Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 709 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Shart mayli shakli kerak so`zni olib kelganda qanday ma’no bildiradi? A) o`xshatish B) istak C) taxmin-gumon D) piching 2 / 25 Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –an, -ona, -lar, -lab B) –cha, -ona, -lab, -an C) –lab, -cha, -ona, -don D) –larcha, -ona, -li, -cha 3 / 25 Faqat ko`makchi fe`l tarkibida qo`llanuvchi shakllarni aniqlang. A) bo`lishsizlik, shaxs-son B) fe`lning vazifa shakllari, nisbat C) nisbat, bo`lishsizlik, shaxs-son D) shaxs-son, zamon 4 / 25 Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas B) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil C) Achchiqni achchiq kesar D) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi 5 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Hijozdan Iroqqa B) Shomdan Iroqqa C) Iroqdan Hijozga D) Iroqdan Shomga 6 / 25 Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) “Firdavs ul-iqbol ” B) “Quyoshli qalam” C) ”Saodat ul-iqbol D) “Oltin qirg`oq” 7 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. B) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida C) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar D) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar 8 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Mubolag`a B) Tazod C) O`xshatish D) Sifatlash 9 / 25 Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Dodhohim” B) ”Chiqdi” C) ”Revizor” D) ”Oltin buzoqcha” 10 / 25 Tarkibida birgina qo`shimcha bo`lgan so`zni toping. A) ko`rsatkich B) atamoq C) taroqqa D) boradigan 11 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) X.To`xtaboyev B) I.Yusupov C) P.Qodirov D) T.Murod 12 / 25 Qaysi qatordagi gapda tovush o`zgarishi faqat son so`z turkumiga oid bo`lgan gap berilgan? A) Saodat opaning ikkala o`g`li shaharda yashaydi B) Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar C) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman D) Durroj sherning so`zini ma`qul ko`rdi va ikkovi shu o`rmonda yashay boshladi 13 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) hol B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega 14 / 25 “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklarni aniqlang. 1.”Sehrli nog`ora” 2.”Milanda yoqqan shlyapa yomg`iri” 3.”Ayyor Buratino” 4.”Sahrodagi uy” 5.”Shahzoda Plombir” 6 .”Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” A) 1,2,3,4,6 B) 1, 2,3,5,6. C) 1,2,3,4 D) 1,3,4,5 15 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi B) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi C) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi D) Sen meni gapdan chalg`itma 16 / 25 Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) O.Yoqubov B) A.Oripov C) A.Avloniy D) T.Murod 17 / 25 Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) Odobni odobsizdan o`rgan B) Siz bebaho insonsiz C) U bu gapdan xabarsiz edi D) Suvsiz hayot bo`lmaydi 18 / 25 Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) majhul nisbat B) birgalik va majhul nisbat C) birgalik va o`zlik nisbat D) orttirma va majhul nisbat 19 / 25 Ko`ksingda savoling bo`lmasa, dunyoga nega kelding, inson? Ushbu gapda fe`lning munosabat shakli necha o`rinda qo`llangan? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 20 / 25 X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi B) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari C) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi D) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi 21 / 25 Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan? A) y, g’, l, m, k, x B) b, v, g, d, j, z C) a, o, u, n,l,f D) n, r, s, t, p, h 22 / 25 Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping. A) soz, qil, zang B) gul, bog', ola C) bor, asar, stol D) ot, o’t, pul 23 / 25 Qaysi qatorda S.Ahmadning “Qadrdon dalalar” asari bilan bir xil janrdagi asar nomi berilgan? A) “Dala armonlari” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Jannati odamlar” D) “Adolat manzili” 24 / 25 “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) E.A’zam B) M.M.Do’st C) X.Sultonov D) T Murod 25 / 25 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) kiymoq, taramoq B) quvonmoq,jilmaymoq C) qochmoq, yonmoq D) yuvmoq, yayramoq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6