmardan qurilgan chiroyli binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. 12 / 25 Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo‘lgandan so‘ng qanday nomlangan? A) “Hasht behisht” B) “Haft paykar” C) “Silsilat uz-zahab” D) “Haft avrang” 13 / 25 To‘rt narsani berdi menga oqillarcha o‘ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida qaysi turkumlarga oid so‘zlar yasalgan? A) ot, ravish, fe’l B) sifat, fe’l C) ot, sifat D) ot, sifat, fe’l 14 / 25 Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si qanday nom bilan mashhur bo‘lgan? A) “Xamsa” (“Beshlik”) B) “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) C) “Panj ganj” (“Besh xazina”) D) “Haft paykar” (“Yetti go'zal”) 15 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Saddi Iskandariy” B) “Layli va Majnun” C) “Farhod va Shirin” D) “Hayrat ul-abror” 16 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) qo‘shma gap B) darak gap C) sodda gap D) egasiz gap 17 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. B) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. C) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. D) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. 18 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) o‘rin-joy oti B) narsa oti C) shaxs oti D) faoliyat-jarayon oti 19 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. B) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. C) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. D) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. 20 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) – – , , , . B) : , , , , , . C) , , , , , . D) – , , , , . 21 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. B) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. C) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. D) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. 22 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. B) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. C) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. D) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. 23 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b B) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b C) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d D) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b 24 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …ayol B) …abash C) …alq D) …arita 25 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) xullas B) ya’ni C) garchi D) chunki 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6