Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №9 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №9 InfoMaster Mart 31, 2022 116 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №9 XABAR MAYLI BUYRUQ –ISTAK MAYLI SHART MAYLI SHAXS –SON SHAKLLARI OT OTLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 2 / 50 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 3 / 50 O'timsiz fe'llarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) 1,4,6 B) 1,6 C) 2,3,5 D) 2,4 4 / 50 Xalqning sha’niga, ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqi yo’q. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri mavjud? A) sof fe’l, harakat nomi B) sof fe’l, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh C) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh D) sifatdosh, harakat nomi 5 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) majhul,o’zlik,aniq B) o’zlik,ortirma, birlik C) aniq,majhul, nisbat D) o’zlik,ortirma, majhul 6 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. B) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. C) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi D) U ataylab boshini bog’lab oldi. 7 / 50 Qaysi juft fe'llar ot so'z turkumiga ko'chishi mumkin ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 so'radi —qo'ydi A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 3,4,5,6,7 D) l ,4,5 8 / 50 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) edi, -ar edim. -mas edi. B) -moqchi edi, -yapman, -adi. C) -gan, -kan, -qan, -gan edi D) -di, -gan, -b edi. 9 / 50 Shart ma’nosi qaysi gapda ifodalangan? A) U ertaga qishloqqa qaytsa kerak. B) Ulgursam, kitobni shu kecha tugataman. C) Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. D) She’r o‘rnida qo‘lingizga gullar tutsam qaniydi. 10 / 50 Juft otlar qanday so’zlardan tuzilishi mumkin A) sinonim va antonim so’zlardan B) ko’chma ma’noli so’zlardan C) ma’nolari yaqin so’zlardan D) A va B 11 / 50 Shaxs va son ma’nosi ko‘chgan fe’l qaysi qatorda qo’llanmagan? A) Ba’zi gaplarini eshitib, yoqa ushlaysan. B) Aka, yana qachon kelasiz? C) Kamina o‘zini baxtli sanaydi. D) lye, mehmon, kelsinlar, kelsinlar. 12 / 50 Qaysi gapdagi fe'l shaklan birinchi shaxsni, mazmiman ikkinchi shaxsni ifodalagan? A) Ishi o'ngidan kelarmikan, deb o'ylanib qoladi kishi. B) Qani, bolalar, yozamiz. C) Bu borada kamina azr so'raydi, D) Shunaqa narsa bilan hazi! qiladimi odam? 13 / 50 Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qoilangan? A) Hamma paxta terimiga! B) Nega topshiriq bajarilmadi? C) Bu yerda chekilmasin. D) Oling qo‘lingizni. 14 / 50 Qaysi qatorda shaxs – son shakllarining xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilgan? A) harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko’rsatadi. B) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi C) fe’l-kesimni ega bilan bog’lab keladi. D) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi 15 / 50 Omon –eson keldilarmi ?-dedi Anvar do’stiga . Ushbu gapdagi fe’l mazmunan nechanchi shaxsni ifodalagan ? A) I shaxs birlik B) III shaxs birlik C) II shaxs birlik D) II shaxs ko’plik 16 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’l berilmagan qatorni belgilang A) Chin do’st uldurki ,do’stdin hech qachon ranjimaydi , ranjisa ham ,uzrini qabul qiladi B) Podsho saltanat ishlarida har kishinig so’zini eshitsin . C) Yaxshini yomon kunda sina D) Bugungi ishni ertaga qoldirma . 17 / 50 Murakkab otlarning qaysi biri ikki xil so’z turkumidan tashkil topishi mumkin A) qo’shma juft va takror otlar B) faqat qo’shma otlar C) faqat juft otlar D) qo’shma va juft otlar 18 / 50 Qaysi gapda egalik qo’shimchasi harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini ifodalagan? A) To’ra ko’zidan tilla oyangini olib, stol ustiga qo’ydi B) Kechasi bilan yomg’ir tinmay quydi C) Birdan Bo’taboyning jahli chiqib ketdi D) Bo’zchi bilganin to’qir 19 / 50 Buyruq istak mayliga xos to’g’ri ta’rifni toping A) payt va istak ma’nolarini anglatadi B) so’zlovchining istagi bilan bog’liq holdagi undash ,shu harakatga da’vat etish ,qo’zg’atish ma’nosini ifodalaydi C) harakatning bajarilish paytini bildiradi D) harakatning bajarilish bajarilmasligini ifodalaydi 20 / 50 Xabar maylidagi fellarni ko’rsating . A) Topilgan ,kelsa ,olingach. B) Yozmoqchi, kelyapdi, olmoqda C) Olunguncha ,chiqdi ,o’qisin D) Ketgan, uxlayapdi, bajarmoqda . 21 / 50 Ertaga yomg’ir yog’sa kerak. Ushbu gapdagi shart mayli fe’li qanday ma’no ifodalayapti? A) gumon B) orzu - istak C) taajjub D) xabar 22 / 50 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? qaysi? B) kim? nima? qayer? C) kim? nima? D) kim? nima? qayer? qaysi? 23 / 50 Qisqartma otlar qanday tuziladi A) A,B,C B) Har bir so’zning bosh qismlaridan C) Birinchi so’zning bosh qismi, keyingi so’zlarning bosh harflaridan D) Har bir so’zning bosh harflaridan 24 / 50 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 25 / 50 Buyruq maylidagi so’zlar qaysi javobda to’liq berilgan ? A) o’qisin ,beringiz ,ketamiz B) so’zla ,tuzlang ,gapirsam C) borayin ,ketaylik,olsin D) to’qigin ,ishlasak ,aytmayman 26 / 50 Buyruq istag maylidagi fel ishtirok etgan gapni aniqlang A) Dushmandan qo’qma mushofirdan qo’rq B) Dushmanning kulgani siringni bilgani C) Birliksiz kuch bo’lmas D) Bo’ridan qo’qqan o’rmonga kirmaydi 27 / 50 Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan? O’zbekiston – go’zal diyor, Saodatga mehnati yor,O’zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 7 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 8 ta 28 / 50 Endilikdama’lumki o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi. Ushbu gapdagi ot so‘z turkumiga mansub so'zlar soni qancha? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta 29 / 50 Buyruq mayli nechanchi shaxsda belgisiz keladi? A) III shaxs birlikda B) I shaxs ko‘plikda C) II shaxs ko'plikda D) II shaxs birlikda 30 / 50 Ko‘chada, xiyobonlarda baqir-chaqir, yugur-yugur, ur-yiqit boshlanib ketgan edi. Ushbu gapdagi otlar sonini aniqlang. A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 31 / 50 Ot turkumiga xos gramatik ko’rsatgich ( kategoriya) lar qaysi javobda berilgan? A) bo’lishli va bo’lishsizlik B) kelishik,son,egalik C) daraja,nisbat D) mayl,zamon,nisbat,shaxs,son 32 / 50 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) taxmin – gumon B) orzu – istak C) buyruq - istak D) xabar 33 / 50 Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo’lmay, faqat buyruq mavjud bo’ladi? A) IIIshaxsda B) I shaxs birlik va ko’plikda C) 2 va 3 shaxslarda D) II shaxsda 34 / 50 Ot turkimiga oid so’zlar nutqda har doim qanday shaklda bo’ladi A) egalik shaklini olgan holda va birlik yoki ko’plik shkl;ilida B) birlik yoki ko’plik shaklida C) qaysidir kelishik shaklida va birlik yoki ko’plik shaklida D) qaydir kelishik shaklida 35 / 50 Shart maylidagi fe’llar ,kerak so’zi bilan birga qo’llanganda qanday ma’noni anglatadi? A) faraz B) bajarilishi shart bo’lgan ish harakatni C) maslahat D) istak ma’nosini 36 / 50 Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali B) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali C) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali D) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda 37 / 50 Xabar mayli shart mayli o'rnida qo'llangan gapni aniqlang. A) Biz ishlaylik-da, siz dam oling -shunaqami? B) Va'da berdingmi, bajar. C) Awal qarzingni to'laysan, keyin aka-ukachilik bo'ladi. D) Kuling, do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi. 38 / 50 Hayotiy tajribalar va olimlaming xulosalari shundan dalolat bennoqdaki, odamzod dunyoga kelib neki topgan bo'lsa, hayo va ibo tufayli, neki yo'qotgan bo'lsa, hayosizlik va ibosizlik tufaylidir. Berilgan gapda ot turkumiga mansub nechta so'z qo'llangan? A) 10 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 7 ta 39 / 50 Ajdodlarim yotgan xokni, Bermagayman hech qachon! Bu zaminning har zarrasi, Qalbimga ildiz otgan. Ushbu she’riy parchada xabar maylidagi nechta fe’l mavjud? A) 1 ta B) Mavjud emas. C) 3 ta D) 2 ta 40 / 50 Juft otlar qanday asoslardan tarkib topadi? 1 bir-biriga yaqin mа’noli asoslardan; 2 bir-biriga qarama-qarshi та ’noli asoslardan; 3 bir-biriga shakldosh asoslardan. A) 2, 3 B) l,3 C) 1,2, 3 D) 1,2 41 / 50 Yo’q, demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, -Alimardonning o’ylanib turganin o’zicha tushundi. Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to’g’ri hukmni aniqlang A) I shaxs ko’plik shakli II shaxs ko’plik ma’nosida B) I shaxs ko’plik shakli I shaxs birlik ma’nosida C) I shaxs ko’plik g`akli III shaxs birlik ma’nosida D) I shaxs ko’plik shakli II shaxs birlik ma’nosida 42 / 50 Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe’l qatnashgan ? A) Kabob uchun shaxardan zira-piralarni ham olib chiqib qo’ydik B) Kel, do’stim, yuragimni senga ochay . C) Men unga ariqlarni tozalab qo’yishni. gulzorga suv quyishni buyurdim . D) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi . 43 / 50 Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so’zlar berilgan? A) keksa, mo’ysafid, qari B) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat C) kasallik, xastalik, bemor D) oydin, ravshan, 44 / 50 Shart maylidagi fe’llarni toping A) ochilsa,ko’rsangiz ,sezmasak B) tozalaysan ,yig’ishtirasan ,tushuntirasan C) ketmoqdaman ,kuzatmoqdamiz,foydalanmoqdamiz D) unutma ,uyg’otma,shoshilmaylik 45 / 50 Shart mayli qaysi zamon shaklida ushalmagan orzu ,istak ,rejani ifodalab keladi ? A) kelasi zamon B) o'tgan zamon C) hozirgi zamon D) zamonnning ahamiyati yo'q 46 / 50 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Mavhum otlar, aniq otlar B) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari C) Kishi otlari, narsa otlari D) Turdosh otlar, atoqli otlar 47 / 50 Shart mayliga orzu-istak ma'nolarini qo'shadigan vositalar berilgan javobni toping. A) kerak B) emas C) edi, ekan D) lozim 48 / 50 Qisqartma so’zlar yasash qaysi so’z turkumlariga xos? A) Barcha so’z turkumlariga B) faqat sifatga C) ot, sifat, fe’l turkimlariga D) faqat otga 49 / 50 Ot qaysi gap bo'lagi bo'Iib kela olmaydi ? A) kesim B) Hamma gap bo'lagi vazifasida kelihi mumkin C) hol D) aniqlovchi 50 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’llar qatorini toping A) bildirmoqchi ,chaqirmoqchiman ,ishlamoqchiman B) o’qisam,borsak, ko’rmasa C) isidi,ketadi,o’qiyapti D) ishlay ,boraylik,aytsin 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz