Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 695 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chiroylidir go‘yo yosh kelin B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q D) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir 2 / 25 Ahmad Yassaviyning ilk ustozi kim? A) Ibrohim B) Qorasoch momo C) Arslonbob D) Yusuf Hamadoniy 3 / 25 Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tarjimayi hol, shavqat, tazyiq o‘tkazmoq B) avf etmoq, tadbiq etmoq, gursillamoq C) taalluqli, tamoyil, qoyida D) suqilmoq, tushunmoq, uchurmoq 4 / 25 Qaysi gapda tirening qo‘yilish sababi boshqalaridan farq qiladi? A) Vaqting ketdi – baxting ketdi. B) Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi – boshga. C) Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. D) Hosilning otasi – suv, onasi – mehnat. 5 / 25 Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari un paychalarining ishtirokiga ko‘ra o‘zaro bir xil tasnif qilinadigan sifatlar qatori berilgan? A) yolg‘iz, vafosiz, yashil B) vafo, havo, suv C) go‘zal, zebo, baland D) o‘rmon, dala, maydon 6 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-b, d, e, f; 2-a, d, f, g B) 1-b, d, f; 2-a, b, f, g C) 1-a, b, e, f; 2-b, f, g D) 1-a, b, d, f; 2-a, b, f, g 7 / 25 Qaysi so‘zlar ravish turkumiga mansub? A) do‘stona, to‘yona B) beaql, mehmonxona C) minglarcha, mardlarcha D) ertalab, olg‘a 8 / 25 Tarkibidagi barcha otlar shaxs otlari hisoblanadigan gapni toping. A) Hulkar goh Avazga, goh Salimga qarab hayron turar edi. B) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek. C) Shayxontohurdagi guzarda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. D) Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. 9 / 25 “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan? A) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” B) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” C) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” D) Bobur “Boburnoma” 10 / 25 Xalq dostonlari haqida berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. B) Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. C) Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qahramonlik, romantik, tarixiy dostonlar kabi turlari bor. D) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar xalq dostoni deyiladi. 11 / 25 Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. (Atoyi) Ushbu baytning vaznini aniqlang. A) ramali musammani mahzuf B) ramali musaddasi maqsur C) hazaji musammani maqsur D) hazaji musaddasi mahzuf 12 / 25 Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutulg‘on bo‘lsam, Har kimki, meni so‘rsa, salomimni degil. (Bobur) Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) m harfi B) l harfi C) n harfi D) i harfi 13 / 25 Qaysi gapda chaqmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Mana chaqmoq chaqdi nogahon, zimiston tun choki so‘kilar. B) Iboralarning ma’nosini chaqib olishga harakat qilish kerak. C) Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok bo‘ladi. D) Abdushukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirardi. 14 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini toping. Sen do‘st emassan dedi Iskandar aka do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi A) “ ”, — : “ ”. B) “ , , , ”. C) “ , — , — , ” . D) “ , — , ”. 15 / 25 Matndagi xatoliklar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning IV qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. B) Matnning I qismida imloviy xatolik mavjud. C) Matnning II qismida qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. D) Matnning III qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. 16 / 25 Qaysi gapda ikki xil nisbatdagi fe’l ishtirok etgan? A) Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. B) Tilning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish zarur. C) So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. D) So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. 17 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda vergul tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham imoratlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. B) Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. C) Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. D) Bir kishining bir necha o‘g‘illari bo‘lib, ular tez-tez o‘zaro nizo qilib turishar edi. Mening fikrimcha, o‘z o‘rnida aytilgan so‘z ko‘p muammolarning yechimi bo‘la oladi. 18 / 25 Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo‘naymiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta 19 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-h, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b B) 1-h, 2-a, 3-f, 4-g, 5-d C) 1-h, 2-a, 3-f, 4-i, 5-b D) 1-h, 2-i, 3-e, 4-a, 5-d 20 / 25 Polvonlar abjirlikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu qo‘shma gapda sodda gap qismlari qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘langan? A) ergashtiruvchi bog‘lovchi B) nisbiy so‘zlar C) ayiruv bog‘lovchisi D) ohang 21 / 25 “G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi”. Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parcha kim haqida? A) Momogul maston B) Qizil dev C) qalandarlar D) ikki kundosh 22 / 25 Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman . Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan. B) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi. C) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok etgan. D) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan. 23 / 25 … - tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan atamani aniqlang. A) alliteratsiya B) so‘z takrori C) ishtiqoq D) istiora 24 / 25 Qaysi gapda fe’lning hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida ishlatilgan? A) Balki, Habib Abdulla bo‘lib, Sahrolarda ochajaksan kon. B) Yaxshi qol, ey dilbarim, dilda kadar ketmoqdaman. C) Kun juda qizdiryapti. D) Yakshanba kuni dam olishga ketyapmiz. 25 / 25 “Haq berilmas, olinur” fikri kimga tegishli? A) Behbudiy B) G‘. G‘ulom C) A. Qodiriy D) Fitrat 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6