Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 756 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Revizor” B) ”Oltin buzoqcha” C) ”Dodhohim” D) ”Chiqdi” 2 / 25 “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklarni aniqlang. 1.”Sehrli nog`ora” 2.”Milanda yoqqan shlyapa yomg`iri” 3.”Ayyor Buratino” 4.”Sahrodagi uy” 5.”Shahzoda Plombir” 6 .”Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” A) 1,2,3,4,6 B) 1, 2,3,5,6. C) 1,2,3,4 D) 1,3,4,5 3 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) I.Yusupov B) X.To`xtaboyev C) P.Qodirov D) T.Murod 4 / 25 ”Tanobchilar” satirasida Sultonxo`ja ”otamlarga birodar erur” deb kimni aytadi? A) Maxdumi a`zam B) Xizr C) Erhubbi D) Chimlig` aziz 5 / 25 Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping. A) ot, o’t, pul B) gul, bog', ola C) bor, asar, stol D) soz, qil, zang 6 / 25 Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Shаhаr B) Sоchiq C) Sоn D) Yutuq 7 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi B) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi C) Sen meni gapdan chalg`itma D) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi 8 / 25 ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) chayka B) morj C) tyulen D) ayiq 9 / 25 X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi B) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi C) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari D) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi 10 / 25 Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Yulduzlar mangu yonadi” C) “Ot kishnagan oqshom” D) “Oydinda yurgan odamlar” 11 / 25 Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) O.Yoqubov B) T.Murod C) A.Oripov D) A.Avloniy 12 / 25 Shart mayli shakli kerak so`zni olib kelganda qanday ma’no bildiradi? A) o`xshatish B) taxmin-gumon C) istak D) piching 13 / 25 Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Achchiqni achchiq kesar B) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas C) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi D) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil 14 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) to‘ldiruvchi B) ega C) aniqlovchi D) hol 15 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Hijozdan Iroqqa B) Iroqdan Shomga C) Shomdan Iroqqa D) Iroqdan Hijozga 16 / 25 Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –an, -ona, -lar, -lab B) –larcha, -ona, -li, -cha C) –cha, -ona, -lab, -an D) –lab, -cha, -ona, -don 17 / 25 Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) birgalik va o`zlik nisbat B) birgalik va majhul nisbat C) majhul nisbat D) orttirma va majhul nisbat 18 / 25 Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan? A) y, g’, l, m, k, x B) a, o, u, n,l,f C) n, r, s, t, p, h D) b, v, g, d, j, z 19 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida B) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. C) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar D) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar 20 / 25 Qaysi qatordagi gapda tovush o`zgarishi faqat son so`z turkumiga oid bo`lgan gap berilgan? A) Saodat opaning ikkala o`g`li shaharda yashaydi B) Durroj sherning so`zini ma`qul ko`rdi va ikkovi shu o`rmonda yashay boshladi C) Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar D) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman 21 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Qirq qiz” B) “Umirbek laqqi” C) “Aktrisaning iqboli” D) “Ajiniyoz” 22 / 25 Ko`ksingda savoling bo`lmasa, dunyoga nega kelding, inson? Ushbu gapda fe`lning munosabat shakli necha o`rinda qo`llangan? A) 5 B) 4 C) 2 D) 3 23 / 25 “Yulduzli tunlar” romanida Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug`a qilib tayinlagan edi? A) Nosirbek B) Qambarbek C) Uzun Hasan D) Ali Do`stbek 24 / 25 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) kiymoq, taramoq B) yuvmoq, yayramoq C) quvonmoq,jilmaymoq D) qochmoq, yonmoq 25 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar B) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar C) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar D) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6