Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №8 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №8 InfoMaster Mart 31, 2022 150 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №8 FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARINING YASALISHI O’TGAN ZAMON SHAKLLARIDA TO’LIQIZ FE’LNING ISHLATILISHI KELASI ZAMON SHAKLLARI MAYL SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi javobda ko'rsatilgan xususiyat unli tovushlarga xos emas? A) unlilar jarangli va jarangsiz bo'ladi. B) Unli tovushlarsiz bo'gin bo'gin hosil bo'hnaydi C) Bo'g'inlar unli bilan tugasa, ochiq bo'g'in hisoblanadi D) Urg'u,odatda unli tovushga tushadi 2 / 50 Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 4 B) 2 C) 5 D) З 3 / 50 Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi? A) sodda, qo’shma, juft fe’llar hamda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari B) bo’lishli va bo’lishsiz, o’timli va o’timsiz C) nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat hamda holat fe’llari D) harakat fe’li va holat fe’li 4 / 50 Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping A) Yerlarga don sepildi B) Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi C) Rustam shahmat to’garagiga yozildi D) Javoblarning barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo’llangan 5 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . B) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . C) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . D) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . 6 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Alisher mehmonxonaga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. B) Tirnoqqa zor bo’lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi. C) Teparoqda sarvqomat bir terak qarsillab sinib tushdi. D) Ichkaridan muzika ovozi eshitilib turardi. 7 / 50 Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi tovushi tushib qoladi? A) -a B) barchasi to'g'ri C) -illa D) -sa 8 / 50 So’zlovchining istagi ,da’vati ,chaqirig’i ,buyrug’i kabi ma’nolarni ifodalash uchun qaysi fe’l shakli qo’llanadi ? A) shart mayli B) buyruq istak mayli C) xabar D) maqsad mayli 9 / 50 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi B) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . D) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . 10 / 50 Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping . A) Men Sharqdan kelayotirman . B) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan . C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi . D) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir . 11 / 50 To’liqsiz fe’lning qisqargan shakli ishtrok etmagan gapni toping? A) Mehmonni kutishga bozorlik qilib qo’ygandim B) O’g’limning bu ishlaridan faxrlandim C) Ayol yuziga rumolini tushurib piq-piq yig’larmish D) Cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi 12 / 50 Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan shakllanadigan maylni belgilang. A) buyruq-istak B) xabar C) shart D) Barcha fe’l mayallarya zamon va shaxs-son qo’himchalarini qo`shish bilan shakllanadi. 13 / 50 Kelasi zamon fe'llan qaysi javobda to’gri berilgan A) so’zlamoqchi, keladigan bo’ldi. kutarman B) kuzatdilar. ko radllar, tushayapti. C) bormoqda, aytmoqchi edi, o’ylayapman D) kurashmoqda, uxlamoqchi, yozganmiz. 14 / 50 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) buyruq-istak va shart mayli B) shart mayli C) buyruq-istak mayli D) xabar mayli 15 / 50 Ibrohimjonning ovozida zarracha shikoyat oxangi yo’q edi. Aksincha, u alohida g’urur bilan gapiradi. Ushbu gapdagi fe’l qaysi zamon ma’nosini ifodalagan? A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) hozirgi va kelasi zamon D) kelasi zamon 16 / 50 Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qatnashgan ? A) Oddiy haqiqatni kimga isbot etmoqchisan B) Kelinbuvim ukalarim bilan uyga qaytdi C) Tolibjon gapning ma’nosini darrov tushundi D) Lekin ko’chada qatnov,qiy-chuv brogan sari kuchaymoqda 17 / 50 Qaysi qo’shimchalar so’zlarga zamon qo’shimchalaridan keyin qo’yilishi mumkin? A) shaxs-son, mayl B) shaxs-son, bo’lishsizlik C) faqat shaxs son D) shaxs-son, nisbat 18 / 50 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . B) Mening akam kollejda o’qiydi. C) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . D) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . 19 / 50 Fe’l va fe’l bo`lmagan so`zlar bilan qo`llanilib turli ma’nolar ifodalovchi yordamchi vazifalarda qo`llanuvchi fazifalarda qo`llanuvchi fe’llar qanday nomlanadi? A) to`liqsiz fe’llar B) ko`makchi fe’llar C) harakat nomi D) mustaqil fe’llar 20 / 50 Qanday fe’llar to`liqsiz fe’l hisoblanadi? A) yakka holda ish harakat ma’nosini bildirmaydigan fe’llar. B) B, C C) boshqa so`zlar bilan birgalikda qo`llanadigan fe’llar. D) shaxs-son qo`shimchalarini qabul qilmaydigan fe’llar. 21 / 50 Fe’lning qanday mayl shakllari mavjud? A) xabar, istak va shart mayli B) xabar, buyruq-istak va shart mayli C) xabar, buyruq va istak mayli D) buyruq, xabar va shart mayli 22 / 50 Shaxs-son qo'shimchalarining -man, -san, -miz, siz, -di(-lar) shakllari qo'shiladigan o'tgan zamon turini hosil qiluvchi qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) A,B. B) –(i) b C) -gan D) -di 23 / 50 0‘tgan zamon fe’lining qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) - di, -b(-ib) B) -gan (-kan, -qan) C) -di D) -b (-ib) 24 / 50 Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi? A) buyruq –istak mayl shakllari B) kelasi zamon shakllari C) hozirgi zamon shakllari D) o’tgan zamon shakllari 25 / 50 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) -di, -gan, -b edi. B) -gan, -kan, -qan, -gan edi C) edi, -ar edim. -mas edi. D) -moqchi edi, -yapman, -adi. 26 / 50 Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi ? 1-(a ) y ; 2 –(a) r 3 –di 4 –moqda 5 –ajak 6- gandi 7- moqchi A) 3, 5,6,7 B) 1,2,5,7 C) 1,4,5,7 D) 2,3,6,7 27 / 50 Shaxsi va mayli ko’chgan holda qo’llangan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan ? A) Kechirasiz,sizni birinchi ko’rishim ,kolzozga yaqinda keldingizmi ? B) Qani yozamiz ,bolalar . C) Olimjon akam keldilar . D) Biz G’irvonga A.Qodiriy izidan keldik , U kishi bundan 40 yil ilgari ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar 28 / 50 So'zlovcliining bcvosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradigan o'tgan zamon ishaklini yasovchi qo'sliimcha berilgan javobni-toping. A) -ib B) -b C) -gan D) -di 29 / 50 Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibdi Gapda qaysi zamon ma'nosi ifadalangan. A) hozirgi kelasi zaraon leli. B) o’tgan zamon fe'ii. C) hozirgi zamon fe'li. D) kelasi zamon fe'ii. 30 / 50 Notiq so’zini tugatadi (qarsaklar) Hamma o’rnidan turadi. Ushbu gapdagi fe'l zamonini aniqlang. A) hozirgi keiasi zarnon fe'!l B) kelasi zamon fe'li. C) hozirgi zamon davorn fe'li. D) o’tgan zamon fe'li. 31 / 50 Fe’l o’zagi hech qanday grammatik ko’rsatkichlarsiz qo’llansa ,ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi A) xabar B) buyruq –istak C) maqsad D) shart 32 / 50 Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi qaysi maylni ifodalaydi? A) І shaxs xabar maylini B) ІІ shaxs buyruq - istak maylini C) І shaxs buyruq - istak maylini D) ІІІ shaxs buyruq - istak maylini 33 / 50 Qaysi gapda fe’lning zamon ma’nosi ko’chgan? A) Nasiba o’qishga kirish uchun hujjat topshiryapti. B) Bolalar bog’da yosh nihollarni parvarish qilyapti. C) Yuqoridagi gaplarda fe’lning zamon ma’nosi ko’chmagan . D) Zamon zamonligini qilmoqda. 34 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’l hozirgi zamonda? A) Shamol kuchayib ,daraxtlarning shoxlarini egib borayotir B) Barglar sarg’ayib to’kilmoqda C) Yomg’ir tobora kuchayib borayotir D) Majnuntol suvga egilib salom berayotir 35 / 50 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –ayotgan B) –mas C) –ydigan D) –qan 36 / 50 Kelasi zamon ma'nosini ifodalagan boshqa zamon fe'li qatnashgan gapni toping. A) O’sha yerda ishlab yuribman. B) U Buxoroga oqishga borar ekan. C) Nargiza musavvir bo’lgani o’qibdi . D) O’shanda birga sayr qillmoqchi bo’ldik. 37 / 50 Harakatning har uch zamonga tcgishliligini ifodalaydigan qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) -a B) A,B,C C) –(a) r D) -y 38 / 50 Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) A va С B) Harakat yoki holatning aytilayotgan paytdan oldin yuz berishini bildiradi . C) Harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi . D) Harakat yoki holatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi . 39 / 50 Hozirgi zamon fe'llarning talaffuzi yozilishidan farq qiladigan qo’shimchasi berilgan javobni toping. A) B,C B) -yotib C) -yotir D) -yap 40 / 50 -m, -ng, -k qo’shimchalari qaysi zamon shakllaridan so’ng qo’shiladi? A) o’tgan zamonninng -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shaklidan so’ng B) sof fe’l va ravishdosh shaklidan so’ng C) sifatdosh shaklidan so’ng D) ravishdosh shaklidan so’ng 41 / 50 Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak? Ushbu gapda to`liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so`z bilan birga qo`llangan. A) son B) ot C) sifat. D) ravsh 42 / 50 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) xabar mayli B) buyruq-istak C) shart D) A va B. 43 / 50 Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang A) -yotir, -moqda B) -di, -ib C) -a, -yotib D) -a, -y, -a (-r) 44 / 50 So’zlovchining so’zlayotgan vaqtdan so’ng bajariladigan ish…. A) fe’l mayli B) kelasi zamon. C) o’tgan zainoa. D) hozirgi zamon. 45 / 50 di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi? A) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi B) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi C) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi D) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini 46 / 50 Quyidagi zamon hosil qiluvchi qo'shimchalardan qaysi biri harakat yoki holatning takrorlanuvchanligini ifodalaydi ? A) -di B) -gan C) -ardi D) -gandi 47 / 50 Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ? A) tug’ilgan chaqaloq B) yurayotgan mashina C) ishlagan bola D) oqar so’z 48 / 50 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) kelasi zamon. B) hozirgi zamon. C) payt ravishdoshi D) o’tgan zamon 49 / 50 O’tgan zamon shakllaridan qaysi biri so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatini ifodalaydi ? A) –gan( -kan,qan) B) -(i) b C) –a(r) D) –di 50 / 50 aysi qatordagi fe'l hozirgi zamonni bildiradi ? A) kulib gapirdi. B) gapiryapti C) alqab yuboribdi. D) o’qib chiqibdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz