Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 673 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Shomdan Iroqqa B) Iroqdan Hijozga C) Hijozdan Iroqqa D) Iroqdan Shomga 2 / 25 Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) birgalik va o`zlik nisbat B) majhul nisbat C) orttirma va majhul nisbat D) birgalik va majhul nisbat 3 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar B) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar D) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar 4 / 25 Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) Suvsiz hayot bo`lmaydi B) U bu gapdan xabarsiz edi C) Odobni odobsizdan o`rgan D) Siz bebaho insonsiz 5 / 25 “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi!” Ushbu jumlalar kimning qaysi asarda uchraydi? A) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi” B) O.Yoqubov “Muzqaymoq” C) A.Qodiriy “Uloqda” D) P.Qodirov “Yulduzli tunlar” 6 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Aktrisaning iqboli” B) “Qirq qiz” C) “Umirbek laqqi” D) “Ajiniyoz” 7 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) to‘ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ega 8 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi B) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi C) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi D) Sen meni gapdan chalg`itma 9 / 25 ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) ayiq B) morj C) chayka D) tyulen 10 / 25 Faqat ko`makchi fe`l tarkibida qo`llanuvchi shakllarni aniqlang. A) fe`lning vazifa shakllari, nisbat B) shaxs-son, zamon C) bo`lishsizlik, shaxs-son D) nisbat, bo`lishsizlik, shaxs-son 11 / 25 Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan? A) b, v, g, d, j, z B) n, r, s, t, p, h C) a, o, u, n,l,f D) y, g’, l, m, k, x 12 / 25 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) kiymoq, taramoq B) quvonmoq,jilmaymoq C) yuvmoq, yayramoq D) qochmoq, yonmoq 13 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) I.Yusupov B) T.Murod C) P.Qodirov D) X.To`xtaboyev 14 / 25 Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Ot kishnagan oqshom” B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Oydinda yurgan odamlar” 15 / 25 Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Yutuq B) Sоn C) Sоchiq D) Shаhаr 16 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Tazod B) Mubolag`a C) O`xshatish D) Sifatlash 17 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida B) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar C) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar D) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. 18 / 25 “Yulduzli tunlar” romanida Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug`a qilib tayinlagan edi? A) Uzun Hasan B) Nosirbek C) Ali Do`stbek D) Qambarbek 19 / 25 ”Tanobchilar” satirasida Sultonxo`ja ”otamlarga birodar erur” deb kimni aytadi? A) Erhubbi B) Xizr C) Maxdumi a`zam D) Chimlig` aziz 20 / 25 Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping. A) bor, asar, stol B) soz, qil, zang C) ot, o’t, pul D) gul, bog', ola 21 / 25 Pushkinning ”Yevgeniy Onegin”, Lermontovning ”Maskarad” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) Mirtemir B) Oybek C) A.Muxtor D) U.Nosir 22 / 25 Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A) 3 ta B) 1 ta C) Qo`shma fe’l qatnashmagan D) 2 ta 23 / 25 Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi B) Achchiqni achchiq kesar C) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil D) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas 24 / 25 “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) X.Sultonov B) M.M.Do’st C) E.A’zam D) T Murod 25 / 25 Qaysi qatorda S.Ahmadning “Qadrdon dalalar” asari bilan bir xil janrdagi asar nomi berilgan? A) “Dala armonlari” B) “Jannati odamlar” C) “Ot kishnagan oqshom” D) “Adolat manzili” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2