Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 729 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 5 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin B) ergash gapdan keyin keladi C) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi D) ergash gapdan oldin keladi 2 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. B) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. C) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. D) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. 3 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Jahl kelsa, aql ketadi. B) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. C) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. D) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 4 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) tog‘/olcha, beda/poya B) sotib/oldi, borib/keldi C) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l D) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ 5 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq B) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq C) yigirmata zohid ibodatidan ortiq D) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq 6 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) olti oyga muhlat so‘rayotganda B) shartlarini qo‘yayotganda C) tush ko‘rganda D) kurash paytida 7 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. B) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. C) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. D) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 8 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tatqiqot, mabodo, tavsiya B) poyafzal, tomosha, tomoman C) hasharot, yutinmoq, fojia D) hayriyat, burilmoq, mas’ud 9 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g B) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g C) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g D) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g 10 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-e, 3-f, 4-h, 5-d B) 1-e, 2-a, 3-f, 4-g, 5-b C) 1-e, 2-a, 3-f, 4-h, 5-b D) 1-i, 2-a, 3-h, 4-g, 5-b 11 / 25 Ona qishloq, Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, yam-yashil bog‘- rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o‘ylaymiz. Ushbu gap…? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap; 5)qo‘shma gap. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 5 12 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. B) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. C) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. D) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. 13 / 25 To‘rt narsani berdi menga oqillarcha o‘ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida qaysi turkumlarga oid so‘zlar yasalgan? A) sifat, fe’l B) ot, sifat, fe’l C) ot, sifat D) ot, ravish, fe’l 14 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Saddi Iskandariy” 15 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. B) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. C) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. D) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. 16 / 25 Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xotimasidan olingan ushbu parchada kimlarni ta’riflamoqda? A) Husayn Boyqaro va temuriylar B) Jomiy va Lutfiy C) Sa’diy va Farididdin Attor D) Nizomiy va Dehlaviy 17 / 25 Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si qanday nom bilan mashhur bo‘lgan? A) “Haft paykar” (“Yetti go'zal”) B) “Panj ganj” (“Besh xazina”) C) “Xamsa” (“Beshlik”) D) “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) 18 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) ya’ni B) chunki C) xullas D) garchi 19 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. B) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. C) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. D) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. 20 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) shaxs oti B) faoliyat-jarayon oti C) narsa oti D) o‘rin-joy oti 21 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. B) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. D) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. 22 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …ayol B) …alq C) …abash D) …arita 23 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) , , , , , . B) – – , , , . C) : , , , , , . D) – , , , , . 24 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli. iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. B) Egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. C) Ham uyushiq bo‘lak, ham ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan. D) Ham ot kesim, ham fe’l kesim mavjud. 25 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. B) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. C) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. D) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6