Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 527 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi B) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi C) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi D) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. 2 / 25 Ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarni toping. A) Odob ulug'lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. B) Odobli odam tabibga o'xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni quvadi. C) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. D) Kishida odob bo'lsa, ilm ham bo'lishi lozim. 3 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli. iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Ham ot kesim, ham fe’l kesim mavjud. B) Ham uyushiq bo‘lak, ham ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan. C) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. D) Egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. 4 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ B) tog‘/olcha, beda/poya C) sotib/oldi, borib/keldi D) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l 5 / 25 Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si qanday nom bilan mashhur bo‘lgan? A) “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) B) “Xamsa” (“Beshlik”) C) “Haft paykar” (“Yetti go'zal”) D) “Panj ganj” (“Besh xazina”) 6 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. B) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. C) Jahl kelsa, aql ketadi. D) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. 7 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) – , , , , . B) , , , , , . C) – – , , , . D) : , , , , , . 8 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) sodda gap B) darak gap C) egasiz gap D) qo‘shma gap 9 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) yigirmata zohid ibodatidan ortiq B) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq C) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq D) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq 10 / 25 Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. B) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. C) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. D) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. 11 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. B) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. C) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. D) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. 12 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Hayrat ul-abror” B) “Layli va Majnun” C) “Farhod va Shirin” D) “Saddi Iskandariy” 13 / 25 Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh, G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. Ushbu ruboiydagi radifni aniqlang. A) kishi B) kishini, ko‘ngulni C) g‘urbatda, mehnatda, albatta D) yod, shod 14 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) faoliyat-jarayon oti B) o‘rin-joy oti C) shaxs oti D) narsa oti 15 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. B) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. D) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. 16 / 25 Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xotimasidan olingan ushbu parchada kimlarni ta’riflamoqda? A) Sa’diy va Farididdin Attor B) Jomiy va Lutfiy C) Nizomiy va Dehlaviy D) Husayn Boyqaro va temuriylar 17 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g B) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g C) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g D) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g 18 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. B) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. C) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. D) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. 19 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) saxiylik, tantilik B) malomat, gina C) g‘urur, shuur D) iroda, qat’iyat 20 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) poyafzal, tomosha, tomoman B) hasharot, yutinmoq, fojia C) hayriyat, burilmoq, mas’ud D) tatqiqot, mabodo, tavsiya 21 / 25 Ona qishloq, Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, yam-yashil bog‘- rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o‘ylaymiz. Ushbu gap…? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap; 5)qo‘shma gap. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3 22 / 25 Sifatning ma’nosiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi. B) Baqqol amaki yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. C) Bu bog‘lar ichida oq, havorang marmardan qurilgan chiroyli binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. D) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. 23 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. B) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. C) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. D) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. 24 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …abash B) …ayol C) …alq D) …arita 25 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b B) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b C) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b D) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz