Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 562 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) yo,yu,ya ,a B) a.u,o',i,e,o C) m,ng,n,r,l D) b,f,k,t,s 2 / 54 O'zak nima? A) So'z yasash va o'zgartirish uchun xizmat qiluvchi morfema B) So'zda albatta ishtirok etadigan,lug'aviy ma'no ifodalaydigan morfemadir C) Qo'shimchalar qabul qilmaydigan morfemaning yaxlit shakli D) Mustaqil holda lug'aviy ma'no ifodala olmaydigan morfema turi 3 / 54 Shakl yasovchi qo’shimchalarning turlari to’g’ri berilgan javobni toping. A) fonetik shakl yasovchilar va leksik shakl yasovchilar B) lug’aviy shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar C) A, C D) morfologik shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar 4 / 54 Fe'Ining sifatdosh shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 abiqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2 B) 1,2,3 C) 4 D) 1,2,3,4 5 / 54 Harakat nomi berilgan gapni toping A) o’rganish ,topmoq,kelib B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) otgani ,sepganda ,mustahkamlash D) o’qimoq ,kulgan ,oqqach 6 / 54 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni aniqlang. A) -gani, -moq , -sa, -y, -kuncha. B) -guncha, -y, - ib, -gan, -gani. C) -y, -gali, -yapti, -clia, -a. D) -gach, -gani, -guncha, -y, -b. 7 / 54 Qaysi gapda qo'shma fe'l juft fe'lning bir qismi bo'lib kelgan? A) Ana, hech narsa bo'lmagandek yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. B) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.' C) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. D) O'qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. 8 / 54 To’liqsiz fe’lning qisqargan shakli ishtrok etmagan gapni toping? A) Ayol yuziga rumolini tushurib piq-piq yig’larmish B) O’g’limning bu ishlaridan faxrlandim C) Cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi D) Mehmonni kutishga bozorlik qilib qo’ygandim 9 / 54 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 10 / 54 Shaxs oti yasovchi qaysi qo‘shimcha turdosh otga ham, atoqli otga ham qo‘shila oladi? A) -vchi B) -soz C) -lik D) -dosh 11 / 54 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) donalab sanalmaydigan otlarga B) mavhum otlarga C) odamning juft a’zolari nomiga D) odamning toq a’zolari nomiga 12 / 54 Qaysi qatorda sifat+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan ? A) toshbag’ir,sofdil,uzunquloq B) ochko’z,sho’rtumshuq, balandparvoz C) erksevar,sheryurak,devqomat D) bodomqovoq, qirqoyoq,kunbotar 13 / 54 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 14 / 54 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Menga ikki dona non bering. B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 15 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. B) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. C) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. D) Uchovimizning maqsadimiz bir. 16 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi ? A) sifatlar ,asosan yasama sifatlar B) otlar bilan C) son ,sanoq sonlar D) gumon olmoshi bilan 17 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) birov. B) g’alati. C) boshqa. D) teng. 18 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) chama son B) sanoq son C) kasr son D) jamlovchi son 19 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) kasr son B) tartib son C) taqsim son D) hisob so’zlari 20 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) butunning bo’lagi B) predmetni yakkalab hisoblash C) masofa D) og’irlik o’lchovi 21 / 54 Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) chama son B) taqsim son C) kasr son D) sonoq son 22 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Har birimiz bittadan kitob oldik. B) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. C) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. D) Uchovi qabulxonaga kirishdi. 23 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) yarmisini B) yuztachasini C) o’ntasiga D) beshovini 24 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida mavjud emas? A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit boiibdi. B) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! C) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan - saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. D) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. 25 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) hamma songa qo’shiladi B) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. C) faqat oxirgi songa qo’shiladi D) birinchi songa qo’shiladi 26 / 54 Qaysi gapda kasr son hisoblanuvchi so’z qatnashgan. A) Nurullo uchlasiga rosa sinchiklab tikildi. B) Soat uch yarimlarda uchrashsak. C) Kelganlarning uchdan biri notanish edi. D) Yolg’iz otning changi chiqmas. 27 / 54 Taqsim son qanday hosil bo’ladi. A) dona sonni takrorlash orqali. B) Ikki sonni juftlash orqali. C) Hisob so’zlardan keyin -dan qo’shimchasini keltirish orqali. D) .A, С 28 / 54 O’lchov so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang A) O’lchov so’zlar sanalayotganpredmetdan keyin keladi B) Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o’rtasida qo’llanadigan o’lchov birliklariga o’lchov so’z deyiladi C) O’lchov so’zlarning ayrimlari alohida olinganda predmet nomini,matn ichida esa o’lchov birligi ma’nosini bildiradi D) O’lchov birliklarining ayrimlari o’lchanayotgan sanalayotgan predmetlarning qandayligiga xoslangan bo’ladi 29 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 2,5,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,3,5,6 D) 1,2,6 30 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) boshqa. B) teng. C) g’alati. D) birov. 31 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Uchovimizning maqsadimiz bir. B) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. C) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. D) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. 32 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin C) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik D) Shaharda bitta doktorxona bor 33 / 54 Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi? A) ravishlarga B) sifatlarga C) otlarga D) olmoshlarga 34 / 54 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) minglab ,minglarcha,o’nlab B) beshtadan , uchovlon ,yuztacha C) gektar , tanob , qop D) uchdan biri , yarimta , nimchorak 35 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz B) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi C) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi D) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi 36 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 4,5 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 3 37 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) -lab. B) -larcha. C) -(i)nchi. D) –lar 38 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) tinish belgisi qo’yilmaydi B) nuqtali vergul C) tire, vergul D) ikki nuqta 39 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) jamlovchi son B) dona son C) sanoq son D) chama son 40 / 54 Qachon tartib sonlardan keyin chiziqcha qo’yiladi? A) rim raqamlari bilan ifodalanganda B) so’zlar bilan ifodalanganda C) A, C D) arab raqami bilan yozilganda 41 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) Ikki yorti-bir butun. B) A, B , C C) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. D) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. 42 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) jamlovchi sonlar B) kasr sonlar C) miqdor sonlar D) tartib sonlar 43 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi B) Shahargacha hali uch chaqirim bor C) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor D) To’rt yashik xurmo terishdi . 44 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) uchovi, to’rtovi B) beshovim, ikkalam C) uchovlari, beshalangiz D) ikkovimiz, to’rtalasi 45 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 1,2,3,4 B) 3,4,5 C) 1,2 D) 2,3,4 46 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. B) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi. C) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. D) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to’rttasi bor. 47 / 54 1 Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi? 1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi A) 2,3 B) 2,3,4 C) 1,4 D) 1,2,3,4 48 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. B) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. C) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi D) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. 49 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Yoniga yarimta nonni tiqib, yo’lga otlandi. B) Shu yerda o’n besh minut turamiz. C) Beshovlon birdan xoxolab yubordik. D) U uchalasiga rosa sinchiklab tikildi. 50 / 54 Qaysi qatorda taqsim son hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan. A) -tacha. B) -tadan. C) -ovlon. D) -ov 51 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) tartibni. B) aniq miqdorni. C) noaniqlik ma'nosini. D) narsaning turini. 52 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. B) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. C) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. D) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. 53 / 54 Butunning bo’lagini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping A) dasta ,shoda , bog’ B) chaqmoq , luqma , shingil C) siqim , to’da , botmon D) nafar, bosh , nusxa 54 / 54 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq B) burda, para, karch, chimdim, dasta C) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq D) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz