Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 549 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. B) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” C) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” D) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” 2 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Ona tabiatni asraylik B) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz C) Qushlar – bizning do’stimiz D) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan 3 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi B) ega ifodalanmaydi C) egadan keyin tire qo’yiladi D) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi 4 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) so’roq olmoshlari B) so’roq olmoshlari va ohang C) so’roq yuklamalari D) ohang 5 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Bo`ri bilan Laylak” B) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” C) ”Eshak bilan baqalar D) ”Kiyik bilan tokzor” 6 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) nuqtalardan iborat chiziq B) bir to’g’ri chiziq C) to’lqinli chiziq D) uzuq chiziq 7 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) to’ldiruvchi B) ega C) kesim D) hol 8 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) aniqlovchi, ega B) vositasiz to’ldiruvchi C) qaratqich aniqlovchi D) ega 9 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir B) Yoqimli kuy yangradi. C) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi D) «Ukam оldi»- dedi Sоbir 10 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) Oybek B) G’afur G’ulom C) Hamid Olimjon D) Abdulla Qahhor 11 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. 12 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Maktab B) Yangi C) Binosi D) Qurilgan 13 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) … xalq ertaklarini o’qigansiz? B) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? C) Bobo, … odobli? D) Ketsang, yana … kelasan? 14 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol B) undalma, ega, hol, kesim, hol C) undalma,hol kesim, hol D) undalma, olmosh, ot, fe`l 15 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. B) Izlaganga tole yor. C) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. D) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. 16 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Turmush yo`lida” B) “Nur qidirib” C) “Bolalik” D) “Ulug` yo`l” 17 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) so’roq gap B) istak gap C) buyruq gap D) his-hayajon gap 18 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 25 B) 24 C) 26 D) 29 19 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) G’. G’ulom B) Shukrullo C) Oybek D) A. Qodiriy 20 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) ona, uka B) kitob, daftar C) yurak, qishloq D) baxt, o`qish 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2