Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 634 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 1,2,4 B) 1,2,3,4,5. C) 1,3,5. D) 2.4 2 / 25 Yuklama vositasida bo’g’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir. B) Oy sekin-sekin havolanib terak bo’yi ko’tarildi-da, qimirlamay qoldi. C) Kitoblar inson tafakkirining javohirlarini yig’ib, avlodlarga meros qoldiradi. D) Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ikrom bilan qadam qo’ymoq lozim. 3 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq B) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq C) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq D) yigirmata zohid ibodatidan ortiq 4 / 25 Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si qanday nom bilan mashhur bo‘lgan? A) “Haft paykar” (“Yetti go'zal”) B) “Xamsa” (“Beshlik”) C) “Panj ganj” (“Besh xazina”) D) “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) 5 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) tush ko‘rganda B) kurash paytida C) olti oyga muhlat so‘rayotganda D) shartlarini qo‘yayotganda 6 / 25 Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh, G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. Ushbu ruboiydagi radifni aniqlang. A) kishini, ko‘ngulni B) yod, shod C) kishi D) g‘urbatda, mehnatda, albatta 7 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. B) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. C) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. D) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. 8 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …alq B) …abash C) …ayol D) …arita 9 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. B) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. C) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. D) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. 10 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) hayriyat, burilmoq, mas’ud B) poyafzal, tomosha, tomoman C) hasharot, yutinmoq, fojia D) tatqiqot, mabodo, tavsiya 11 / 25 Ona qishloq, Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, yam-yashil bog‘- rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o‘ylaymiz. Ushbu gap…? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap; 5)qo‘shma gap. A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5 12 / 25 To‘rt narsani berdi menga oqillarcha o‘ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida qaysi turkumlarga oid so‘zlar yasalgan? A) ot, ravish, fe’l B) ot, sifat C) sifat, fe’l D) ot, sifat, fe’l 13 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. B) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. C) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. D) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. 14 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) shaxs oti B) o‘rin-joy oti C) narsa oti D) faoliyat-jarayon oti 15 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) – – , , , . B) , , , , , . C) : , , , , , . D) – , , , , . 16 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. B) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. C) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. D) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. 17 / 25 Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi badiiy san’atni yuzaga keltirmoqda. A) talmeh B) iyhom C) tajnis D) istiora 18 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. B) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. C) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. D) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. 19 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) sodda gap B) qo‘shma gap C) egasiz gap D) darak gap 20 / 25 Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo‘lgandan so‘ng qanday nomlangan? A) “Silsilat uz-zahab” B) “Haft paykar” C) “Haft avrang” D) “Hasht behisht” 21 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. B) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. D) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. 22 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) ya’ni B) xullas C) garchi D) chunki 23 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g B) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g C) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g D) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g 24 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. B) Jahl kelsa, aql ketadi. C) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. D) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. 25 / 25 Sifatning ma’nosiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. B) Baqqol amaki yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. C) Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi. D) Bu bog‘lar ichida oq, havorang marmardan qurilgan chiroyli binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz