Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №9 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №9 InfoMaster Mart 31, 2022 69 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 6-sinf Ona tili №9 XABAR MAYLI BUYRUQ –ISTAK MAYLI SHART MAYLI SHAXS –SON SHAKLLARI OT OTLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) qoshlar,boshlar, yoshlar B) oshiq, doston, ildizlar C) olma, surma, childirma D) fizik, yo’llar, gullar 2 / 50 Qaysi so'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) suvoqchilik B) chidamli C) qavariqroq D) qochirim 3 / 50 Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tuliladi? A) В va C. B) fa 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa C) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs D) fe 'llardan anglashilgan holatni hajaruvchi narsa 4 / 50 -r yoki –y bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttiurma nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi ? A) –t ,-tir ,-dir B) –dir C) –tir ,-dir D) –t ,-dir 5 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . B) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . C) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . D) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . 6 / 50 Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) yuqoridagilarning barchasi 7 / 50 Qaysi juft fe'l ot so'z turkumiga ko'chmagan ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 aytdi -qo'ydi A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 2,3,6 D) 3,4,5,6,7 8 / 50 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . B) Mening akam kollejda o’qiydi. C) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . D) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . 9 / 50 Xabar mayli shart mayli o'rnida qo'llangan gapni aniqlang. A) Kuling, do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi. B) Biz ishlaylik-da, siz dam oling -shunaqami? C) Va'da berdingmi, bajar. D) Awal qarzingni to'laysan, keyin aka-ukachilik bo'ladi. 10 / 50 Juft otlar qanday so’zlardan tuzilishi mumkin A) ko’chma ma’noli so’zlardan B) A va B C) sinonim va antonim so’zlardan D) ma’nolari yaqin so’zlardan 11 / 50 Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so’zlar berilgan? A) oydin, ravshan, B) kasallik, xastalik, bemor C) keksa, mo’ysafid, qari D) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat 12 / 50 Shaxs va son ma’nosi ko‘chgan fe’l qaysi qatorda qo’llanmagan? A) Kamina o‘zini baxtli sanaydi. B) lye, mehmon, kelsinlar, kelsinlar. C) Ba’zi gaplarini eshitib, yoqa ushlaysan. D) Aka, yana qachon kelasiz? 13 / 50 Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan? O’zbekiston – go’zal diyor, Saodatga mehnati yor,O’zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 6 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 7 ta 14 / 50 Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qoilangan? A) Bu yerda chekilmasin. B) Oling qo‘lingizni. C) Hamma paxta terimiga! D) Nega topshiriq bajarilmadi? 15 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’l berilmagan qatorni belgilang A) Chin do’st uldurki ,do’stdin hech qachon ranjimaydi , ranjisa ham ,uzrini qabul qiladi B) Bugungi ishni ertaga qoldirma . C) Podsho saltanat ishlarida har kishinig so’zini eshitsin . D) Yaxshini yomon kunda sina 16 / 50 Fe’llarning І va ІІ shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi ? ІІІ shaxs-chi ? A) ІІІ shaxsda shaxs ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl yo’q. B) ІІІ shaxsdagi zamon qo’shimchasi shaxs ma’nosini ham ifodalaydi. C) –lik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi D) –lar ko’plik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi 17 / 50 Ko‘chada, xiyobonlarda baqir-chaqir, yugur-yugur, ur-yiqit boshlanib ketgan edi. Ushbu gapdagi otlar sonini aniqlang. A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 18 / 50 Omon –eson keldilarmi ?-dedi Anvar do’stiga . Ushbu gapdagi fe’l mazmunan nechanchi shaxsni ifodalagan ? A) III shaxs birlik B) I shaxs birlik C) II shaxs birlik D) II shaxs ko’plik 19 / 50 Ot turkimiga oid so’zlar nutqda har doim qanday shaklda bo’ladi A) birlik yoki ko’plik shaklida B) qaysidir kelishik shaklida va birlik yoki ko’plik shaklida C) egalik shaklini olgan holda va birlik yoki ko’plik shkl;ilida D) qaydir kelishik shaklida 20 / 50 Hayotiy tajribalar va olimlaming xulosalari shundan dalolat bennoqdaki, odamzod dunyoga kelib neki topgan bo'lsa, hayo va ibo tufayli, neki yo'qotgan bo'lsa, hayosizlik va ibosizlik tufaylidir. Berilgan gapda ot turkumiga mansub nechta so'z qo'llangan? A) 10 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta 21 / 50 Ot qaysi gap bo'lagi bo'Iib kela olmaydi ? A) Hamma gap bo'lagi vazifasida kelihi mumkin B) hol C) aniqlovchi D) kesim 22 / 50 Shart maylidagi fe’llarni toping A) ochilsa,ko’rsangiz ,sezmasak B) tozalaysan ,yig’ishtirasan ,tushuntirasan C) ketmoqdaman ,kuzatmoqdamiz,foydalanmoqdamiz D) unutma ,uyg’otma,shoshilmaylik 23 / 50 Juft otlar qanday asoslardan tarkib topadi? 1 bir-biriga yaqin mа’noli asoslardan; 2 bir-biriga qarama-qarshi та ’noli asoslardan; 3 bir-biriga shakldosh asoslardan. A) l,3 B) 1,2, 3 C) 1,2 D) 2, 3 24 / 50 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Mavhum otlar, aniq otlar B) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari C) Kishi otlari, narsa otlari D) Turdosh otlar, atoqli otlar 25 / 50 Buyruq mayli nechanchi shaxsda belgisiz keladi? A) II shaxs ko'plikda B) III shaxs birlikda C) II shaxs birlikda D) I shaxs ko‘plikda 26 / 50 Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe’l qatnashgan ? A) Kabob uchun shaxardan zira-piralarni ham olib chiqib qo’ydik B) Men unga ariqlarni tozalab qo’yishni. gulzorga suv quyishni buyurdim . C) Kel, do’stim, yuragimni senga ochay . D) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi . 27 / 50 Ertaga yomg’ir yog’sa kerak. Ushbu gapdagi shart mayli fe’li qanday ma’no ifodalayapti? A) gumon B) taajjub C) orzu - istak D) xabar 28 / 50 Qaysi gapda egalik qo’shimchasi harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini ifodalagan? A) To’ra ko’zidan tilla oyangini olib, stol ustiga qo’ydi B) Birdan Bo’taboyning jahli chiqib ketdi C) Bo’zchi bilganin to’qir D) Kechasi bilan yomg’ir tinmay quydi 29 / 50 Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda B) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali C) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali D) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali 30 / 50 Shart mayliga orzu-istak ma'nolarini qo'shadigan vositalar berilgan javobni toping. A) kerak B) emas C) lozim D) edi, ekan 31 / 50 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 32 / 50 Buyruq maylidagi so’zlar qaysi javobda to’liq berilgan ? A) so’zla ,tuzlang ,gapirsam B) borayin ,ketaylik,olsin C) to’qigin ,ishlasak ,aytmayman D) o’qisin ,beringiz ,ketamiz 33 / 50 Endilikdama’lumki o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi. Ushbu gapdagi ot so‘z turkumiga mansub so'zlar soni qancha? A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 34 / 50 Ajdodlarim yotgan xokni, Bermagayman hech qachon! Bu zaminning har zarrasi, Qalbimga ildiz otgan. Ushbu she’riy parchada xabar maylidagi nechta fe’l mavjud? A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) Mavjud emas. 35 / 50 Shart mayli qaysi zamon shaklida ushalmagan orzu ,istak ,rejani ifodalab keladi ? A) hozirgi zamon B) o'tgan zamon C) kelasi zamon D) zamonnning ahamiyati yo'q 36 / 50 Ichkari tarafdan keksa bir xodima — eshikochar xola ko'rinib, Gulshanga salom berdi va "Xush keldilar!" - dedi. Ushbu gapda ostiga ehizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to'g'ri hukmni aniqlang. A) III shaxs birlik shakli III shaxs ko'plik ma'nosida B) III shaxs ko'plik shakli II shaxs birlik ma'nosida C) III shaxs ko'plik shakli II shaxs ko'plik ma'nosida D) III shaxs ko'plik shakli III shaxs birlik ma'nosida 37 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’llar qatorini toping A) o’qisam,borsak, ko’rmasa B) isidi,ketadi,o’qiyapti C) bildirmoqchi ,chaqirmoqchiman ,ishlamoqchiman D) ishlay ,boraylik,aytsin 38 / 50 Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo’lmay, faqat buyruq mavjud bo’ladi? A) II shaxsda B) 2 va 3 shaxslarda C) I shaxs birlik va ko’plikda D) IIIshaxsda 39 / 50 Qaysi gapdagi fe'l shaklan birinchi shaxsni, mazmiman ikkinchi shaxsni ifodalagan? A) Ishi o'ngidan kelarmikan, deb o'ylanib qoladi kishi. B) Qani, bolalar, yozamiz. C) Bu borada kamina azr so'raydi, D) Shunaqa narsa bilan hazi! qiladimi odam? 40 / 50 Qaysi qatorda shaxs – son shakllarining xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilgan? A) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi B) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi C) harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko’rsatadi. D) fe’l-kesimni ega bilan bog’lab keladi. 41 / 50 Qisqartma so’zlar yasash qaysi so’z turkumlariga xos? A) faqat sifatga B) ot, sifat, fe’l turkimlariga C) Barcha so’z turkumlariga D) faqat otga 42 / 50 Xabar maylidagi fellarni ko’rsating . A) Olunguncha ,chiqdi ,o’qisin B) Topilgan ,kelsa ,olingach. C) Yozmoqchi, kelyapdi, olmoqda D) Ketgan, uxlayapdi, bajarmoqda . 43 / 50 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) orzu – istak B) buyruq - istak C) xabar D) taxmin – gumon 44 / 50 Qaysi gapdagi fe'lning shaxs va son ma'nosi ko'chmagan? A) Kamina sizdan uzr so'raydi. B) (O'qituvchi nutqidan) Bolalar, hozir diktant yozamiz. C) Qani, mehmon, kelsinlar, kelsinlar! D) Keling, do'stim, to'rga o'ting! 45 / 50 Shart maylidagi fe’llar ,kerak so’zi bilan birga qo’llanganda qanday ma’noni anglatadi? A) maslahat B) istak ma’nosini C) faraz D) bajarilishi shart bo’lgan ish harakatni 46 / 50 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? B) kim? nima? qaysi? C) kim? nima? qayer? D) kim? nima? qayer? qaysi? 47 / 50 Buyruq istag maylidagi fel ishtirok etgan gapni aniqlang A) Bo’ridan qo’qqan o’rmonga kirmaydi B) Dushmandan qo’qma mushofirdan qo’rq C) Birliksiz kuch bo’lmas D) Dushmanning kulgani siringni bilgani 48 / 50 Shart ma’nosi qaysi gapda ifodalangan? A) Ulgursam, kitobni shu kecha tugataman. B) Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. C) She’r o‘rnida qo‘lingizga gullar tutsam qaniydi. D) U ertaga qishloqqa qaytsa kerak. 49 / 50 Ot turkumiga xos gramatik ko’rsatgich ( kategoriya) lar qaysi javobda berilgan? A) kelishik,son,egalik B) bo’lishli va bo’lishsizlik C) daraja,nisbat D) mayl,zamon,nisbat,shaxs,son 50 / 50 Buyruq istak mayliga xos to’g’ri ta’rifni toping A) harakatning bajarilish paytini bildiradi B) payt va istak ma’nolarini anglatadi C) harakatning bajarilish bajarilmasligini ifodalaydi D) so’zlovchining istagi bilan bog’liq holdagi undash ,shu harakatga da’vat etish ,qo’zg’atish ma’nosini ifodalaydi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz