Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2752 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 6 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi B) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir C) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q D) Chiroylidir go‘yo yosh kelin 2 / 25 Bulbul gulzorni izlar, boyo‘g’li esa hamisha vayronani ko‘zlardi. Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi turkumlarga mansub? A) ot, sifat B) ot, sifat, fe’l C) sifat, fe’l D) ot, fe’l 3 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " B) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". D) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " 4 / 25 Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan? A) Shu vajdanki har kun singlimdan so‘roqlaysan ahvolimni san B) Zardushtiylik dini zohiriy udum va marosimlarni ko‘r-ko‘rona bajarmaslikdan, mavhumlik va xurofotdan xabar beradi C) Rayxongullar terib katta bo‘lgan bu qadimiy ko‘chalar unga nimalarnidir eslatar edi. D) Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, qassob esa allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. 5 / 25 Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) 10-sinf, XXI-asr B) keldida, bolayu C) sog‘gach, bargga D) milyard, artileriya 6 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 3ta B) 4ta C) 1ta D) 2ta 7 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) eshon B) murshid C) shayx D) murid 8 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 5 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 6 ta 9 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) hikoya B) roman C) drama D) qissa 10 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. C) to‘ldiruvchi, kesim D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 11 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb B) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi C) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi D) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik 12 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 4ta B) 7ta C) 2ta D) 3ta 13 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 20 dan ortiq B) 16 dan ortiq C) 30ga yaqin D) 30dan ortiq 14 / 25 Oybekning xotirlashicha, uning birinchi she’ri qaysi gazetada nashr ettirilgan edi? A) Tong yulduzi B) Tong shu’lasi C) Sharq yulduzi D) Tong nafasi 15 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) husn - go‘zal B) tantiq – saxiy C) ozodlik – mustaqillik D) chiroyli – suluv 16 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) iymon va ilm B) adolat va ilm C) odob va iymon D) tavoze va hayo 17 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) Shiroq B) Sarbadorlar C) A.Temur D) To‘maris 18 / 25 Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? A) sas B) tovush C) un D) sado 19 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. B) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. C) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. D) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. 20 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. B) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. C) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda D) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. 21 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 22 / 25 Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? A) 2 B) 4 C) 6 D) 5 23 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) shart, payt B) maqsad, sabab C) sabab, payt D) qiyos, shart 24 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 5 B) 8 C) 7 D) 6 25 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Muso B) Yusuf C) Yaqub D) Iso 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz