Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 634 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Davron Xallos B) Sheruya Parviz C) Shopur D) Buzrug Ummid 2 / 25 Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bolishidan qat'iy nazar, doimo nechta qismdan iborat bo'ladi? A) Uch qismdan B) Ikki qismdan C) Kamida ikki qismdan D) Qismlar miqdori chegaralanmagan 3 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. B) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. D) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. 4 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. B) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. C) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. D) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. 5 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. B) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. C) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. D) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. 6 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) iroda, qat’iyat B) saxiylik, tantilik C) g‘urur, shuur D) malomat, gina 7 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) shartlarini qo‘yayotganda B) kurash paytida C) olti oyga muhlat so‘rayotganda D) tush ko‘rganda 8 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …alq B) …arita C) …ayol D) …abash 9 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Layli va Majnun” B) “Hayrat ul-abror” C) “Saddi Iskandariy” D) “Farhod va Shirin” 10 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) egasiz gap B) qo‘shma gap C) darak gap D) sodda gap 11 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. B) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. C) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. D) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. 12 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tatqiqot, mabodo, tavsiya B) hayriyat, burilmoq, mas’ud C) poyafzal, tomosha, tomoman D) hasharot, yutinmoq, fojia 13 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) garchi B) xullas C) ya’ni D) chunki 14 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) – – , , , . B) : , , , , , . C) , , , , , . D) – , , , , . 15 / 25 Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. B) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. C) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. D) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. 16 / 25 Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi badiiy san’atni yuzaga keltirmoqda. A) talmeh B) iyhom C) tajnis D) istiora 17 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) tog‘/olcha, beda/poya B) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l C) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ D) sotib/oldi, borib/keldi 18 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. B) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. C) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. D) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. 19 / 25 Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xotimasidan olingan ushbu parchada kimlarni ta’riflamoqda? A) Nizomiy va Dehlaviy B) Husayn Boyqaro va temuriylar C) Sa’diy va Farididdin Attor D) Jomiy va Lutfiy 20 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b B) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b C) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d D) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b 21 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g B) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g C) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g D) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g 22 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. B) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. C) Jahl kelsa, aql ketadi. D) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. 23 / 25 Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo‘lgandan so‘ng qanday nomlangan? A) “Haft avrang” B) “Hasht behisht” C) “Silsilat uz-zahab” D) “Haft paykar” 24 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq B) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq C) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq D) yigirmata zohid ibodatidan ortiq 25 / 25 Ona qishloq, Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, yam-yashil bog‘- rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o‘ylaymiz. Ushbu gap…? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap; 5)qo‘shma gap. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz