Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 113 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik B) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi C) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi D) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb 2 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. C) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. D) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. 3 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, kesim B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim D) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. 4 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 7 B) 6 C) 5 D) 8 5 / 25 Oybekning xotirlashicha, uning birinchi she’ri qaysi gazetada nashr ettirilgan edi? A) Tong shu’lasi B) Tong nafasi C) Tong yulduzi D) Sharq yulduzi 6 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " B) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". D) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " 7 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) kesim ergash gap B) aniqlovchi ergash gap C) to‘ldiruvchi ergash gap D) ega ergash gap 8 / 25 Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Misralardagi badiiy san’atni aniqlang? A) ishtiqoq, tadrij B) tazod, tashbeh C) ishtiqoq, tazod D) mubolag’a, tazod 9 / 25 Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) 10-sinf, XXI-asr B) keldida, bolayu C) sog‘gach, bargga D) milyard, artileriya 10 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yusuf B) Iso C) Muso D) Yaqub 11 / 25 «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi qaday bo‘yoqni yuzaga chiqaradi? A) uslubiy bo‘yoq B) emotsional-ekspressiv bo‘yoq C) funksional bo‘yoq D) salbiy bo‘yoq 12 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 13 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 14 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) husn - go‘zal B) tantiq – saxiy C) ozodlik – mustaqillik D) chiroyli – suluv 15 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) hikoya B) drama C) roman D) qissa 16 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) eshon B) murshid C) shayx D) murid 17 / 25 Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? A) 2 B) 5 C) 6 D) 4 18 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. B) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. C) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda D) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. 19 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Chiroylidir go‘yo yosh kelin D) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q 20 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 3ta B) 4ta C) 1ta D) 2ta 21 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) shart, payt B) maqsad, sabab C) sabab, payt D) qiyos, shart 22 / 25 Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan? A) Rayxongullar terib katta bo‘lgan bu qadimiy ko‘chalar unga nimalarnidir eslatar edi. B) Zardushtiylik dini zohiriy udum va marosimlarni ko‘r-ko‘rona bajarmaslikdan, mavhumlik va xurofotdan xabar beradi C) Shu vajdanki har kun singlimdan so‘roqlaysan ahvolimni san D) Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, qassob esa allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. 23 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 30dan ortiq B) 16 dan ortiq C) 20 dan ortiq D) 30ga yaqin 24 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) adolat va ilm B) tavoze va hayo C) iymon va ilm D) odob va iymon 25 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) A.Temur B) Sarbadorlar C) To‘maris D) Shiroq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz