Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №8 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №8 InfoMaster Mart 31, 2022 62 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №8 FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARINING YASALISHI O’TGAN ZAMON SHAKLLARIDA TO’LIQIZ FE’LNING ISHLATILISHI KELASI ZAMON SHAKLLARI MAYL SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi qatordagi so'zda faqat jarangli undosh mavjud? A) soat B) pochta C) do'lana D) shoh 2 / 50 Qaysi qatorda tub so'z bor? A) porloq B) sharshara C) iliq D) savala 3 / 50 Quyidagi fe'llardan qay biri holat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) xo'rsinmoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq;7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) jilmaymoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq A) 4, 9, 12. B) 3, 5, 7, 8. C) 1, 4, 5, 7 D) 3, 4. 5, 11. 4 / 50 Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –t B) –t,-dir C) -t,-g’iz D) –tir,-dir,-giz ,-qiz ,-t 5 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida B) faqat ega vazifasida C) A, C D) bosh bo’lak vazifasida 6 / 50 Tuslanmaydigan .ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan. A) olib, yozib. B) o’qiy , yoza. C) barcha ravishdoshlar tuslanadi. D) o’qigani , yozgani 7 / 50 Men “ Kecha va kunduz ” romanini zo’r hafsala bilan o’qib chiqdim. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lning ma’nosi .... A) harakatning boshlanishi B) bajarishga imkoniyat C) tez va oson D) to’la yakunlanish 8 / 50 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . B) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . C) Mening akam kollejda o’qiydi. D) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . 9 / 50 Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan shakllanadigan maylni belgilang. A) buyruq-istak B) shart C) xabar D) Barcha fe’l mayallarya zamon va shaxs-son qo’himchalarini qo`shish bilan shakllanadi. 10 / 50 Kelasi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) -gan B) -qan C) -adigan D) -yotgan 11 / 50 Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak? Ushbu gapda to`liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so`z bilan birga qo`llangan. A) son B) sifat. C) ot D) ravsh 12 / 50 Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi qaysi maylni ifodalaydi? A) ІІ shaxs buyruq - istak maylini B) ІІІ shaxs buyruq - istak maylini C) І shaxs xabar maylini D) І shaxs buyruq - istak maylini 13 / 50 Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: - Dada, keling, uxlaylik. Berilgan gapdagi fe’llar qanday mayl shakllarida pkanini aniqlang. A) 2 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak maylida B) 1 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida C) 3 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak maylida D) 2 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida 14 / 50 So'zlovcliining bcvosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradigan o'tgan zamon ishaklini yasovchi qo'sliimcha berilgan javobni-toping. A) -di B) -ib C) -gan D) -b 15 / 50 Qaysi gapda fe’lning zamon ma’nosi ko’chgan? A) Yuqoridagi gaplarda fe’lning zamon ma’nosi ko’chmagan . B) Zamon zamonligini qilmoqda. C) Nasiba o’qishga kirish uchun hujjat topshiryapti. D) Bolalar bog’da yosh nihollarni parvarish qilyapti. 16 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’l hozirgi zamonda? A) Shamol kuchayib ,daraxtlarning shoxlarini egib borayotir B) Yomg’ir tobora kuchayib borayotir C) Majnuntol suvga egilib salom berayotir D) Barglar sarg’ayib to’kilmoqda 17 / 50 Hozirgi zamon fe'llarning talaffuzi yozilishidan farq qiladigan qo’shimchasi berilgan javobni toping. A) -yotib B) -yap C) B,C D) -yotir 18 / 50 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) -di, -gan, -b edi. B) -moqchi edi, -yapman, -adi. C) -gan, -kan, -qan, -gan edi D) edi, -ar edim. -mas edi. 19 / 50 Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi? A) hozirgi zamon shakllari B) kelasi zamon shakllari C) o’tgan zamon shakllari D) buyruq –istak mayl shakllari 20 / 50 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -s, -y, -ar B) -a, -ar C) -y, -r D) -у, -ar 21 / 50 Qanday fe’llar to`liqsiz fe’l hisoblanadi? A) yakka holda ish harakat ma’nosini bildirmaydigan fe’llar. B) boshqa so`zlar bilan birgalikda qo`llanadigan fe’llar. C) B, C D) shaxs-son qo`shimchalarini qabul qilmaydigan fe’llar. 22 / 50 Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang A) -a, -yotib B) -yotir, -moqda C) -di, -ib D) -a, -y, -a (-r) 23 / 50 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . B) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . D) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . 24 / 50 di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi? A) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini B) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi C) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi D) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi 25 / 50 Fe’lning mayli ko’chgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Otam bordilar B) Sizga nima bo’ldi, amaki? Signal berdim, eshitmadingiz C) Yomg’ir to’xtasin, yo’lga chiqamiz D) Hammasini bilasan, lekin imtihonda shoshib qolasan 26 / 50 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –mas B) –qan C) –ydigan D) –ayotgan 27 / 50 Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) Harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi . B) Harakat yoki holatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi . C) A va С D) Harakat yoki holatning aytilayotgan paytdan oldin yuz berishini bildiradi . 28 / 50 Fe’l o’zagi hech qanday grammatik ko’rsatkichlarsiz qo’llansa ,ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi A) shart B) buyruq –istak C) maqsad D) xabar 29 / 50 So’zlovchining istagi ,da’vati ,chaqirig’i ,buyrug’i kabi ma’nolarni ifodalash uchun qaysi fe’l shakli qo’llanadi ? A) buyruq istak mayli B) maqsad mayli C) shart mayli D) xabar 30 / 50 To’liqsiz fe’lning qisqargan shakli ishtrok etmagan gapni toping? A) Cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi B) Mehmonni kutishga bozorlik qilib qo’ygandim C) Ayol yuziga rumolini tushurib piq-piq yig’larmish D) O’g’limning bu ishlaridan faxrlandim 31 / 50 Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ? A) oqar so’z B) ishlagan bola C) yurayotgan mashina D) tug’ilgan chaqaloq 32 / 50 0‘tgan zamon fe’lining qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) -di B) - di, -b(-ib) C) -b (-ib) D) -gan (-kan, -qan) 33 / 50 Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping . A) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir . B) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan . C) Men Sharqdan kelayotirman . D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi . 34 / 50 Qaysi qo’shimchalar so’zlarga zamon qo’shimchalaridan keyin qo’yilishi mumkin? A) shaxs-son, nisbat B) faqat shaxs son C) shaxs-son, mayl D) shaxs-son, bo’lishsizlik 35 / 50 Harakatning har uch zamonga tcgishliligini ifodalaydigan qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) -a B) -y C) –(a) r D) A,B,C 36 / 50 Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibdi Gapda qaysi zamon ma'nosi ifadalangan. A) o’tgan zamon fe'ii. B) kelasi zamon fe'ii. C) hozirgi zamon fe'li. D) hozirgi kelasi zaraon leli. 37 / 50 Kelasi zamon ma'nosini ifodalagan boshqa zamon fe'li qatnashgan gapni toping. A) U Buxoroga oqishga borar ekan. B) Nargiza musavvir bo’lgani o’qibdi . C) O’shanda birga sayr qillmoqchi bo’ldik. D) O’sha yerda ishlab yuribman. 38 / 50 -m, -ng, -k qo’shimchalari qaysi zamon shakllaridan so’ng qo’shiladi? A) ravishdosh shaklidan so’ng B) o’tgan zamonninng -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shaklidan so’ng C) sof fe’l va ravishdosh shaklidan so’ng D) sifatdosh shaklidan so’ng 39 / 50 aysi gapda ikki to‘liqsiz fe’l ketma-ket qo‘llangan? A) Beshta yanga yig'ilib, bitta ona bo‘lolmas. B) Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. C) Derlar: “Orzuga ayb yo‘q”, Meni sevib qolsayding. D) Garchi jafo emaskan, Oshiq: “Kuydim”, - demaskan. 40 / 50 Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi ? 1-(a ) y ; 2 –(a) r 3 –di 4 –moqda 5 –ajak 6- gandi 7- moqchi A) 2,3,6,7 B) 3, 5,6,7 C) 1,2,5,7 D) 1,4,5,7 41 / 50 So’zlovchining so’zlayotgan vaqtdan so’ng bajariladigan ish…. A) fe’l mayli B) hozirgi zamon. C) o’tgan zainoa. D) kelasi zamon. 42 / 50 Shaxsi va mayli ko’chgan holda qo’llangan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan ? A) Biz G’irvonga A.Qodiriy izidan keldik , U kishi bundan 40 yil ilgari ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar B) Olimjon akam keldilar . C) Kechirasiz,sizni birinchi ko’rishim ,kolzozga yaqinda keldingizmi ? D) Qani yozamiz ,bolalar . 43 / 50 O’tgan zamon fe’li qatnashgan gapni toping. A) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G’anini uyga yuboribdilar. B) Sen ko’rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so’nib borayapti . C) Daryoning suvi ko’paysa, baliqning chiqishi oson bo’ladi . D) Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman . 44 / 50 Shaxs-son qo'shimchalarining -man, -san, -miz, siz, -di(-lar) shakllari qo'shiladigan o'tgan zamon turini hosil qiluvchi qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) -gan B) –(i) b C) A,B. D) -di 45 / 50 O’tgan zamon shakllaridan qaysi biri so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatini ifodalaydi ? A) –a(r) B) -(i) b C) –di D) –gan( -kan,qan) 46 / 50 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) buyruq-istak mayli B) shart mayli C) xabar mayli D) buyruq-istak va shart mayli 47 / 50 Kelasi zamon fe'llan qaysi javobda to’gri berilgan A) kurashmoqda, uxlamoqchi, yozganmiz. B) bormoqda, aytmoqchi edi, o’ylayapman C) so’zlamoqchi, keladigan bo’ldi. kutarman D) kuzatdilar. ko radllar, tushayapti. 48 / 50 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) kelasi zamon. B) hozirgi zamon. C) payt ravishdoshi D) o’tgan zamon 49 / 50 aysi qatordagi fe'l hozirgi zamonni bildiradi ? A) gapiryapti B) kulib gapirdi. C) o’qib chiqibdi D) alqab yuboribdi. 50 / 50 Ibrohimjonning ovozida zarracha shikoyat oxangi yo’q edi. Aksincha, u alohida g’urur bilan gapiradi. Ushbu gapdagi fe’l qaysi zamon ma’nosini ifodalagan? A) hozirgi zamon B) kelasi zamon C) hozirgi va kelasi zamon D) o’tgan zamon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz