Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №4 InfoMaster Mart 29, 2022 125 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №4 FE’L NISBATLARI ANIQ NISBAT O’ZLIK NISBATI MAJHUL NISBAT ORTTIRMA NISBAT ORTTIRMA NISBAT QO’SHIMCHALARNING ISHLATILISHI BIRGALIK NISBAT FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 aysi qatorda sport atamalari berilgan? A) kilometr, tonna, vazn B) suv, baland, chuqur C) balli, dushman, maydon D) chala, halol, yonbosh 2 / 50 Tarkibida yasama so’z mavjud bo’lgan gapni toping. A) Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi B) Yurtimiz bog’lari doimo gullar C) Musobaqa g’oliblariga yaxshi sovg’alar topshirildi D) Uning so’zlaridan bezor bo’ldim 3 / 50 Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi? A) sodda, qo’shma, juft fe’llar hamda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari B) nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat hamda holat fe’llari C) harakat fe’li va holat fe’li D) bo’lishli va bo’lishsiz, o’timli va o’timsiz 4 / 50 Qaysi javobda tarkibi asos + so’z yasovchi + so’z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi shaklidagi so’z berilgan? A) ) bog’dorchilik B) unumdorlikni C) insoniyatniki D) oromgohlarimiz 5 / 50 Qaysi qatorda asos+ so’z yasovchi+ so’z yasovchi qolipida yasalgan so’zlar berilgan? A) bosqinchilik ,bog’dorchilik, bostirma B) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma C) bo’yoqchi,tilakdosh, epchillik D) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi 6 / 50 O’zlik nisbatdan hosil bo’lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping A) yuvintir ,kiyintir B) keltir ,yozdir C) o’zgartirildi ,ishlatildi D) yuvinishdi ,kiyinishdi 7 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Odil ishdan bo’shatildi B) Ot qoqildi C) Hovli orqali uyga kiriladi D) Mix qoqildi 8 / 50 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik B) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi C) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi D) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi 9 / 50 Qaysi so‘zda orttirma nisbat qo‘shimchasi mavjud, lekin undabu nisbatga xos ma’no ifodalanmagan? A) oqizmoq B) surishtirmoq C) o‘g‘irlatmoq D) ko‘rsatmoq 10 / 50 Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan ? A) kiyintirishdi B) chaqirtirildi C) yozdirgizdim D) keltirilgan 11 / 50 -t qo’shimchasi vositasida qanday fe’llardan orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –r undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so‘zlardan B) Unli tovush bilan tugaagan so’zlardan C) –y,-r undoshlari bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlardan D) –y undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlardan 12 / 50 O’zlik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan ? A) Mehmonlarga ovqat tayyorlandi B) Qishga saqlanadigan uzumlar shipga osildi C) Salimjon erkalanib dadasining elkasiga osildi D) Majlis soat uchga belhilandi 13 / 50 Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –t B) –tir,-dir,-giz ,-qiz ,-t C) -t,-g’iz D) –t,-dir 14 / 50 .Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi B) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi . C) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda . D) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi . 15 / 50 O’zlik nisbatidagi fe’lni toping A) olindi B) ajablandi C) ko’rindi D) afsuslandi 16 / 50 Sof fe'l shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 aniqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3,4 B) 4 C) 1,2 D) 1,2,3,4,5 17 / 50 Fe’ldagi birgalik nisbatini ifodalovchi qo’shimcha quyida berilgan qaysi qo’shimchaga sinonim bo’la oladi ? A) –l,-il B) –sh,-ish C) –lar D) –n,in 18 / 50 Qaysi qatorda sof fe'lga misol keltirilgan? A) uyga qayt B) yukni ortib C) qaqragan cho' liar D) she'r yodlash 19 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchalari berilgan qatorni toping. A) -t, -ch, -im B) -sh(-ish), -n(-in) C) -sh(-ish), -l(-il) D) -ir, -ar, -iz 20 / 50 Fe'llarning lug'aviy shakllari hisoblanadigan so'zlarni toping. A) ol, yur, qol B) edi, ekan, emish C) esa, bo'ldi D) o'sayotgan, yozish, o'qib 21 / 50 Orttirma nisbat qaysi qatordagi gapda ishlatilgan ? A) O’tgan yili mana shu dang’illama hovlini suv tekinga sottirib yubordi B) Kampir hamma bilan so’rashib chiqdi. C) O’tirganlar muammoni ko’rib chiqishdi D) Sobir do’stini qutqarib qoldi 22 / 50 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) orttirma nisbat B) majhullik nisbat C) o’zlik nisbat D) birgalik nisbat 23 / 50 Qaysi gapda orttirma nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? 1 Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar. 2 Alisher Navoiy ota va onani oy-u quyoshga o‘xshatgan. 3 Olimlar ortiqcha saodatga intilish saodatni qo’lga kiritishga to‘sqinlik qilishligini aytishgan. A) 1,2,3 B) 2 C) 1,2 D) 3 24 / 50 Birgalik nisbatidagi fe'llar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 1. U tog'asi bilan quyuq so'rashdi. 2. Mehmonlar kelib qolishdi. 3. Kelishgan yigit ekanmi? 4. Akam kvartiraga joylashdi. 5. Ishni tezda tugatdilar. A) faqat 2 B) 1,3, 4 C) 2, 5 D) 2, 4, 5 25 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. B) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi. C) Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi. D) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. 26 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi qatorda qo’llangan? A) Ko’p o’tmay dalalarda ertangi karam nihollari yashnadi B) Saida bir yigitga ashula ayttirdi C) Ularga javob berilsin D) Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi 27 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang A) A’lo o’qishlar burchim ,sarf etilgan bor kuchim B) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta C) Avaz hazil qilab qutilishga urindi D) Salomlashmoq –odobning belgisi 28 / 50 Birgalik nisbati berilgan gapni toping A) Oy endigina to’lishgan edi B) Ko’p uxlash zararli C) Hasharchilar bugun dalada uxlashdi D) Urushning og’ir kunlarida xalqimiz bir burda nonini yetimlarga bo’lishib bergan edi 29 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Mehnat baxt keltiradi B) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda C) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi D) Asta –sekin tong yorisha boshladi 30 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni toping A) B,C B) U erkalanib dadasining elkasiga osildi C) Uzumlar shipga osildi D) Qattol o’g’ri dorga osildi 31 / 50 Fe’l nisbatlari …. A) Fe’llarning zamon qo’shimchalarini olib o’zgarishidir B) Fe’llarning shaxs son qo’shimchalarini olib o’zgarishidir C) Ish harakat va uning bajaruvchisi o’rtasidagi munosabatning ifodalanishidir D) Fe’llarning kelishik qo’shimchalarini olib o’zgarishidir 32 / 50 Bajaruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli ... A) aniq nisbat B) majhul nisbat C) orttirma nisbat D) o’zlik nisbat 33 / 50 Aniq nisbatdagi fe’l qaysi qatordagi gapda qatnashgan ? A) Fanda inqilobni biz qildik avval B) Binoning keng va og’ir eshigi ochildi C) Elchinbek yuvindi ,qurindi ,so’ng bir nimani unutganday uzoq o’ylandi .. D) Abdulla ko’rpacha ustiga cho’zildi 34 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qo’llangan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar B) Ofarin topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar C) Bu savollarga bolalar turlicha javob berishdi D) Qurilishga zarur materiallar olib kelindi 35 / 50 Fe'lning lug'aviy shakllariga qaysi bandda misol berilgan? A) yozdi, yozmoqda, yozmoqchi B) kel, kelgan, kelsa C) o'qish, o'qimoq, o'qimoqda D) kelmoq, kelib, kelar 36 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Sardorbek kiyindi . B) Sizning matonatingiz tufayli bu ishlar vaqtida qilindi C) Navoiy sehrli sadolarga berildi D) Qishloqda katta bog’ barpo etildi 37 / 50 Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shakli yasalmaydi ? A) bor,uxla,qichqir ,yayra B) chop,yugur,tikla,kiy C) kel,yot ,och ,so’ra ,tashla D) ket,tur,yop,kiy,maqta 38 / 50 Orttirma nisbat xosil qiluvchi - gaz, - kaz, - kaz qo’shimchalari o’tmoq fe’liga qay tarzda qo’shilishi mumkin? A) o’tkaz, o’tqaz tarzida B) o’tgaz, o’tkaz, o’tqaz tarzida C) faqat o’tqaz tarzida D) faqat o’tkaz tarzida 39 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’llardan iborat qatorni toping A) ko’rindi,uxlatildi ,sotdi B) ko’rsat,ishlandi,olindi C) taraldi,yuvildi,yozildi D) oqiz ,keltir ,ishlat 40 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Bir pasda janjal boshlandi B) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi C) Uzoqdan suv ko’rindi D) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi 41 / 50 Qaysi nisbat shaklidan fe’llarning barcha nisbatlarni hosil qilishi mumkin ? A) majhul B) aniq C) orttirma D) o’zlik 42 / 50 Birgalik nisbat shaklidagi fe’lni aniqlang A) kuylashmoq B) birlashmoq C) do’stlashmoq D) bellashmoq 43 / 50 Fe’lning vazifa shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiradi . B) Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan bo’ladi . C) Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiradi. D) O’z mustaqil ma’nolarini yo’qotib, yordamchi vazifada keladi . 44 / 50 Qaysi nisbatdagi fellar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi? A) majhul B) orttirma C) o’zlik D) birgalik 45 / 50 Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan? A) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi . B) Paxtani toza terish o’z burchimizdir . C) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan . D) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish 46 / 50 Qaysi nisbat shaklida bajaruvchilarning ko’p ekanligi anglashiladi ? A) o’zlik B) birgalik C) aniq D) majhul 47 / 50 Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi. B) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi. C) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. D) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 48 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchasi –dir haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) –dir orttirma nisbat qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi B) orttirma nisbat qo’shimchasi –dir kesimlik qo’shimchasi bilan omonim hisoblanadi C) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga-tir tarzida qo’shiladi D) jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli va ko’p bo’g’inli fe’llara doim- dir tarzida qo’shiladi 49 / 50 -r yoki –y bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttiurma nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi ? A) –t ,-dir B) –t ,-tir ,-dir C) –dir D) –tir ,-dir 50 / 50 yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat qay tarzda hosil qilinadi ? A) yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat yasalmaydi B) so’z asosiga –il qo’shimchasi qo’shish orqali C) so’z asosi unli tovush bilan tugaganligi uchun –l qo’shimchasi qo’shish orqali D) so’z asosi va majhul nisbat qo’shimchasi orasida –y tovushini orttirish orqali 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz