Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 236 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Kelishik qo‘shimchalari bilan bog'langan so‘z birikmalarini toping? A) ota-onalar majlisi, tilla zanjir B) kuchli davlat , uydan chiqmoq C) mening vatanim, maktab bog‘i D) vatanni sevmoq, mustaqil davlat 2 / 25 Qaysi ijodkor o`zini sho`x bulbulga qiyoslagan? A) H. Hayne B) X. Saloh C) A. Pushkin D) A. Oripov 3 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. B) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. C) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. D) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. 4 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. B) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. C) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. D) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. 5 / 25 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetishadi. B) Parokanda bo‘layozgan Taka Yovmit elida Ravshanbekning kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ladi. U el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. C) Shohdorxon boshqalarning maslahatiga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qiladigan, uzoqni ko‘ra olmasligi natijasida ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan shoh. D) Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o‘rin tutadi. 6 / 25 Qaysi asarda jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi? A) “Padarkush” B) “Hayotga muhabbat” C) “O‘tkan kunlar” D) “Qorako‘z Majnun” 7 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. B) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. C) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. D) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. 8 / 25 Qaysi gapda barcha zamon shakllari o‘z ma’nosida ishlatilgan? A) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. B) Men ertaga ketyapman, Farhod. C) Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? D) – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. 9 / 25 Bu yo‘llardan borurman, qadim Bitiktoshlar chiqar qoshimga. Ular so‘zin ko‘chiraman jim Yuragimning bujur toshiga, Ey, dardimga darmonim, Vatan! Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) payt holi B) vositali to‘ldiruvchi C) o`rin holi D) sifatlovchi aniqlovchi 10 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda tire tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Mehnati halol baholansa, yerning sohibi – dehqonning hech kimdan kami bo‘lmaydi. Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. B) Yurting tinch – sen tinch. Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. C) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. Gullar, daraxtlar, bog‘lar – barchasi bahor nafasini his qilmoqda. D) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. Qor yog‘di – don yog‘di. 11 / 25 Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilingan? A) “Saddi Iskandariy” B) “Muhokamat ul-lug‘atayn” C) “Hayrat ul-abror” D) “Lison ut-tayr” 12 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar B) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq C) mutaxasis, qutulmoq, tomosha D) muolija, mobodo, tamoman 13 / 25 Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozib qoldirilgan qaysi maqol turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lib, har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi? A) Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. B) Qut belgusi – bilig. C) Uma kelsa, qut kelur. D) Erdam boshi – til. 14 / 25 Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan? A) ega, aniqlovchi B) aniqlovchi C) aniqlovchi, kesim D) ega, kesim 15 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) a harfi B) i harfi C) s harfi D) t harfi 16 / 25 Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo‘llangan? A) tazod, talmeh, tanosub B) tazod, tajnis, tanosub C) talmeh, tashbeh, tajnis D) tajnis, tashbeh, tanosub 17 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-a, 3-g, 4-b, 5-h B) 1-g, 2-d, 3-e, 4-b, 5-f C) 1-i, 2-a, 3-e, 4-f, 5-b D) 1-e, 2-d, 3-g, 4-f, 5-d 18 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) tama qilma, deydilar B) ey, aksincha, karam C) ey Navoiy, karam D) ey Navoiy, aksincha 19 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 20 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f B) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f C) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g D) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g 21 / 25 Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etayotgan so‘zlarni aniqlang. A) biznesmen, fermer B) dasturchi, vazir C) kapital, kolxoz D) viloyat, tuman 22 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) balki B) ya’ni C) agar D) chunki 23 / 25 Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali muallifini aniqlang. A) Alisher Navoiy B) Nosiruddin Rabg‘uziy C) Mahmud Qoshg‘ariy D) Yusuf Xos Hojib 24 / 25 G‘irot oti qaysi doston qahramonining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi? A) Alpomish B) Ravshan C) Kuntug‘mish D) Go‘ro‘g‘li 25 / 25 Qaysi gapda hol vazifasida kelgan qaralmish ishtirok etgan? A) Tilning birinchi ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashadi. B) Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. C) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. D) Meni katta hayotga olib chiqib qo‘ygan ustozlarimning zahmatini oqlay oldimmikin? 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6