Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №6 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №6 InfoMaster Mart 30, 2022 73 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №6 HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI SIFATDOSHNING BO’LISHLI VA BO’LISHSIZ SHAKLLARI RAVISHDOSH RAVISHDOSHLARNING MA’NO TURLARI RAVISHDOSH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TALAFFUZI VA IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan? A) har kim, qaysi B) albatta, o’qiyman C) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi D) chollar, tollar 2 / 50 Qaysi qatorda yasama so’z berilgan? A) yaxshiroq B) maqtanmoq C) dasturxonimizda D) iliqroq 3 / 50 Quyidagi fe'llardan qay biri holat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) xo'rsinmoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq;7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) jilmaymoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq A) 4, 9, 12. B) 1, 4, 5, 7 C) 3, 5, 7, 8. D) 3, 4. 5, 11. 4 / 50 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi B) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi C) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi D) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi 5 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi B) o’tgan zamon C) hozirgi zamon D) kelasi zamon 6 / 50 Kelasi zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi A) —b(ib) B) gan C) -(a) yotgan D) —ydigan „adigan ,-(a ) r 7 / 50 Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? A) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi. B) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo’lga tushdim. C) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi. D) Gapni bilib - bilmay gapirmaslik kerak. 8 / 50 Fe’ldan anglashilgan ish harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini bildiruvchi grammatik xususiyat qanday nomlanadi ? A) zamon B) nisbat C) bo’lishli ,bo’lishsizlik D) mayl 9 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni aniqlang. A) -y, -gali, -yapti, -clia, -a. B) -gani, -moq , -sa, -y, -kuncha. C) -guncha, -y, - ib, -gan, -gani. D) -gach, -gani, -guncha, -y, -b. 10 / 50 Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo’lishsizlik shakli bilan omonim bo’lolmaydi ? A) qaynatma (sho’rva) B) suzma (qatiq) C) sochma (o’q) D) qo’llanma (kitob) 11 / 50 Ravishdoshning sabab ma'nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping. A) qoroni tushguncha, yugurib kelmoq B) yig'lay-yig'lay uxlamoq, tikilgancha o'ylanibqolmoq. C) qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach kuchaytirdi D) musiqa tingach, ko'rgani bormoq 12 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U ataylab boshini bog’lab oldi. B) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. C) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. D) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi 13 / 50 Ravishdoshninng -b ,ib ,-a ,-y shakllari asosan qanday ma'noni bildiradi 1 sabab 2 payt 3 holat 4 vosita 5 chegara A) 3 B) 4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2 14 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) yo’q ,emas,-ma ,-mas B) edi ,emish ,emas,ekan C) –magan ,_maydigan ,ekan D) –ma ,-(i)sh ,-(i)b 15 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi o’shimchalari qo’shiladi? A) –kach, -kuncha, -kani B) –qach, -quncha, -qani C) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi D) –gach, -guncha, -gancha 16 / 50 Qaysi qo’shimchalar yordamida maqsad ma'nosini bildiruvchi ravishdosh hosil bo’ladi ? A) -gan, -kan, -qan.. B) -gani, -kani, -qani. C) -a , (-y). D) -b, -ib. 17 / 50 Qaysi gapda bo’lishsiz fe’ldan tasdiq ifodalangan? A) Bu gap aytilmay qolmaydi . B) Bu yerda uni ko’rgan emasman C) Ish hech kimni o’ldirmaydi D) Hech kimga munofiqlik qila ko’rma 18 / 50 Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin A) 1, 2, 4, 6 B) yuqoridagilarning barchasi C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4, 5, 6 19 / 50 Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1)-(i) b 2- a(-y); 2) –gancha; 3) –gani; A) 2,3 B) 3,4 C) 1,2 D) 1,4 20 / 50 Tuslanmaydigan .ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan. A) barcha ravishdoshlar tuslanadi. B) o’qigani , yozgani C) olib, yozib. D) o’qiy , yoza. 21 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. B) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. C) Ko’rganni eshitgan yengadi. D) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. 22 / 50 Bo’lishsiz fe’l qo’llangan gap qatorini belgilang A) Uzoqdan yoqimli kuy eshitilardi B) Giloslar qiyg’os gullagan C) Mayin shabada esmoqda D) Birovga xolis xizmat qilib o’rganmaganman. 23 / 50 Ravishdosh so’z birikmalari berilgan qatorni belgilang. A) chaqqon sakramoq, tez yugurmoq. B) ko’m-ko’k dalalar , sho’x musiqa. C) to’lqillanib gapirmoq, hayratlanib qaramoq. D) mayin shabada, sokin tun. 24 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan ? A) Boraman –a ,boraman ,borib bo’pman B) B,C C) Kampir qishlog’iga qaytib ketdi D) Hali tong otganicha yo’q 25 / 50 Fe'lning ravishdosh shakli mavjud bo’lgan gapni toping. A) Qadimiy Turon zaminida yashagan avlodlarimiz bir buloqdan suv ichganlar . B) Baliq chiqdi ilinib ,tumshuqlari tilinib . C) Dushman navkari bizga qarshi qilich ko’tardi. D) Bizdan ozod va obod vatan qolsin. 26 / 50 Quyidagi qo’shimchalar qaysi biri sifatdoshning bo’lishsizlik shaklini hosil qiladi. A) –may ,-masdan B) –mayin C) –mas D) –maslik 27 / 50 Ravishdosh haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir .2.Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi . 3.Ravishdosh gapda hol bo’lib keladi . 4.jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –gach, -guncha, -gani qo’shimchalari qo’shilib, -kach, -kuncha, -kani tarzida yoziladi . A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 28 / 50 Sifatdoshning qaysi shakliga bo'lishsizlik qo'shimchasi qo'shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi? A) -(a)yotgan B) -gan C) -(a)digan D) - (a)r 29 / 50 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) topgani, bo’linib, yura-yura B) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. C) shoshgancha, kiygani, yurgach. D) oqquncha, topgani, ezilib 30 / 50 Hozirgi zampn sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) —ydigan ,adigan ,-(a ) r B) —b(ib) C) gan D) -(a) yotgan 31 / 50 Fe'lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maqsus shakl qaysi qatorda berilgan? A) harakat nomi shaili. B) bunday shakl mavjud emas.. C) sifatdosh shayli. D) ravishdosh shakli. 32 / 50 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi B) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak C) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi D) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi 33 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni anlqlang. A) -di, -gan, -(i)sh, -moq. B) -gach, -gani, -(i)b, -a, -y. C) -gan, -yotgan, -ar, -mas. D) -(i) b, -gach, -kacli, -di, -gan. 34 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsiz ma’noli harakat nomlari qatnashgan ? A) Tanlovda Omon Turdi kuyini juda ta’sirli chaldi B) Tilni qunt bilan o’rganish nutqni boyitib borish demakdir C) Bilmaslik ayb emas ,lekin bilishni istamaslik ayb . D) Bolalarning o’quv qurollarini avaylab asrashni ota –onalariga moddiy yordamdir . 35 / 50 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping A) Men xalqni aldamoqchi emasman ! B) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi C) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?! D) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi . 36 / 50 Tiz cho’kib turguncha tik turib, o’lmoq yaxshiroq. Gapdagi ravishdosh anglatgan ma'noni aniqlang. A) payt. B) qiyos. C) harakat belgisi. D) maqsad. 37 / 50 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang A) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi B) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti C) Bugungi ishni ertaga qo’yma D) U na o’qiydi ,na yozadi 38 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi? A) –gach, -guncha, -gancha B) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi C) –kach, -kuncha, -kani D) –qach, -quncha, -qani 39 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’klamda ko’katlar gurkirab o’sadi. B) Navoiy kuy eshitilayotgan tomonga ildam yurdi. C) Ovozi shovqinda zo’rg’a eshitildi.. D) Vaqtni o’g’irlamoq- baxt o’g’irlamoq. 40 / 50 Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo’shimcha yetakchi fe'l bilan ko’makchi fe'lni bog’lashga xizmat qilgan ? A) Usta Alim qo’shnisining yerini sotib oldi. B) Sayohatchilar qorong’u tushguncha yetib oldilar. C) Sarvar devordan oshib tushdi . D) Dadasi yangi uy pchun kerakli jihozlarni olb keldi. 41 / 50 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi B) ko’rmagan, eshitmagan C) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi D) ko’rmagan 42 / 50 Qaysi qatorda bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan ? A) aytib ketma B) aytmay ket C) aytma ketma D) aytmay ketma 43 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi qatorda ? A) uvullamoq ,to’xtamoq,eslamoq B) bormoqchi emas ,ko’rgan emas ,yirtmayman C) qiziqmoq ,kiyinmoq,bajarmoq D) egallamoq ,aytmoq ,yozmoq 44 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan ravishdoshlar takrorlanib ishlatiladi. A) -b, -ib, -a, -y B) faqat -a, -y. C) -b, -ib, -a, -gani. D) faqat -b, -ib. 45 / 50 Qaysi qatorda maqsad ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) musiqa tingach, qorong'u tushguncha B) ko'rgani bormoq ,gaplashgani to'planganmiz C) suvga tikilganpha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq D) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi 46 / 50 Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor? A) sabab B) maqsad C) payt D) holat 47 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Alisher mehmonxonaga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. B) Tirnoqqa zor bo’lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi. C) Teparoqda sarvqomat bir terak qarsillab sinib tushdi. D) Ichkaridan muzika ovozi eshitilib turardi. 48 / 50 Berigan gapda ravishdosh qanday ma'noni anglatyapti. Lom-lim demay chirqillab yig’layoftgan bolalarni kursiga o’tqazib qo’ydi. A) maqsad. B) holat C) payt. D) sabab. 49 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Asta sekin tong ota boshladi. B) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. C) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . D) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. 50 / 50 Fe’lning ravishdosh shakli haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) barcha javoblar to’g’ri B) -gancha (-kancha, -qancha) qo’shimchali ravishdosh harakatning holatini anglatadi C) -b (-ib), -a (y) shakllari harakatning paytini ham anglatadi D) -gani (-kani, -qani, -gali) qo’shimchali ravishdosh harakatning maqsadini bildiradi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz