Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3827 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 8 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. B) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda C) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. D) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. 2 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) Sarbadorlar B) Shiroq C) To‘maris D) A.Temur 3 / 25 Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan? A) Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, qassob esa allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. B) Rayxongullar terib katta bo‘lgan bu qadimiy ko‘chalar unga nimalarnidir eslatar edi. C) Zardushtiylik dini zohiriy udum va marosimlarni ko‘r-ko‘rona bajarmaslikdan, mavhumlik va xurofotdan xabar beradi D) Shu vajdanki har kun singlimdan so‘roqlaysan ahvolimni san 4 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 6 B) 7 C) 5 D) 8 5 / 25 Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Misralardagi badiiy san’atni aniqlang? A) ishtiqoq, tadrij B) tazod, tashbeh C) mubolag’a, tazod D) ishtiqoq, tazod 6 / 25 Oybekning xotirlashicha, uning birinchi she’ri qaysi gazetada nashr ettirilgan edi? A) Sharq yulduzi B) Tong shu’lasi C) Tong yulduzi D) Tong nafasi 7 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) ozodlik – mustaqillik B) chiroyli – suluv C) husn - go‘zal D) tantiq – saxiy 8 / 25 Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) keldida, bolayu B) sog‘gach, bargga C) 10-sinf, XXI-asr D) milyard, artileriya 9 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 30dan ortiq B) 30ga yaqin C) 16 dan ortiq D) 20 dan ortiq 10 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Chiroylidir go‘yo yosh kelin D) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q 11 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) drama B) roman C) hikoya D) qissa 12 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta 13 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 3ta B) 2ta C) 1ta D) 4ta 14 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik B) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi C) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi D) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb 15 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) shart, payt B) sabab, payt C) maqsad, sabab D) qiyos, shart 16 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 3ta B) 4ta C) 7ta D) 2ta 17 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 18 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, kesim B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. C) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 19 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) aniqlovchi ergash gap B) to‘ldiruvchi ergash gap C) ega ergash gap D) kesim ergash gap 20 / 25 Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? A) tovush B) sado C) un D) sas 21 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) shayx B) eshon C) murshid D) murid 22 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yusuf B) Iso C) Muso D) Yaqub 23 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". B) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " D) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " 24 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. B) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. C) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. D) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. 25 / 25 Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? A) 4 B) 2 C) 6 D) 5 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6